Depozitlar —



Yüklə 132,66 Kb.
səhifə9/18
tarix14.12.2023
ölçüsü132,66 Kb.
#179685
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
bank111

Depozit sertifikati kredit muassasasining omonatchiga depozitni olish huquqini tasdiqlovchi, pul mablag’lari deponent qilinganligi haqidagi yozma guvohnomasidir. Boshqacha qilib aytganda, depozit sertifikati kredit muassasasining’ pul mablag’ini saqlashga topshirilganligi haqida omonatchining depozitni olish huquqini tasdiqlovchi yozma guvohnomasi.
Depozit banki pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va boshqa boyliklarni saqlash bilan shug’ullanuvchi bank.
Depozit indossamenti depozitlarni boshqasiga o’tkazish haqidagi o’tkazma xat.
Depozit muassasasi pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va boshqa boyliklarni saqlash bilan shug’ullanuvchi muassasa. Depozit muassasalarining umumiy xususiyati shundan iboratki, ular chek yoki jamg’arma hisobvaraqlarini ochish yo’li bilan mablag’larni jalb qiladi hamda ulardan turli xil kreditlar berish, hukumat va korporasiyalarning qimmatli qog’ozlarini olishda foydalanadi.
Depozit moliya muassasalari ikkita katta toifaga bo’linadi:

  • tijorat banklari;

  • bank bo’lmagan depozit muassasalar.

Bank bo’lmagan depozit muassasalari o’z tarkibiga jamg’armakredit uyushmalarni, kredit uyushmalarini va o’zaro pul fondlarini oladi.
Jamg’arma-kredit uyushmalar jamg’arma hisobvaraqlarini ochish yo’li bilan mablag’larni jalb qiladi hamda ulardan aniq maqsadga mo’ljallangan garovli kreditlar berishda foydalanadi. G’arbda jamg’arma-kredit uyushmalarga o’xshash o’zaro jamg’arma banklari keng tarqalgan, biroq ularning farqi shundaki, bunday banklarning xizmatidan mayda omonatchilar foydalanadi. Odatda ular omonatlarning eng yuqori chegarasini belgilab qo’yib, omonatlarning barqaror ravishda oqib kelishiga umnd bog’laydi.
Kredit uyushmalar nisbatan mayda jamg’arma-kredit muassasalar bo’lib, istemol kreditlarini berishga yo’naltirilgan. Ular diniy tashkilotlar, kasaba uyushmalari va shunga o’xshash tuzilmalar tomonidan tashkil etiladi. Kredit uyushmalar o’z azolarining jamg’arma hisobvaraqlarini ochadi xamda qarzni ham faqat o’z azolariga beradi, yani kredit uyushmalar omonatchilar tomonidan «jamoatchilik asosida» idora qilinadi.

Yüklə 132,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin