Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti iqtisodiyоt tarmoqlari va sohalari bo‘yichA ta’lim yo‘nalishI 2-oliy ta’lim (sirtqi)



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə4/11
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#207103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ishchi kuchi va bandlik darajasi referat doc

Filips egri chizig’i
W, P %
U.%
W-nominal ish haqining o’sish surati;
R-inflyatsiya darajasi;
U-ishsizlik darajasi.
Ishsizlik va inflyatsiya darajasidagi nisbatni tartibga solishda davlatning iqtisodiy siyosati asosiy rol o’ynaydi. Davlat ish bilan bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi va ish haqi darajasi o’rtasidagi oqilona nisbatni ta‘minlash nafaqat ishsizlik va inflyatsiya darajasini nazorat qishilish, balki ularning iqtisodiy rivojlanishi va aholi turmush darajasiga salbiy ta‘sirining oldini olish ham mumkin bo’ladi.
3- savol. Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash
Mehnatga layoqatli bo’lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta‘minlanmaganlar ishsizlar deyiladi.
Namoyon bo’lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko’ra ishsizlikni quyidagi turlari mavjud:
1) friktsion;
2) tarkibiy;
3) tsiklik;
4) institutsional;
5) texnologik;
6) regional;
7) yashirin;
8) turg’un ishsizlikdir.
Bir ishdan bo’shab yangi ishga joylashgunga qadar bo’lgan davrdagi ishsizlik friktsion (oraliq) ishsizlik deyiladi.
Yangi kasb va mutaxasislikni o’zlashtirib yoki boshqa joyga ko’chib o’tib, yangi ishga joylashgunga qadar bo’lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi. Friktsion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini tashkil qiladi.
Tsiklik ishsizlik - iqtisodiy tsiklning inqiroz fazasi bilan bog’liq bo’lmib, u ishlab chiqarishnig pasayish va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi.
Institutsional ishsizlik ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya‘ni ishchi kuchini ish bilan ta‘minlashga xizmat ko’rsatuvchi muassasalarning yetarli darajasida rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko’rsatmasligi natijasida paydo bo’ladi. Uni ham tabiiy ishsizlik tarkibiga kirishi mumkin.
Texnologik ishsizlik ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarining kirib kelishi bilan bog’lik bo’ladi. Ularning ichida asosiylari ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnalogini qo’llash hisoblanadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin