DEVONIY FONIY” XAQIDA MA’LUMOT
Ma’lumki, Alisher Navoiy lirikaning 16 ta janrida mahorat bilan qalam tebratgan. Sulton Husayn Boyqaro Navoiy ijodi , uning rangba-rang, g’oyaviy-badiiy jihatdan yuksak she’rlari haqida o’zining “Risola” asarida baho berib, uni “she’riyat mulkining sohibqironi” , deb ataydi. Albatta, bu ta’rif shunchaki aytilmagan. Bu ta’rif zamirida ulug’ bobokalonimizning ijtimoiy-falsafiy, ta’limiy-axloqiy, diniy-tasavvufiy, ma’naviy-ma’rifiy qarashlarining hosilasi o’laroq maydonga kelgan lirik she’rlari uchun berilgandir. Navoiy boshqa she’riy shakllar bilan birga qit’a janriga mansub bo’lgan yuqori darajadagi ma’no-mazmunga ega bo’lgan she’rlar yaratgan. Navoiy qit’alari mavzu va mazmun jihatdan turli-tuman va xilma-xildir. Navoiy qit’alarida ijtimoiy-axloqiy masalalar real, jonli va haqqoniy tarzda tasvirlangan. Navoiyning qit’alarining aksariyatida asosiy qahramonlar tarixiy shaxslardir. Navoiy ijodidan o’rin olgan qit’alarning ko’pchilik katta qismi turkiy (o’zbek) tilida yaratilgan bo’lsa, “Devoni Foniy”da ham qit’alarning forsiy tildagi namunalari ham ko’plab uchraydi. Xuddi o’zbek tilidagi qit’alari kabi Navoiyning forsiy tilda yaratilgan qit’alari mavzu, mazmun hamda g’oyaviy-badiiy tomondan yuksak darajada yozilgan. Quyidagi qit’aga e’tiborimizni qaratamiz:
Az avomi tirayi purhirsi dunyo dur bosh,
Gar hamexohi, ki gardad sad .mashaqqat az tu raf’
Dur budan beh zi g‘avg‘oi magas z-on ro‘, ki hast
Behadat ranj az hujumash lek Ne imkoni naf’!
Avom – omma. Qit’ada tilga olinayotgan avom – ong va idroki tiyra to‘da. Bu ayanch galaning qonida molu dunyo hirsi g‘alayon qiladi. Unga yaqinlashish ranj va mashaqqat tug‘diradi. “Agar yuz mashaqqatdan qutulishni xohlasang, mana shu vahshiy olomondan yiroq bo‘l”, – deb o‘git beradilar bobomiz. Bu – birinchi baytdagi gap. SHe’r tamsil usulida bitilgan. Misol uchun “magas” – pashsha obrazi tanlangan. Chunonchi: nafs hirsiga qul xaloyiq pashsha. Pashshaning g‘avg‘osidan biror naf’ bormi? Aksincha, uning hujumidan beadad ziyon yetadi, ma’nosiz g‘ing‘illashi-yu, xiraligidan kayfiyat buziladi. Nodon va gumrohlar ham shunaqa. Ulardan qancha uzoqlashilsa, ko‘ngil o‘shancha tinch va osuda!
Chu olim az pai bolo nashastan,
Ba har majlis ravad xush poy ko‘bon.
Na olim, johilash don, on ki o‘ro
Namoyad xush ba juz boloi xubon.
Olimlik – eng baland ma’naviy-aqliy darajalardan. Ilm ahli bundan boshqa, deylikki, mansab yoki izzat-e’tibor balandligi uchun yelib-yugursa, bu endi olimlik emas, tubanlik, o‘ziga nisbatan zolimlikdir. Chin olim tanholikka moyilroq bo‘ladi, sokinlik xushlaydi, majlis va yig‘inlarda kimligini ko‘z-ko‘z qilavermaydi. Qolaversa, har qanday havoyi harakat, g‘ayritabiiy intilishidan olim kishi o‘z-o‘ziga malol orttiradi. Men olimlik unvonlariga ega ko‘p odamlarni bilaman. Lekin ular orasida tabiatan kamsuqum, “to‘rga” chiqishni o‘ylamaydiganlarini nihoyatda kam uchratganman. Bularni o‘ylaganda har doim Mir Alisher Navoiyning shu qit’asi esimga tushadi. Unda aytilishicha, agar olim to‘rdan joy egallash g‘arazida “har majlis”ga chopaversa, unga olimlik nomi ham, sharafi ham hayf. Chunki u johil. Uning “ilmi” jaholat. Bobomiz bunday kimsalarning fikriy qarashlarini yengiltak go‘zallarning tushunchalari bilan teng qo‘yadi.
Sihat ar xohi makun mayli taom,
To naboshad ishtihoi g‘olibat.
Lek boyad dast az o‘ vaqti kashy,
Ki ba xo‘rdan nafs boshad tolibat.
Shayx Sa’diy yozadilar: xurosonlik ikki darvish safarga chiqishibdi. Ulardan biri zaif bo‘lib, ikkinchisi semiz va baquvvat ekan. Zaif kunora iftor qilar, hamrohi kunida uch mahal ovqatlanarkan. Ittifoqo, ularni bir shaharda josuslikda ayblashib, bitta xonaga qamab, eshikni loy bilan shuvab tashlashibdi. Oradan ikki hafta o‘tgach, ularning gunohsiz ekanliklari ma’lum bo‘libdi. Eshikni ochib qarashsa, haligi zaif tirik, baquvvat odam o‘lib yotganmish. Bu holdan ajablanishibdi. Shunda bir donishmand: “Agar bularning qismati aksincha bo‘lganidan, taajjublanishga odatlangani uchun sabr qilib o‘limdan omon qoldi”, – degan ekan.
Qissadan hissa ma’nosida Shayx Sa’diy hikoyat oxirida to‘rt qatorli she’r keltirganlar. Ammo shu she’r o‘rniga Mir Alisher Navoiyning ushbu qit’asini ham qo‘yish mumkin. Chunki hazrat Navoiy ilgari surgan fikr Shayx Sa’diynikidan keskin farqlanmaydi. Ularning ikkalasida ham g‘oyaviy niyat bitta: “Ko‘p taom yeyish sog‘liqni yeydi. Nafsi g‘olib kimsa ajalga ertaroq mag‘lub bo‘ladi”.
Ibn Sinoga nisbat berilgan mashhur hikmat bor: odam yeb-ichmoq uchun yashamaydi, yashash uchun yeb-ichadi. Ko‘ngil gushnaligi – fikrlashdan to‘xtash, ruhni boy berish, dardsizlik. Bedard odam odammi? Fikrsiz bandalarga bir nazar tashlang, ularning deyarli barchasi bir xilda loqayd. Bir zaylda horis. Mir Alisher Navoiy ruboiylaridan birida: “To‘qluq chu ko‘ngulni qattiq aylar, och o‘l”, deydilar. Mana, dili tosh, diydasi qotgan kimsalar qanday paydo bo‘ladi. Bulardan nima kutish mumkin? Yeb-ichish, uxlash, “turluk-turlik kiyish” va mol yig‘ish – ularning “iste’dod” maydoni shu. Hazrat Navoiy qit’asidagi ma’ni yuzaki qaralganda uncha chuqurmasday. “Sihat tilasang, ishtahang bo‘lmaganda og‘zingga ovqat tiqaverma. Lekin ishtahang bo‘lganda ham, meyorni unutma, qo‘ling va og‘zing qancha vaqtliroq tiyilsa, o‘shancha yaxshi”, deydi shoir. Ammo bu nasihatning zamirida: “Nafsingga xilof ish tut!” – degan mazmun borki, unga amal etish ma’naviy salomatlikni kuchaytiradi.
Ma’niyi shirinu ranginam ba turkiy behad ast,
Forsy ham la’lu darhoi samin bingary.
Go‘yiyo dar rost bozori suxan bikushodaam,
Yak taraf do‘koni qannodiyu yak so‘ zargary.
Z-in do‘konho har gado kolo kujo donad xirad,
Z-on ki boshad ag‘niyo, in naqdhoro mushtari.
“DEVONIY FONIY” XAQIDA MA’LUMOT
Qit’aning birinchi bayti faxriya mazmuniga ega. Bobomiz iftixor hissi bilan: “Turkiy tilda shirin va rang-barang ma’nili she’rlarim behaddir. Agar nazar tashlasang, forsiyda ham la’lu dur yanglig‘ qimmatbaho she’rlarimning ko‘pligiga inonasan”, – deydilar. Keyingi satrlarda shu haqiqat tasavvur orqali topilgan mantiq va manzarada bir do‘kon ochgan. Uning bir tomoni qandchilik do‘koni-yu, ikkinchi tomoni zargarlik. Lekin bu do‘konlardan biror nima olmoq uchun kuchli aql, zo‘r farosat, o‘tkir nazar kerak. Aqli yupun, ko‘ngli botil, nodonlarga esa yo‘l bo‘lsin, ular “do‘kon” oralab shunchaki o‘tishi yoki uning atrofida o‘ralashishi mumkin, xolos. Undan tafakkur ehtiyojlarini qondira olganlar esa, boy-badavlatdurlar. Besh yuz yildan ortiq vaqt o‘tibdiki, bu gap o‘zining mazmun va ahamiyatini zarracha yo‘qotmabdi. Darhaqiqat, bilish, tushunishni qo‘ya turaylik. Mir Alisher Navoiyning ijodiyotiga yaqinlashish uchun katta tayyorgarlik kerak. Hazrat Navoiy ajdodlari anglash, ularning ma’no qatlamlarini ochish, go‘zallik sirlaridan zavqlanish va hayratlanishdan ortiqroq g‘aniylik yo‘q.
Dushman gar hasud shud nek ast,
Ki ba ranj oyad o‘ zi fe’li badash,
Fe’li o‘ yoru dushmanash boshad,
Az pai qasdi jismu joni xudash.
Qaysidir zamonda uchta hasadchi bir joyda topishib qolishibdi. Birinchisi: “Hech kimga yaxshilikni ravo ko‘rmayman”, desa, ikkinchisi: “Birovning birovga yaxshilik qilishiga mutlaqo qarshiman”, debdi. Uchinchichi esa: “Menga kimda-kim neklik qilsa, o‘sha bilan dushman bo‘larman”, degan ekan. Mana, hasad nima va hasadchi kim? Hasad ongdagi, qondagi illat. Balki shuning uchun hasadchilar so‘nggi nafaslarigacha bu ofatdan qutula olishmas. Ammo “ichida tonnalab ko‘mir” to‘plangan hasadchining dushmanligini sezganingizda, bir narsani hisobga oling: o‘zingizni unga mutlaqo dushman bilmang. Negaki, unga o‘zidan ortiq g‘anim mumkin emas. U sho‘rlik har soat, har kun ichidan o‘zini-o‘zi tiriklayin yeydi. Shuning uchun ham Mir Alisher Navoiy qit’asida: “Dushmaning hasadchi bo‘lsa, yaxshidir”, deyilgan. Va uni adoyi tamom qiladigan qarshi kuch yomon fe’li deb ko‘rsatilgan. Albatta, u hech payt, xulqini tuzatish bir yoqdi tursin, o‘ziga tanqidiy ham qaray olmaydi. Yomon fe’li – dushmani unga yo‘ldosh bo‘lgach, bu dushman uni bir kunmas, bir kun yakson etishi anglashilarlidir.
