1.Tayanch xarakat sistemasi (muskullar) va yosh xususiyatlari. Tayanch-harakatlanish apparatiga skelet va skelet muskullari kiradi. Skelet va muskullar tayanch-harakatlanish va himoya funksiyalarini o‘taydi. Skeletdagi suyaklar orqa miya, bosh miya, yurak, o‘pka va boshqa organlarni turli ta’sirdan himoya qiladi. Organizmdagi suyaklarni qoplab turgan skelet muskullari faol harakat a’zosi bo‘lib, muskullar qisqarganda bo‘g‘imlarda harakat vujudga keladi. Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo‘lib, katta yoshli odam tanasi vaznining 45-50% ni tashkil qiladi. Odamning harakatlari, mehnat faoliyati, nutqi, nafas olish harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari muskullarning guruh-guruh bo‘lib, reflektor harakat qilishi natijasida sodir bo'ladi. Muskullar atrof-muhitdagi turli omillarning sezgi organlariga ta’sir qilishi va ana shu ta’sir ning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga yetib borib, analiz-sintez jarayonlari natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayliharakatlanadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet muskullarining funksional holatiga reflektor ravishda ta’sir etadi. Muskullar harakatlanish organi bo‘lib, nerv tolalari vaf biriktiruvchi to‘qimalardan tuzilgan. Muskul to‘qimasi hujayralardan tashkil topgan, bo`lib, hujayraning ichidagi qisqaruvchi tolalar miofibrillar deb ataladi. Muskul to‘qimasining tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra ko‘ndalang yo`li va silliq muskullarga ajratiladi. Ko‘ndalang yo`li muskullar, asosan skelet muskullari bo`lib, silliq tolali muskullar esa ichki organlar, qon tomirlar devorida uchraydi. Muskul muskul tolalari yig‘indisidan iborat bo‘lib, bu tolalar biriktiruvchi to‘qima yordamida o'zaro birikkan. Muskul
tashqi tomondan ham biriktiruvchi to'qima bilan o‘ralgandir. Har qanday muskulning boshlanish qismi - boshi va birikish qismi - dumi bo`lib, keng tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridan tuzilgan. Musku boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda bo‘g‘imda harakat sodir bo`adi. Muskul tolalarining yo‘nalishiga qarab duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasimon va ikki qorinchali bo`ishi mumkin. Har qaysi
muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o‘ralgan, bu parda fastsiya deb ataladi. Fastsiya alohida muskulni, bir qancha muskulni va muskullarning hammasini o‘rab turishi mumkin. Yumaloq muskullar og‘iz, ko‘z atrofida uchraydi. Kalta yo‘g‘on muskullar baquvvat bo`lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi (masalan, dumbaning deltasimon muskullari). Organizmdagi muskullar boshlanish, birikish joyiga ko‘ra, yelka-bilak muskuli, funksiyasiga ko‘ra, chaynash muskuli, bukuvchi muskullar va hokazo,
tuzilishiga ko‘ra, ikki boshli yarim payli muskul va boshqalar; joylashishiga ko‘ra peshona, yelka muskullari va hokazo; shakliga ko'ra trapetsiyasimon, rombsimon muskullar deb ataladi va hokazo.
Bosh va bo‘yin muskullari. Bosh muskullari ikki guruhga bo‘linadi: bosh skeleti gumbazining muskullari va yuz muskullari. Bosh skeleti muskullari oldinda ikkita peshona, orqada esa ikkita ensa muskullaridan tashkil topgan.Ensa va peshona muskullari tolalarining qisqarishi peshonada gorizontal burmalar paydo bo`lishiga, qoshlarning ko‘tarilishiga sabab bo`ladi va ayrim hollarda bosh terisini harkatga keltiradi.Yuz muskullari mimika va chaynov muskullariga bo`linadi. Mimika muskullari qisqargan paytda yuz ifodasini o‘zgartirsa, chaynov muskullari 14 ovqatni chaynash va gaplashish vaqtida pastki jag‘ni harakatga keltiradi. Bo'yin sohasida bir talay muskullar bor. Bular xilma-xil funksiyalarni ado etadi. Boshni biror tomonga burganda eng katta muskul - to‘sh-o‘mrov so‘rg‘ichsimon muskul bo‘yin terisi ostidan hammadan aniq ko'rinib turadi.
Gavda muskullari. Bular orqa va ko‘krak muskullariga bo`inadi. Orqa muskullari o‘z navbatida yana chuqur va yuza muskullarga bo`inadi. Orqaning yuza muskullaridan ko‘pchiligi teri ostida yotadigan yassi va serbar muskullardan iboratdir. Trapetsiyasimon muskul, orqaning eng serbar muskuli, kurakni ko'taradigan muskul va bir qancha boshqa muskullar shular jumlasiga kiradi.Orqaning chuqur muskullari uning o‘z muskullaridan, shuningdek qovurg‘alarni ko‘taruvchi muskullardan iborat. Bundan tashqari, bo‘yinda boshni orqaga yoki chap va o‘ng tomonga burishda ishtirok etadigan muskullar bor. Bularning hammasi yuza muskullar tagida yotadi.