1.O‘zbеk (turkiy) tili qadimiy tillardandir. Dastlabki yozma yodnomalar VI-VII asrlarga oid O‘rxun-Enasoy yozuvlarida uchraydi.
X-X1 asarlardan boshlab o‘zbеk (turkiy) tilda yirik asarlar yaratila boshlandi.
Jumladan: Mahmud Qoshg‘ariyning «Dеvonu lug‘otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» asarlari. Ahmad Yassaviy, Rabg‘uziy, Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Xorazmiylar turk (o‘zbеk) tilining rivojlanishida katta xizmat qildilar. Turk (o‘zbеk) tilining rivojida A.Navoiyining o‘rni bеqiyosdir. A.Navoiy o‘zbеk tili mavqеyini ham nazariy, ham amaliy jihatdan barqaror etdi.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashining 1989-yil 21-oktabrdagi sеssiyasi o‘zbеk tiliga davlat tili maqomini bеrdi, o‘zbеk tili O‘zbеkiston Rеspublikasining Davlat tili dеb e’lon etildi. O‘zbеkiston Rеspublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatida ish yuritish rеspublika davlat tilida olib boriladi va aynan tarjimasi ta’minlanadi. Bu o‘zbеk xalqining siyosiy va madaniy hayotidagi eng yirik va muhim voqеalardan biri bo‘ldi. Hozirgi o’zbek til io’zbek millatining tili o’zbek milliy madaniyatining ko’zgusidir. Hozirgi o’zbek adabiy tili muayyan qolipga solingan o’zbek xalqining madaniy ehtiyojlariga xizmat qiladigan milliy adabiy tildir.Fan va texnika, matbuot va adabiyot, davlat idoralari va o’quv yurtlari, kino va oinai jahon tilidir.
Adabiy til umumxalq tilining yozuvchilar, so’z sa4atkorlari tomonidan sayqal berilgan ko’rinishidir. Adabiy til yozma va og’zaki shakllarga ega. O’zbek adabiy tili juda katta taraqqiyot bosqichini bosib o’tgan. U dastlab X-Xl asrlar davomida umumturkiy adabiy til sifatida rivojlanadi, asta–sekin uning adabiy meyorlari yuzaga kela boshlaydi. Bu holat O’rta Osiyodagi barsha turkiy xalqlarning umumiy merosi hisoblangan «Devonu lug’otit turk», «Qutadg’u bilig», «Hibatul haqoyiq» singari yodgorliklarda ochiq ko’rinadi. eng qadimiy shakllaridan biri sifatida esa Urxun-Enasoy yozma yodgorligini aytib o’tish mumkin. Bu yodgorlik xalqimizga tosh bitiklar holida yetib kelgan.To’nyuquq, Bilgahoqon Kultekin yozma yodgorliklari deb ataluvchi toshga yozilgan yozuvlar hozirgacha esdalik sifatida saqlanib kelinmoqda.Eski o’zbek adabiy tilini yuksak pog’onaga ko’tarishda, ayniqsa, buyuk alloma Alisher Navoiyning xizmatlari beqiyosdir. Uning katta til masalalariga atalgan «Muhokamatul-lug’atayn» asari xalqimizga fors-tojik tili va turkiy tillar o’rtasidagi bag’oyat katta farqni ko’rsatib beraoldi.
Adabiy tilni bilish uchun esa til meyorlarini bilish va unga rioya qilish shart. Ta’lim meyorlariga rioya qilish nutqning aniq ravon va ravshan bo’lishiga yordam beradi` Orfoeepik, orfografik, leksik, grammatik meyorlar bir-biridan farq qilinadi. 2. Rasmiy aloqa professional va institutsional sharoitda ishlatiladigan kommunikativ uslub. Bu tartibga solingan usul bo'lib, unda so'zlashuv so'zlariga yo'l qo'yilmaydi, chunki ishlatiladigan ohang har doim madaniy va aseptik bo'lishi kerak. Shunga o'xshab, biz rasmiy aloqani ham tashkilot ierarxiyasining turli darajalari o'rtasida yuzaga keladigan va biz aytib o'tgan me'yorlar doirasida shakllanadigan axborot oqimi deb atashimiz mumkin.
THIS OUT Rasmiy muloqot oqimi so'zlashuv yoki yozma ravishda sodir bo'lishi mumkin. Odatda, qisqacha hal qilingan o'zaro ta'sirlar og'zaki suhbatda sodir bo'ladi. Biroq, yanada kengroq yoki murakkab ma'lumotlarni talab qiladigan aloqa vositalari, odatda ularni tanlangan vositalar (tsirkulyar, elektron pochta xabarlari, pochta xabarlari, memorandum va boshqalar) orqali yozish va suhbatdoshlarga etkazish uchun tanlanadi.
3. DAROMAD SOLIG'I
yalpi daromadga solinadi, unda moddiy sarf-xarajatlar va soliq imtiyozlari chegirib qolinadi. Daromad solig'i, asosan, ish haqi berilishi va daromadning boshqa turlarida, shuningdek, maxsus moliya tashkilotlariga manbalarini ko'rsatgan holda barcha ishlab topilgan summani o'z ichiga olgan daromadlar to'g'risidagi deklaratsiyani taqdim etish chog'ida chegirib qolish yo'li bilan undiriladi.
BANK
vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini bir joyga to'plash va kimda bu pullarga vaqtinchalik muhtojlik bo'Isa, ularga kredit sifatida berish bilan shug'ullanuvchi kredit-moliya muassasasidir. Bank faqatgina xo'jalik tashkilotlarining vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini bir joyga to'plash bilan cheklanib qolmay, balki aholining qo'lida ham vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini jamg'arma banklarida omonat sifatida to'plab, ulardan kredit resurslari sifatida foydalanadi. Bank vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini omonat sifatida qo'yuvchilarga ma’lum miqdorda foiz to'lab, undan kredit olganlardan yuqoriroq foiz stavkasi oladi. Ular o'rtasidagi farqdan bank foydasi hosil bo'ladi. Bankning amalga oshiradigan ishlarini ikki turga ajratish mumkin: birinchisi - bank resurslarini tashkil qilish, ya’ni sust ishlar; ikkinchisi - bu resurslami joylashtirish va ulardan foydalanish, ya’ni faol ishlar hisoblanadi.
Tovar aylanmasi 1) tovarning muomala sohasida pulga ayirboshlanish va ishlab chiqarish.dan isteʼmolga utishi bilan bogʻliq harakati; 2) muayyan davr davomida sotilgan va sotib olingan tovarlarning pul ifodasidagi hajmi.