Agar to‘rtqutblik qismalari o‘rni almashtirilganda, ya'ni kirish qismalari yuklamaga, chiqish qismalari energiya manbaiga ulanganda, uning kirish va chiqish toklari o‘zgarmasa, u holda bunday to‘rtqutbliklar simmetrik, aks holda esa nosimmetrik deb ataladi.
To‘rtqutblikni hisoblash deganda uning umumlashgan parametrlaridan foydalanib kirish va chiqish tok va kuchlanishlarini topish tushuniladi. Ixtiyoriy passiv to‘rtqutblikda kirish toki I1 va kuchlanishi U2, uning chiqish toki I2 va kuchlanishi U1 quyidagi ikkita asosiy tenglama bilan ifodalanadi: