Denov tumanidagi 5-umumiy o`rta ta`lim maktabi jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi Sayfutdinov Xasan Tojiboyevichning



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə7/12
tarix10.05.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#110705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
HARAKATLI O`YINLAR TAVSIYA 2020

O‘yinboshini saylash
O‘yinboshining vazifasini bajarish o‘ynovchilarga katta tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun iloji boricha, bu rolda ko‘proq bolalar bo‘lgani ma’qul. O‘yinboshini har xil uslublar bilan saylash mumkin.
Rahbar tayinlash. Rahbar uni o‘yindagi rolini hisobga olgan holda o‘yinboshi qilib tayinlaydi. Bu uslubning afzalligi: ko‘proq munosib o‘yinboshi tezda saylanadi. Ana shunday uslubda o‘ynov- chilarning tashabbuskorligi ortadi. Rahbar bolalar bir-birlari bilan hali tanishmasdan turib, kam vaqt yoki belgilangan o‘yin qatnash- chisini tarbiyalash maqsadida o‘yinboshini saylash kerak. Rahbar o‘yin boshini saylashda o‘yin qatnashchilarida shubha tug‘dirmasligini va alohida o‘yinchilarga bo‘lgan munosabatda adolatsizlik bo‘lmasligi uchun o‘zining fikrlarini qisqacha qilib tushuntirish kerak.
1.9. HAKAMLIK QILISH
Har bir o‘yin obyektiv va oqilona hakamlik qilishni talab qiladi. Agar o‘yin qoidalarining bajarilishini diqqat bilan jiddiy ravishda kuzatilmasa, o‘yin o‘zining ta’lim-tarbiyaviy va pedagogik qiymati hamda ahamiyatini yo‘qotadi. Rahbar o‘yin qoidalarining bajarili­shini kuzatish bilan birgalikda, pedagogik usullar yordami bilan ta’lim va tarbiyani boshqarib boradi. Hakam esa o‘yinda usullarning to‘g‘ri bajarilishini kuzatadi, bu o‘yin texnikasini yaxshilashga va unga bo‘lgan qiziqishni to‘laqonli oshirishga yordam beradi.
1.10. O‘YINNI TAMOMLASH
O‘yinning davom etishi shug‘ullanuvchilarning tarkibi, mash- g‘ulotning sharti va o‘yinning xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. O‘yinni o‘z vaqtida tamomlash juda muhimdir. O‘yinni oldindan tugatib qo‘yish va uni cho‘zib yuborish ham mumkin emas. O‘yinni davom etishi o‘yin qatnashchilari soniga (o‘ynovchilarning soni qancha kam bo‘lsa, o‘yin shuncha qisqa bo‘ladi), ularning yoshiga (kichik maktab yoshidagi bolalar uzoq vaqt davomida zo‘riqishi mumkin emas), o‘yinning mazmuniga (katta zo‘riqishni talab qiladigan o‘yinlar qisqa bo‘lishi kerak) bog‘liq bo‘ladi.
HARAKATLI O‘YINLARNI TASHKIL QILISH SHAKLLARI, JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA HARAKATLI O‘YINLARNI O‘TKAZISH METODIKASI
Harakatli o‘yinlar maktabda jismoniy tarbiya metodi va vositasi sifatida jismoniy tarbiya darsida hamda sinfdan tashqari mashg‘u- lotlarda keng qo‘llaniladi.
Harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya bo‘yicha maktab dasturiga mos ravishda 1—9-sinflarda gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari, kurash va suzish bilan birga qo‘shib olib boriladi.
Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlar dastur talablariga mos ravishda ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalarini hal etishi uchun foydalaniladi.
Ta’limiy vazifalarga quyidagilar kiradi: yugurish, sakrash, uloqti- rish malakalarini mustahkamlash va takomillashtirish, shuningdek, gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari, kurash va suzish mash- g‘ulotlarida egallagan malakalar.
Tarbiyaviy vazifalarga quyidagilar kiradi: jismoniy (tezkorlik, epchillik, kuch, merganlik, chidamlilik) va axloqiy irodaviy sifatlar (jasurlik, halollik, jamoatchilik va hokazo).
Sog‘lomlashtirish vazifalari o‘quvchilarning organizmini normal rivojlantirishga, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlashga yordam beradi.
Yuqorida aytib o‘tilgan vazifalar bir-biri bilan o‘zaro cham- barchas bog‘liqdir. Ularni hal etishda o‘quv tarbiyaviy jarayonning har xil tomonlarini hisobga olish kerak. Xuddi shunday, «Kim chaqqon» o‘yinini o‘tkazishda chap berib yugurish tezligini tako- millashtirish uchun kichik maktab yoshidagi bolalarda bir vaqtning o‘zida dadillikni, ziyraklikni va o‘zining kuchiga ishonishni rivoj- lantirish mumkin.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin