To‘rtqutblikning yuqorida keltirilgan asosiy tenglamalari asosida uning turli xil almashlash sxemalarini hosil qilish mumkin. Bu sxemalar to‘rtqutblik umumiy xossalarini tahlil qilishni osonlashtiradi. Amaliyotda ko‘pincha T-simon va П-simon almashlash sxemalardan keng foydalaniladi.
To‘rtqutblik koeffitsiyentlarini tajriba yordamida aniqlash
Passiv to‘rtqutblik kompleks koeffitsiyentlarini tajriba yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun to‘rtqutblik parametrlari qiymatlari va elementlarining ulanish sxemasini bilish shart emas.