Depozitlar —



Yüklə 132,66 Kb.
səhifə14/18
tarix14.12.2023
ölçüsü132,66 Kb.
#179685
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
bank111

Muddatli depozitlar yuridik va jismoniy shaxslarning shartnomada qatiy kelishilgan muddat va unda ko’rsatilgan foizlarni to’lash! a doir mablag’laridir.
Muddatli depozitlar quyidagi muddatlar bo’yicha tasniflanadi:

  • muddati 30 kungacha bo’lgan depozitlar;

  • muddati 90 kungacha bo’lgan depozitlar;

  • muddati 180 kungacha bo’lgan depozitlar;

  • muddati 365 kungacha bo’lgan depozitlar;

  • muddati 365 kundan ortiq bo’lgan depozitlar;

Agar muddatli depozit muddati o’tgandan keyin mijoz tomonidan talab qilib olinmasa, shartnomada boshqa hollar ko’zda tutilmagan takdirda, asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’iga o’tkaziladi.
Muddatli depozitlar ikki xil bo’ladn:

  • xususiy muddatli depozitlar;

  • avvaldan ogohlantirish sharti bilan qo’yiladigan muddatli depozitlar.

Xususiy muddatli depozit omonatchi tomonidan bank ixtiyoriga shartnoma asosida malum muddatga butunlay beriladi. Muddat tugagandan so’ng, qo’yilma omonatchi tomonidan xohlagan vaqtda olinishi mumkin. Bunday depozit uchun to’lanadigan foiz depozitning muddati, hajmi va omonatchi tomonidan shartnomaning bajarilishiga bog’liq.
Avvaldan ogohlantirish sharti bilan qo’yilgan muddatli depozitni olish uchun shartnomaga ko’ra, omonatchi qachon va qancha miqdorda mablag’ini olishi haqida bankka xabar berishi lozim. Xabar berish muddatiga ko’ra, omonatga foiz o’rnatiladi. Muddatli depozitlarning hajmi shartnomada ko’rsatilgan muddat ichida o’zgartirilmaydi. Bu depozitlardan joriy hisob-kitoblar, to’lovlar uchun foydalanilmaydi.
Jamg’arma (depozit) sertifikati bu bankka ko’yilgan omonat summasini va omonatchining sertifikatni bergan bankdan yoki uning har qanday bo’limidan belgilangan muddat tugagandan keyin, omonat miqdorini va sertifikatda shartlashilgan foizlarini olish huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir. Jamg’arma (depozit) sertifikati taqdim etiladigan yoki egasi ko’rsatilgan bo’lishi mumkin. Jamgarma (depozit) sertifikati muddatdan oldin taqdim etilgan hollarda, agar depozit shartlariga ko’ra, foizlarning boshqa miqdori belgilanmagan bo’lsa, ushbu bank sertifikati bo’yicha talab qilib olinguncha depozitlar uchun to’lanadigan omonat mikdorini va foizini to’laydi.
Ko’pgina banklarda keyingi vaqtlarda mijozlar orasida muddatli depozitlarga bo’lgan qiziqish juda ortdi va depozitlar umumiy qo’yilmalar hajmining 80 foizini tashkil qilmoqda. Muddatli depozitlarning turlari orasida yuqori daromadli jamgarma qo’yilmalari, ayniqsa, bozor sharoitidagi o’zgarishlar tufayli omonatchilar daromadlarining ortib borishiga qattiq tasir ko’rsatuvchi pul bozoridagi depozitlar muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Oddiy, talab qilib olinguncha depozitlar hajmi esa keskin qisqardi.
Pulning qadrsizlanishi, pul muomalasining buzilishi, raqobatning kuchayishi hamda mijozlar bilimi va saviyasining ortishi banklar xizmat ko’rsatishi mumkin bo’lgan depozitlar tarkibining anchagina o’zgarib ketishiga olib keladi. Hozirgi davrda jahon amaliyotida keng tarqalgan asosiy depozitlarning ikkinchi turi xorijiy davlatlar, u erdagi biznesmenlar va fuqarolar depozitlaridir. Depozitlarning bunday turlari mamlakatimiz bank tizimi amaliyotida hali uncha keng qo’llanilmaydi. Lekin bunday depozitlar haqida bilimga ega bo’lish foydadan xoli emas.
Bunday depozitlar hajmining tez o’sib borishi, jahon savdosining rivojlanishi va xorijiy investisiyalarning oshishi bilan bog’liq. Lekin keyingi paytlarda bunday depozitlarning hajmi qisqarib bormoqda. Bunga sabab mamlakat ichidagi depozitlarga qo’yiladigan foiz stavkalarining omonatchilar uchun ancha qulay bo’lib borayotganidir.
Asosiy depozitlarning yana bir turi boshqa bank qo’yilmalarndir. Bularga vakillik xizmatlari haqlarini to’lash maqsadida bir-birlarining banklaridagi hisobvaraqlarda saqlaydigan mablag’lar kiradi.
Boshqa banklar mablag’larini o’zida saqlaydigan bank bu mablag’larni o’z balansida «loro» hisob raqami bo’yicha qarz deb hisoblaydi (mazkur bankning vakillik hisob raqamidagi qoldiq). Boshqa bankda o’z mablag’ini saqlab turg’an bank esa o’z balansida ularni «nostro» hisoblash raqami bo’yicha aktiv deb belgilaydi (vakil banklarda).

Yüklə 132,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin