Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “­­­­ ” fakulteti



Yüklə 122,62 Kb.
səhifə8/9
tarix24.12.2023
ölçüsü122,62 Kb.
#192516
1   2   3   4   5   6   7   8   9
” yo`nalishi bosqich guruh talabasi-fayllar.org

mufradot (sarhad) deyilgan: bunday yozish bir-ikki yilga cho‘zilgan) o‘rgatilgan.

SHundan keyin harflarni bir-biriga qo‘shib yozish mashqi boshlangan. Bu mashqni murakkabbot deyilgan. Harflarni bir-biriga qo‘shib yozish mashqi bir necha bosqichga bo‘linib, harf birikmalarining ma’no anglatish-anglatmasligi umuman e’tiborga olinmagan, qanday qo‘shilish mashq qilinavergan. Ko‘pgina eski maktablarda bunday mashq “abjad yozish” bilan tugallangan.

Murakkabbotdan keyin bayt, qit’a va ruboiylarni ko‘chirib yozish mashqi boshlangan. Bu mashqni muqattaot deyilgan. Bu mashqqa ham juda ko‘p vaqt sarflangan; u ma’noli so‘zlarni yozish bilan boshlanibduoyi salom (insho) yozish bilan tugallangan. Bola duoyi salom yozishni bilsa, “xati chiqqan” hisoblangan.

Yozuvni o‘rgatish va husnixat mashq qildirishda “Mufradot” kitobidan foydalanilgan. Bu kitobchada har uchala mashq turi, ba’zi nashrlarda esa insho namunalari berilgan.

Eski maktabda yozuvga o‘rgatishning birdan-bir yo‘li ko‘chirib yozuv - nusxa ko‘chirish hisoblangan, natijada bolada yozma nutq ko‘nikmasi hosil qilinmagan. Bu mashq bolani juda zeriktirgan, hech o‘ylanmasdan yozishga odatlantirgan. Maktabxonada ijodiy ko‘chirib yozuv mashqlarining, shuningdek, boshqa usullarning qo‘llanilmaganligi orqasida bola chiroyli ko‘chirib yozish ko‘nikmasini hosil qilgan bo‘lsa ham, o‘z fikrini yozma ifoda qila olmagan, eng oddiy jumlalarni ham zo‘r-bazo‘r xato bilan yozgan.

Eski maktablarda, madrasalarda o‘zbek tili o‘qitilmagan, natijada eski maktab bolalarigina emas, hatto madrasada bir necha yil umr o‘tkazgan ba’zi bolalar ham o‘z ismini to‘g’ri yozishni bilmaganlar.

Arabchada to‘g’ri, chiroyli yozuvga o‘rgatish uchun xivalik shoir SHermuhammad Avazbiy o‘g’li Munisning (1778-1829) “Savodi ta’lim” kitobidan foydalanilgan.

Rus-tuzem maktablarida o‘qish va yozishni o‘rgatish, odatda, bir vaqtda boshlanib, bir-biriga bog’lab olib borilgan, har kuni avval o‘qish, keyin yozuv darsi bo‘lgan; o‘qish va yozish onglilik tamoyili asosida o‘rgatilgan; bolalar qaysi tovush, bo‘g’in, so‘z yoki gapni o‘qiyotgan yoki yozayotganini aniq tasavvur qilgan, ma’nosiga tushungan, arabcha harfning yolg’iz shaklini yoxud biror harfning elementini yozayotganligini ongli ravishda bilgan.

Rus-tuzem maktablarining o‘zbekcha sinfida ko‘chirib yozishga va diktantga ko‘p vaqt sarf etilgan. Bulardan tashqari, insho (turli tilxat, duoi salom va savdo ishiga oid har xil xatlar) yozishga ham o‘rgatilgan.

Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi

Analitik-sintetik (tovush-tarkib) tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan. Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. SHu bois analitik-sintetik tovush metodi an’anaviy hamda shakllanish, tashkil topish jarayonida vujudga kelgan tamoyillarga ega.


Metodning an’anaviy tamoyillari quyidagilardan iborat:

1. Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga ko‘ra ta’limiy va o‘stiruvchi xarakterda bo‘ladi, nutqiy mashqlar orqali aqliy o‘sishini ta’minlaydi, o‘qishning ongli bo‘lishini talab etadi.

2. Analitik-sintetik tovush metodi tashkiliy tomondan quyidagi ikki davrga bo‘linadi.

Bunda yozuvga o‘rgatish o‘qishga o‘rgatish bilan parallel holda olib boriladi.

3. Analitik-sintetik tovush metodida psixolingvistik nuqtai nazardan quyidagilarga e’tibor qaratiladi:

a) savod o‘rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi;

b) o‘qish birligi sifatida bo‘g’in olinadi, bo‘g’in ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi.

Metodning shakllanish va tashkil topish jarayonida bo‘lgan tamoyillari quyidagilardir:

1. 


Yüklə 122,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin