alif, be, te, se deb aytgan. Bola domlaga ergashib takrorlagan, ayta olmasa, domla yana aytgan va shuni yaxshilab o‘rganishni vazifa qilib topshirgan. Bola birinchi bandni yodlab olgach, ikkinchi bandni shu tariqa yodlagan va hok. Bolalar 28 harf nomini 5-6 oyda zo‘rg’a bilib olganlar, ularning ko‘pchiligi harflarning nomini yodlab olsalar ham, qaysisi be (ﺏ), qaysisi se (ﺙ) ekanini ko‘rsatib bera olmaganlar. Ayrim domlalar, otinoyilar yosh bolalarning eslab qolishiga yordam berish maqsadida har bir harf uchun shartli iboralar o‘ylab topganlar (ﺍ-uzunchoqqina alif, ﺏ - bittagina be, ﺕ - ikkitagina te, ﺙ - uchtagina se kabi).
2-bosqich. Bo‘g’in hosil qilish. Harflar nomi yodlab bo‘lingach, bo‘g’in hosil qilishga, ya’ni “zeru-zabar” ni o‘rgatishga o‘tilgan. Eski maktabda “zeru-zabar” (zabar, zer, pesh) har xil o‘rgatilgan. Masalan, ba’zi domlalar ﺏ (be, zabar-ba), be-zer-bi, be-pesh-bu, te-zabar-ta va hok. kabi o‘rgatsalar, boshqalari be zabar ba, te zabar ta kabi, yana birovlari be-zabar-a; zer-i, pesh-u; te-zabar-a, zer-i, pesh-u va hok. deb o‘rgatganlar.
Maktabxonada “zeru zabar” quruq yodlatilgan, nimaga xizmat qilishi aytilmagan. Aslida esa bu belgilarning ma’lum xizmati bor: zabar (fatha)-undosh harf ustidagi urg’u belgisiga o‘xshash chiziqcha bo‘lib, undoshga a unli tovushini qo‘shib aytish zarurligini ko‘rsatadi; zer (kasra) undosh harf ostidagi chiziqcha bo‘lib, shu undoshga i unli tovushini qo‘shib aytish kerakligini bildiradi; pesh (zamma) esa undosh harf ustiga qo‘yiladigan belgi bo‘lib, shu undosh tovushga u unlisini qo‘shib aytish zarurligini ko‘rsatadi. Demak, arabcha matnlarni o‘qish uchun “zeru zabar”ni bilish juda zarur bo‘lgan, ammo o‘qishga o‘rgatish anglab o‘qishga asoslanmagani uchun bolalar mim zabar ma, mim zer mi, mim pesh mu deb yodlaganlar, “zeru zabar”ning mohiyatini anglamaganlar.
3-bosqich. Bo‘g’inlarni qo‘shish. Eski maktabda bo‘g’inlarni qo‘shish “abjad” bilan boshlangan. Maktabdor taxtaning ikkinchi tomoniga arab tili alfavitidagi 28 ta harf jamlangan 8 so‘zni “zeru zabar” bilan yozib bergan. Bolalar bu 8 ta so‘zni birin-ketin hijo usulida o‘qib yodlab olganlar. Masalan,
Dostları ilə paylaş: |