Milliy depozitariy quyidagi ishlar bilan shug’ullanadi:
bozorda muomalada bo’ladigan jami chiqariladigan qimmatli qog’ozlarni hisobga olish;
aksiyadorlar reestrlarini yagona texnologik tartibda yuritish;
qimmatli qogozlar chiqarilishini naqdsiz shaklda rasmiylashtirish;
qimmatli qog’ozlar emissiyasi naqdsiz joylashtirilayotganda ularni soxtalashtirish va yo’qotishdan yuz foiz muhofazalash kafolati;
qimmatli qog’ozlarga egalikdan kelib chiqadigan huquqlarni (sotish, sovg’a qilish, garovga qo’yish, meros qilib qoldirish) amalga oshirish yuzasidan topshiriqlarni bajarish;
O’zbekiston Respublikasidagi emitentlar tomonidan chiqarilgan yoki chiqarilishi ko’zda tutilayotgan qimmatli qog’ozlarni O’zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritish kvotalaridan foydalanishni hisobga olish.
Hozirgi paytda milliy depozitariy quyidagilarni shakllantirish ustida ish olib bormoqda:
elektron pochta tizimi;
yirik kompyuter tarmoqlarida elektron imzo va kript himoya tizimi;
elektron shakllar yordamida malumotlarni elektron ayirboshlash tizimi;
abonent o’rinlaridan foydalanish;
elektron pochtamtlar.
Milliy depozitariy boshqa depozitariylar bilan vakillik munosabatlari o’rnatgan. Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarning muomalada bo’lishini tezlashtirish hamda aholi mablag’larini xususiylashtirish jarayonlariga jalb qilish maqsadida milliy depozitariy tomonidan tanlov asosida davlat mulkining opsion savdosi dasturi ishlab chiqilgan.
Emissiyani joylashtirish va hisobvaraq bo’yicha o’tkazishda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Milliy depozitariy respublikaning barcha viloyatlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasida o’zining filiallari va ro’yxatga olish punktlarini ochgan.
Jahon banklari amaliyotida banklar, odatda, arzon depozitlarni jalb qilish va ularni sotish orqali daromad olishga harakat qiladilar. Aholining chek ko’rinishidagi depozitlari, shu jumladan, oddiy foizsiz depozitlari eng arzon depozitlar hisoblanadi.
Bunday chek depozitlari bilan ishlash va ularni hisobga olish katta xarajatlarni talab qilgani bilan, mijozlar juda kam foiz daromadlari (bazida esa umuman foyda olmaydilar) oladilar. Bu esa bankka jalb qilinadigan boshqa mablag’lar manbalariga qaraganda uning xarajatlarini kamaytiradi.
Fuqarolarga beriladigan chek depozitlarga nisbatan tijorat firmalariga beriladigan chek depozitlari banklar uchun ancha arzonga tushadi. Chunki tijorat firmalariga beriladigan chek depozitlar xarajati xususiy shaxslarga beriladigan chek depozitlar xarajatining yarmini tashkil qiladi. Bundan tashqari, xususiy shaxsning chek depoziti hajmi tijorat firmasining chek depoziti hajmining 1/3 qismidan oshmaydi. Lekin banklar va moliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi firmalar o’rtasidagi chek depozitlari bo’yicha rakobatning kuchliligi tufayli banklar bunday depozitlardan keladig’an sof daromadni uncha katta deb hisoblamaydilar.
Muddatli depozitlar, nafaqa hisobvaraqlari, depozkt sertifikatlari va pul bozoridagi hisob raqamlar, ularga mablag’lar qo’yish yoki ulardan olish yuzasidan kam muddatli depozitlar va pul bozoridagi hisobvaraqlariga o’rnatiladigan foiz stavkasining ancha yuqori bo’lishi tufayli ular jamg’arma qo’yilmalar bilan tenglashib qoladi. Yirik bo’lmagan banklar yirik banklarga qaraganda jamg’arma depozitlar va pul bozoridagi hisobvaraqlar bo’yicha katta xarajatlar qilsa ham, muddatli depozit va nafaqa hisob varaqlari bo’yicha qilinadigan xarajatlari, yirik banklarg’a qaraganda ancha kam bo’ladi.
