Ko‘krak muskullari. Ko‘krak muskullari yuza va chuqur muskullarga bo‘linadi. Yuza muskullarga katta va kichik ko‘krak muskullari bilan oldingi tishsimon muskullar chuqur muskullarga esa qovurg'alararo tashqi va ichki muskullar kiradi. Diafragma yoki ko‘krak bilan qorin o‘rtasidagi to'siq nafas aktida ishtirok etadi. U gumbazga o‘xshab bukilgan yassi muskul bo‘lib, ustki va pastki yuzasi fastsiyalar hamda seroz pardalar bilan qoplangan. Diafragma bo‘yin bo`imi segmentlaridan rivojlanadi va yurak bilan o‘pka o‘sib, rivojlanib borgan sayin past tushib boradi, u bilan birga esa diafragma nervi ham past tushaveradi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarda diafragma gumbazi kattalardagiga qaraganda birmuncha yuqori turadi, chunki bolalarda qovurg'alar ancha gorizontal holatni egallaydi.
Qorin muskullari. Qorin bo‘shlig‘ini o‘rab turadigan devorlar qorinning
tashqi muskuli, ichki qiyshiq muskuli, ko'ndalang to‘g‘ri muskullaridan iborat.Qorin bo‘shlig‘ining pastki devori yoki kichik chanoq tubi ham
muskullardan tashkil topgan bo‘lib, oraliq deb ataladi. Oraliq qori bo‘shlig‘idagi organlarni past tomonlan tutib turadi va shu bilan bir vaqtda orqa teshik hamda siydik-tanosil apparatining sfinkteri vazifasini bajaradi.
Qo‘l-oyoq muskullari. Qo‘1 muskullari orasida yelka kamari muskullari
va erkin qo‘l muskullari tafovut qilinadi. Yelka kamari muskullari
jumlasiga: deltasimon, o‘q usti, o‘q osti va kurak osti muskullari kiradi.
Erkin qo‘l muskullariga yelka, bilak va qo‘l panjasi muskullari kiradi.
Oyoq muskullari. Oyoq muskullari jumlasiga chanoq muskullari va
erkin oyoq muskullari kiradi. Erkin oyoq muskullariga son, oldingi katta
boldir va orqa kichik boldir muskullari kiradi.
Oyoq panjasi muskullari. Bular oyoq panjasining orqa va tag
muskullariga bo`inadi. Oyoq panjasi tagining hamma muskullari zich
fastsiya bilan qoplangan. Ular oyoq panjasi suyak-muskul skeletini
gumbazsimon holatda ushlab turadi.
Muskullarning ishi. Muskullarning kuchi tolalarining ko‘ndalang
kesimiga, ko‘p-ozligiga bogiiq. Muskulning har bir santimetri o‘rta
hisobda 10 kg yuk ko‘taradi. Ularning ishi nerv sistemasining
qo‘zg‘aluvchanligiga, mashq qilishiga, tashqi sharo`tga bogiiq, muntazam
ravishda mashq qilib turgan odamning muskullari baquvvat bo`adi, qon
tomirlar bilan yaxshi ta’minlanadi, organizmda energiya va moddalar
almashinuvi kuchayadi.
Muskullarning rivojlanishi. Muskullar hayvonot olamining taraqqiyoti
jarayonida tabaqalanib borib, sut emizuvchi hayvonlarda ancha
rivojlangan. Odam embrionida muskullar mezodermaning orqa-chetki
qismidagi somitlardan hosil bo`adi. Bunda avval hayot uchun eng zarur
muskullar: til, lab, diafragma, qovurg‘alararo, so‘ngra qo`, gavda va
oyoq muskullari rivojlanadi. Bola tug‘ilganda barcha muskullari mayda va rivojlanmagan bo`adi. Ular bolaning hayoti davomida rivojlana borib, 25 yoshda to‘liq shakllanadi. Muskullarning rivojlanishi skeletining taraqqiy etishiga va
bola qad-qomatining shakllanishiga sabab bo`adi. Yangi tugilgan bola
muskullarining vazni tanasi vaznining 23,3% ni, 8 yoshda - 27,2% ni, 12
yoshda - 29,4% ni, 15 yoshda - 32,6% ni, 18 yoshda - 44,2% ni tashkil
etadi. Bir yoshda yelka kamari, qo‘l muskullari yaxshi rivojlangan bo`adi.
Bola yura boshlashi bilan orqadagi uzun muskullar, dumba muskullari
tez o'sadi, 6-7 yoshdan boshlab q o i panjasining muskullari tez rivojlanadi.