Olimu johil agar chi har du
jinsi mardumand,
Farq boshad dar miyon az osmon
to xoki rax,
Durru jola hardu az abrandu
dar hay’at shabih,
On ravad bar toji shax
In lek dar xoki siyah.
She’r avvalida aytilganidek, olim ham, johil ham inson. Ularning har ikkalasi odam toifasidan. Lekin oralaridagi farq osmon bilan yer qadardir. Chin olimni nurli kunga qiyoslaydigan bo‘lsak, johil qorong‘u tun timsoli. Olimning matlabi – haqiqat, ezgulik, odamiylik, hurlik. U hayotdan ilmu hikmatning qo‘li baland bo‘lsin, deydi. U: “Ey inson, o‘zingni angla, qadringni arzon sotma, senga non-tuz bergan xalqingni sevgil, joningni Vataningdan ortiq ko‘rma” deb o‘rgatadi. Haqiqiy olim mana shular uchun zahmat chekadi, odamlarning o‘zaro ittifoq yashashi, ulug‘ orzular yo‘lida hamjihat kurashishlarini istaydi. Johilchi? U burnidan narini ko‘ra olmaydi. U jaholatning quli. Uning hayotini gumrohlik, vahshiylik boshqaradi. Qit’ada bular quyidagi tamsiliy so‘zlarda yoritilgan:
Durru jola har du az abrandu dar
hay’at shabih,
On ravad bar toji shah,
In lek dar xoki siyah.
Mazmuni: dur va do‘l – har ikkisi ham bulutdan paydo bo‘lib, zohiran bir-biriga o‘xshasa-da, dur podshoh tojiga chiqadi, do‘l esa qora tuproqqa kiradi. Bu mantiq mulohazaga yo‘l ochadi. Endi Siz olim kim, johil kim, olim qadrining yuksakligi-yu, johil qadrsizligining sabablari to‘g‘risida istagancha fikrlashingiz mumkin.
Tiyraam az mardumi chashmi xud,
ey Foniy, zi bas
K-omadam bar ro‘zi mardum dar jahon,
nomardumy.
Odami oby magar jo‘yam zidaryo,
gashti g‘arq,
Z-on ki az ro‘y zamin gum gashta
jinsi odamiy.
Bu dunyo – shafqatsiz dunyo. U ulug‘ odamlarga azaldan muruvvatsiz. Rahmsizligi uchun ham ne-ne buyuk zotlarning dillarini qaqshatib, boshlariga jabru jafolar yog‘dirgan. Uning subutsizligidan, bag‘ri to‘la kin, adovat va razolat ekanligidan hazrat Navoiy ko‘p o‘ksigan, ko‘p azob chekkanlar. Xalq (o‘zbeklarda): “Ko‘p yig‘lasa, ko‘zi qorayadi”, degan tushuncha bor. “Qit’ada: “Ey Foniy, o‘zimning ko‘z qorachig‘imdan tiyradurmen”, deyilishi shu gapga ishora. Xo‘sh, shoir nega shu qadar ko‘p yig‘lagan? Chunki u “jahon xalqi orasida murtadlik” avjiga chiqqanda dunyoga kelgan. Keyin-chi? Umr o‘tavergan. Atrof-muhitdan komil odamlarni axtarish davom qilavergan. Lekin shunday bir kun yo‘qolib ketgan, degan qarorga ko‘pchilikning diqqatini tortishdan o‘zga chora qolmagan. Ammo shunda ham bobomiz qalbida odam izlash istagi so‘nmagan. Chunki u kishi oxirgi xulosadan oldin: “Endi daryoga g‘arq bo‘lib “odamobiy” – suv odamini qidiraman”, – degan fikrni ham aytgandirlar.
Har kase k-az ro‘y istig‘no ba mardum
xond she’r,
Nek ham gar hast sozad zisht peshi
xalq besh.
Da’viyi maqbulii she’r ar kunad
sar to ba poy,
Xeshtanro ham kunad mardud hamchun
she’ri xesh.
Dostları ilə paylaş: |