Banklarning maqsadi ancha arzon depozitlarni jalb qilishdan iborat bo’lgani bilan, qanday depozitlarni taklif qilish mijozlarga bog’liq. Mijozlar talablari bilan kelisha olmaydigan banklar ularning talablarini bajarishga rozi bo’lgan banklar foydasiga mijozlarini yo’qotadilar.
Depozitlar bo’yicha xizmatlarning qiymatini belgilash bank boshqaruvchisi uchun murakkab muammo hisoblanadi. Chunki ko’proq mablag’ talab qilish maqsadida mijozlar depozitlarni sotish orqali ulardan yaxshi daromad olishni ham ko’zlaydilar. Albatta, bu faoliyatni amalga oshirishdagi kuchli raqobat bank daromadiga katta tasir ko’rsatadi. Kuchli raqobat tufayli depozitlarga bahoni alohida bir bank emas, balki bozor o’rnatadi. Bunday sharoitda boshqaruvchi bozor o’rnatgan foiz stavkasidan foydalanib, ko’proq depozitlarni jalb qilish yoki qatiy o’rnatilgan foiz stavkasi negizida ko’proq depozitlarni jalb qilish yohud o’rnatilgan foiz stavkalaridan kam miqdordagi foiz stavkalarini taklif qilish bilan depozitlar hajmini kamaytirish maqulligi to’grisidabir qarorga kelishi lozim. Chunki bunda boshqaruvchi daromadlilik yoki o’sishni tanlaydi. Qimmat depozitlarning ko’p hajmda jalb kilinishi bankning o’sishini taminlaydi, lekin bank daromadi hajmi pasayadi.
Hozirgi paytda depozitlarni baholashning bir qancha usullari mavjud:
«xarajat + daromad»;
depozitlarga eng yuqori hajmdagi xarajatlarga asoslangan holda foiz stavkasini o’rnatish;
alohida qo’yilmalarga o’rnatilgan foiz stavkalarini guruhlarga bo’lish;
depozitlar bozoriga kirib borish maqsadida foiz stavkasi o’rnatish;
yuqori daromadli mijozlarni jalb qilish maqsadida depozitlarga qiymat o’rnatish;
mijozlarga ko’rsatilgan xizmatlar soni va turiga qarab depozitlarga foiz stavkasi o’rnatish (qiymatni o’rnatishning ko’p omilli usuli);
bankning o’z maqsadlariga erishishini ko’zlab, depozitlarga baho o’rnatish usuli.
Hozirgi davrda mijozlarning alohida depozitlar bo’yicha xizmatlardan foydalanish darajasiga qarab xizmat haqlari o’rnatish usuli keng qo’llaniladi.
Yirik hajmdagi DS rasmiy depozit, lekin amaliyotda qarz bo’yicha berilgan «tilxat»ning bir turidir. Bu tilxat foydalanilmayotgan ortiqcha mablag’ga ega yirik kompaniyalardan, yuqori daromadli shaxslardan va nihoyat, Markaziy bankdan malum bir muddatga malum mikdorda qarz olish uchun beriladi. DS foizli tilxat bo’lib, olinayotgan qarzning muddati va hajmiga qarab, kelishilgan holda foiz stavkasi o’rnatiladi. Yirik hajmdagi DS laridan qisqa muddatlarda, asosan bir haftadan to bir yilgacha muddatlarda foydalaniladi. Uning afzalligi shundaki, bunday DS ni ro’yxatdan chiqarish muddati kelguncha ikkilamchi bozorda bir necha marta sotilishi mumkin. Shuning uchun ham, uni «o’tkazma» DS ti deyiladi. Foiz stavkasi o’rnatilgan DS lari barcha yirik hajmdagi DSlarning 4/5 qismini tashkil qilib, ularni chiqarishdan asosiy maqsad, foiz daromadi olishdir.
Masalan, agar bank 100 000 dollarlik qiymatga ega olti oylik DS ni sotib oluvchi xaridorga yillik 8% mikdorida foiz stavkasi vada qilsa, depozitor 6 oydan so’ng quyidagi mablag’ga ega bo’ladi.