Bolalarda bukuvchi muskullarning tarangligi yuqoriroq bo`lib, yozuvchi
muskullarga nisbatan tez rivojlanadi. 12-16 yoshda yurish-turish uchun
zarur muskullar rivojlanadi. Yosh ortib borishi bilan muskullarning
kimyoviy tarkibi, tuzilishi ham o‘zgaradi. Bolalar muskulida suv ko‘p bo‘ladi. Muskullarning rivojlanishi bilan ulardagi qon tomirlar va nerv tolalari soni ortadi. Umuman, katta odamlarda 50 yoshdan boshlab muskullar sust rivojlanadi. Keksayganda vazni 15-20% kamayadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanib turilganda muskul tolalarining yo‘g‘onligi va kuchi orta boradi. 8-9 yoshda muskul kuchi ancha tez ortasa, 9 yoshdan 12 yoshgacha bir qadar sekinlashadi.0 ‘smirlarda
balog‘atga yetish davrida muskullar kuchi tez ortadi va turlicha rivojlanadi. 5-6 yoshda yelka va bilak muskullari, 6-7 yoshda panja muskullari, 9 yoshdan boshlab boshqa barcha muskullar kuchi ortib boradi. Harakat tezligida muskullar qisqarishining yashirin davri katta ahamiyatga ega. 7-8 yashar bolalarda oddiy harakat refleksining yashirin davri 11-12 yashar bolalardagiga nisbatan yuqori. Bola jiisiy balog‘atga, ya’ni 14-15 yoshga yetganda muskullar chidamliligi kamayadi, harakat faolligi esa 35% ortadi. Qizlar bir kecha-kunduzda o‘g‘il bolalarga qaraganda kam harakat qiladi. Bahor, kuz oylariga qaraganda qishda faollik 30-45% kamayadi. Bola maktabga borganda harakat faolligi ikki marta kamayadi. Shuning uchun ham tashkiliy ravishda bolalarni albatta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullantirish zarur. Jismoniy tarbiya darslari bir kunlik harakat
faolligini 11% qondiradi, xolos. Fizkultura daqiqalari 1-2 sinf o‘quvchilarida darsning 15-17 daqiqasida, 3-4 sinflarda 20 daqiqasida o‘tkazilsa yaxshi bo`adi. Uyda dars tayyorlaganda har 30-40 daqiqada fizkultura qilish. 1-2 sinfda uchinchi darsdan keyin harakatli o‘yinlar o'ynagan ma’qul. Qo‘1 panjasi muskullari oyoq muskullariga qaraganda vaqtliro rivojlanadi. 8 yoshda qo‘l panjasi muskullari juda tez harakatlami bajara boshlaydi. Bo‘g‘imlarda muskul harakatlari tezligi 12-13 yoshdan ortadi. Muskul harakatlari tezligining ortib borishi nerv sistemasining labilligiga, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari almashinishning o‘zaro
aloqadorligiga va nerv jarayonlarining harakatchanligiga bogiiq. Tolalari
uzun parallel bo`gan muskullar patsimon va yelpigichsimon muskullarga
nisbatan uyg‘unlashgan nozik harakatlar qiladi va tezroq qisqaradi. 7-8
yashar bolalarda muskullar qisqa muddat ichida nozik harakatlarni
chaqqon bajara olmaydi. Chaqqonlik bolada asta-sekin hosil bo`adi va
yosh kattalashishi bilan ortib boradi. Aniq, uyg‘unlashgan nozik
harakatlar qilish ko‘nikma hosil bo`lishiga bogiiq. Jismoniy mashqlar
harakat tezligi va chaqqonlikni orttiruvchi omillardan hisoblanadi.
Jismoniy mashq bilan shug‘ullangan odamlarda deyarli barcha guruhdagi
muskullarning harakat tezligi yuqori darajada bo`ladi. 20-30 yoshlarda
muskullar qisqarishining yashirin davri juda qisqaradi. 6 yoshdan so‘ng
uzayadi va harakat tezligi kamayadi.
Chapaqay bolalarda chap tomondagi muskullar tezkorligi o‘ng
tomondagilarga qaraganda yuqori bo`adi. 7 yoshdan 16 yoshgacha
harakat sur’ati 1,5 marta ortadi. Bolalarda chaqqonlik rivojlanishining 3 bosqichi kuzatiladi. Birinchi bosqichi harakatlarning fazoda aniq boiishi, ikkinchisi turli vaqtlarda bajarilgan harakatlarning aniqligi va uchinchisi harakat davomida tasodifiy harakatlarga javob tezligi bilan ifodalanadi. Qo`llar harakatidagi aniqlik va chaqqonlik, qoilarning kichik burchak hosil qilib harakatlanishi yosh sayin ortib boradi. Chidamlilik mahium guruh muskullar ish qobiliyatining uzoqroq saqlanib turishi, ya’ni charchashga qarshilik ko‘rsatish xususiyatidan iborat. Chidamlilik ichki organlar, ayniqsa yurak-qon tomir va nafas olish sistemalari xususiyatiga
bogiiq. Organizmning chidamliligi bajariladigan ishning tabiatiga va jadalligiga qarab o‘zgarib turadi. Ish qanchalik tez bajarilsa, chidamlilikshuncha kam boiadi. Ish jadalligi ikki marta ortganda chidamlilik 100 martagacha kamayishi mumkin.
Yosh ortgan sayin chidamlilik ortib boradi, lekin u bir tekisda boimaydi.
8-10yashar qiz vao‘g‘il bolalarning chidamliligi birxil boiadi. 12-15 yoshda
ayniqsa o‘g‘il bolalarda ortadi. 14 yashar bolalarning chidamliligi katta
odamnikiga nisbatan 70% ni, 16 yoshda 80% ni tashkil etadi.
Shunday qilib, bolalarda 8 yoshdan 11-12 yoshgacha yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va harakat sifatlari (tezkorlik, chaqqonlik, kuchlilik, chidamlilik) rivojlanishda davom etadi. 12 yoshdan 16 yoshgacha tik turish va yurishni ta’minlovchi skelet muskullari ancha tez rivojlanadi. 14-16 yoshda muskullar bilan birga bo‘g‘im, bogiam apparati rivojlanib boradi.