Denov tumanidagi 5-umumiy o`rta ta`lim maktabi jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi Sayfutdinov Xasan Tojiboyevichning


Harakatli o‘yin haqida asosiy tushuncha



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə2/12
tarix10.05.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#110705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
HARAKATLI O`YINLAR TAVSIYA 2020

Harakatli o‘yin haqida asosiy tushuncha
O‘yin — tarixiy tashkil topgan ijtimoiy voqea, mustaqil faoliyat turi, insonga xosdir. O‘yin faoliyati juda ham turli-tumandir: o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan bolalar o‘yinlari, stol o‘yini, doira bo‘lib o‘ynaladigan o‘yin, harakatli o‘yinlar, sport o‘yinlari.
O‘yin o‘z-o‘zini bilish vositasi, o‘yin-kulgi, dam olish, jismoniy va umumiy ijtimoiy tarbiya vositasi, sport vositasi bo‘lishi mumkin.
O‘yin madaniyati elementi sifatida jamiyatning barcha madaniyati turlariva kishilarning har xil ehtiyojlari bilan rivojlanadi: o‘yin-kulgi, dam olishda, ma’naviy, aqliy va jismoniy kuchni rivojlanishida katta o‘rin egallaydi.
O‘yin faoliyati — nafaqat madaniyatning bir elementi, balki bolalar va o‘smirlarni tarbiyalashda ham foydali vosita hisoblanadi. U har doim maqsadga yo‘naltirilgan va turli-tuman maqsadli yo‘l- yo‘riq hamda asoslangan harakat bilan o‘ziga xos xususiyatni ko‘r- satib turadi. O‘yin faoliyati ayniqsa bolalik davrida ko‘proq meh- nat bilan umumiylikka ega bo‘ladi. Biroq o‘yin jarayonida hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun kishi moddiy boylikni yarata olmaydi.
Harakatli o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyati uning mazmuni harakatning rolini yorqin ifoda qilish hisoblanadi (yugurish, sakrashlar, uloqtirish, otish, to‘pni uzatish va ilib olish, qarshilik ko‘rsatish va boshqalar). Bu o‘yinlar harakatlanish va uning mazmunini (mavzu, g‘oyasi) asoslab beradi. U o‘yinda qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida, turli-tuman qiyinchiliklarni, to‘siqlarni yengib o‘tishiga yo‘naltiriladi.
Harakatli o‘yinlarning orasida haqiqatan ham (elementar) hara- katli o‘yinlar va sport o‘yinlari bilan farq qiladi. Haqiqatan ham harakatli o‘yinlar o‘ynovchilarning o‘zlarini ixtiyoriy ravishda o‘r- natilgan, maqsadga shartli ravishda erishishga yo‘naltirilgan, o‘zida ongli ravishda tashabbuskorlik faoliyatini mujassamlashtirgan bo‘ladi. O‘ynovchilarning maqsadga erishishida faol harakatlantiruvchi hara- kat talab qiladi, uni bajarishi o‘ynovchilarni o‘zlarining ijod qilishiga va tashabbuskorligiga bog‘liqdir (nishonga tezda yugurib borish, nishonga tez otish, «raqibi»ga tez va epchillik bilan yetib olish yoki undan o‘zib ketish va hokazo).
Harakatli o‘yinlar qoidalar bilan belgilanadi. Sport o‘yinlaridan farqli o‘laroq, harakatli o‘yinlar qoidalariga shart-sharoitdan kelib chiqib kelishilgan holda o‘zgartirish kiritish mumkin. O‘yin qoidasi maqsadga erishish yo‘lida o‘yindagi qiyinchiliklarni va to‘siqlarning xarakterini aniqlaydi.
Haqiqatan ham harakatli o‘yinlar o‘yin qatnashchilaridan maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi. Shuning uchun o‘yin qoidasi o‘yin qatnashchilari va rahbarlarning (o‘qituvchilar) o‘zlari o‘tkazilayotgan o‘yinning sharoitiga qarab uni o‘zgartirib boradilar. Chunki unda o‘ynovchilarning aniq belgilangan soni, maydonning katta- kichikligi belgilanmagan bo‘ladi, shuningdek, asbob-anjomlar ham o‘zgartirib turiladi (bulava yoki kegli, voleybol yoki oddiy to‘p, kichik koptoklar yoki qum solingan xaltachalar, gimnastika yoki oddiy tayoqchalar va hokazo).
