Bo‘lishli va bo‘lishsizlikkategoriyasi. Tildagi har qanday fe’l bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklda bo‘ladi.(2) Bo‘lishli shakl harakatning tasdig‘ini, bo‘lishsiz shakl esa uning inkorini ifodalaydi: keldi-kelmadi. Fe’lning bo‘lishli shakli maxsus grammatik ko‘rsatkichga ega bo‘lmaydi. Chunki uning bosh shakli doimo bo‘lishli bo‘ladi. Bo‘lishsizlik esa quyidagi kabi maxsus vositalar yordamida ifodalanadi:
-ma affiksi deyarli barcha fe’l shakllarida bo‘lishsizlik ifodalash uchun xizmat qiladi: kelmadi, kemagan, kelmabdi kabi. Fe’lning ba’zi vazifadosh shakllarining bo‘lishsizligini hosil qilishda –ma affikisining quyidagi morfologik shakllaridan foydalaniladi:
-maslik affiksiharakat nomining bo‘lishsiz shaklini yasaydi: aytish-aytmaslik, borish-bormaslik kabi.
-may\-mayin affiksi fe’lning –b(-ib) affiksi bilan yasaluvchi ravishdosh shaklining bo‘lishsiz shaklini yasashda ishlatiladi : bilib-bilmay, ko‘rib-ko‘rmay. -mas affiksi fe’lning –r//-ar qo‘shimchasi asosida hosil bo‘ladigan shaklining bo‘lishsiz shaklini hosil qilishda ishlatiladi: yurar- yurmas, borar-bormas. –ma affiksi yetakchi+ko‘makchi fe’lli birikmalarga quyidagicha qo‘shiladi:1) yetakchi fe’lga qo‘shiladi: bormay tur; 2) ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi: bora ko‘rma; 3)har ikkalasiga qo‘shiladi: bormay qo‘yma.. Bunday birikuvda yetakchi yoki ko‘makchi fe’l yoki ularning har ikkalasi birgalikda ifodalaydigan ma’no o‘zaro farqlanadi: a) -ma affiksi yetakchi fe’lga qo‘shilganda, ana shu fe’lga xos harakat inkor etiladi. Biroq ko‘makchi felda bo‘lishlilik ma’nosi saqlanadi: yurmay qoldi, kelmay qo‘ydi kabi; b) bo‘lishsizlik shakli ko‘makchi fe’lga qo‘shilsa, bu fe’l bildirgan ma’nodagi harakatning inkori ifodalanadi: kelib qolmadi, aytib qo‘ymadi; d)bo‘lishsilik shakli yetakchi va ko‘makchi fe’lga qo‘shilganda esa qat’iy bo‘lishlilik ifodalanAdi: aytmay qo‘ymadi, kelmay qo‘ymadi.