Sport o‘yinlari — bu harakatli o‘yinlarning eng yuqori bosqichi- dir. Bunda o‘yin qoidasi qat’iy belgilangan bo‘lib, ularda maxsus maydon va jihozlar talab qilinadi. Sport o‘yinining o‘ziga xosligi
Harakatli o‘yinlardan yoshlar va bolalaming umumiy jismoniy tayyorgarlik vositasi sifatida foydalaniladi, shuningdek, sport o‘yinla- riga va boshqa sport turlariga hamda «Alpomish» va «Barchinoy» test me’yorlarini topshirishga tayyorlash vositasi bo‘lib ham hisoblanadi.
Harakatli o‘yinlar o‘ziga xos bo‘lishi mumkin (yakka tartibda), u hammadan ko‘proq tez-tez bolalarning o‘zlari tomonidan (to‘p o‘yini, arg‘amchi bilan chambarakni aylantirish va boshqalar) tashkil etiladi. Ulardan tarbiyachi-pedagog va yetakchilar tomonidan bolalarning faol dam olishini tashkil qilish maqsadida foydalanish mumkin (tanaffusda, kuni uzaytirilgan guruhda va boshqa holatlarda).
Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan (guruh) harakatli o‘yinlar alohida pedagogik ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki ularda o‘ynovchi guruhlar, sinflar, zvenolar, bo‘limlar va sport seksiyasida shug‘ullanuvchilar qatnashadilar. Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan harakatli o‘yinlarda har doim musobaqalashish elementi o‘ziga xos bo‘lib (har bir kishi o‘zi uchun yoki har bir kishi o‘z jamoasi uchun
Harakatli o‘yinlar bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Uiar alohida o‘yinlar bo‘yicha o‘tkaziiishi mumkin, o‘yinga qo‘yiigan vazifa taxminan bir xil sinflar bir xil yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Biroq harakatli o'yinlar majmuasi bo'yicha musobaqa o‘tkazishning pedagogik ahamiyati shundaki, bunga har xil jismoniy sifat va malakalarni tarbiyalashga yordam beradigan turli-tuman o'yinlar kiritiladi. Harakatli o‘yin majmuasi bo'yicha o‘tkaziladigan musobaqada har xil yoshdagi bolalar, o‘smir- lar, yoshlar va kattalar qatnashishlari mumkin, biroq o‘yindagi vazifa har xil bo'lishi mumkin.
Harakatli o‘yin bo'yicha o'tkaziladigan musobaqadagi bu juz’iy o'zgarish sport o‘yinlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarga nis- batan bir oz farq qiladi, chunki sport o‘yinlari qat’iy belgilangan sharoitda va qoida bo‘yicha o‘tkazilishi talab qilinadi.
Har bir harakatli o‘yin o‘zining mazmuni shakli (tuzilishi) va metodik xususiyatiga egadir. Harakatli o‘yinlarning mazmuni quyida- gilardan iborat: mavzu yoki mazmun (ifodali yoki shartli o‘ylab qo‘yilgan ish, o‘yin rejasi) maqsadga erishish uchun o‘yinga kiradigan harakat va qoidalar.
O‘yin shakli mazmuni bilan bog‘liq ravishda kelib chiqadi. O‘yinning metodik jihatdan o‘ziga xos xususiyati uning maz­muni va shakliga bog‘liqdir. Harakatli o‘yinlar metodik jihatdan o‘ziga xos bo‘ladi:
narakatli o'ymiar jismoniy tarniya va o'ym metoai vositasi suatida jismoniy sifatlarni takomillashtirishga hamda tarbiyalashga yordam beradi. Bundan tashqari, harakatli o‘yinlarda gimnastika, yengil atletika, chang‘i va boshqa sport turlari mashg‘ulotlarida alohida malaka, ko‘nikma hamda tabiiy harakatlarni mustahkamlaydi va takomillashtiradi.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin