Didaktik jarayon -pedagogik texnologiyalarning asosiy omili


 Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar tushunchasiga berilgan ta'riflar va ularniig tahlili



Yüklə 159,5 Kb.
səhifə3/5
tarix12.04.2023
ölçüsü159,5 Kb.
#96745
1   2   3   4   5
DIDAKTIK JARAYON -PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING ASOSIY OMILI

1.3. Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar tushunchasiga berilgan ta'riflar va ularniig tahlili.
Dastlab «texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu soz texnikaviy taraqqiyot bilan bogliq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki sozdan — «texnos» (techne)- mahorat, sanat va «logos» (logos) — fan, pedagogikot sozlaridan tashkil topgan. Bu ifoda zamonaviy texnologiya jarayonini toliq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni kozda tutadi.
Keyingi o'n yillar ichida yaratilgan, pedagogikaga bagishlangan adabiyotlarda «Pedagogik texnologiya», «Progressiv pedagogik texnologiya», «Yangi axborotlar texnologiyasi» kabi tushunchalar uchrab turadi. Ammo, ularga hozirgikungacha toliq ta'rif berilmagan.
Qator yillardan beri, pedagogik texnologiyaga oquv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelindi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha yangicha talqin etila boshlandi. Texnologiya deganda, sub'ekt tomonidan ob'ektga ko'rsatilgan ta'sir natijasida sub'ektda sifat o'zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, ob'ektga yo'naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko'zda tutadi.
Ushbu tushunchalarni oquv jarayoniga ko'chiradigan bo'lsak, oqituvchi (pedagog)ning oqitish vositalari yordamida talabalarga muayyan sharoitlarda ko'rsatgan tizimli ta'siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa, deb ta'riflash mumkin. Ta'riflar nazariyasi bo'yicha bunday ijtimoiy hodisani pedagogik texnologiya, desa bo'ladi.
Mustaqillikka erishgan O'zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma'rifiy aloqalar o'rnata boshladilar. Natijada yurtimizga ilgor va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Shular qatorida, jahondagi progressiv pedagogik texnologiya degan tushunchalar ham kirib, pedagogik jamoatchiligimiz fikrini chulgab oldi.
Xo'sh, ilgor pedagogik texnologiya o'zi nima, uning an'anaviy oqitish usulidan qanday afzalliklari bor?
So'nggi yillarda Republikamizdagi ilmiy anjuman ma'ruzalarida, ilmiy maqolalarda, hisobotlar va davriy nashrlarda ham pedagogik texnologiya tushunchasi o'z aksini topmoqda. Shuni ta'kidlash lozimki, Respublikamizning taniqli olimlari S.Ashirbaev, R.X.Jo'raev, N. S. Sayidahmedov, B. L. Farberman, Rossiya pedagog-olimlari V. P. Bespalko, V. S. Bezrukova, M. V. Klarin va boshqalar hamda qozogistonlik olimlar M. J. Aristanov va J. S. Haydarov o'z ilmiy tadqiqotlarida «pedagogik texnologiya» tushunchasining mohiyatini va ahamiyatini ochib berishga munosib hissa qo'shganlar.
Oqitishga texnologik yondashish, ya'ni oquv jarayonini ham ishlab chiharish jarayoni kabi takrorlanuvchan xarakterga ega bo'lishini ta'minlashga oid dastlabki izlanishlar o'tgan asrning 60-yillarida amerikalik pedagog olimlar tomonidan olib borilgan. Xususan, «oqitish texnologiyasi» iborasi ham birinchi marta amerikalik olim B.Skinner tomonidan ishlatilgan. U - «…oqitish texnologiyasi - psixologiya fani yutuqlarining pedagogik amaliyotda qo'llanishidan iborat»,- deb ta'riflagan.
Lekin, haqqoniylik nuqtai nazaridan shuni ta'kidlash lozimki, A.S.Makarenko o'tgan asrning 30-yillarida bunday degan edi: «Bizning pedagogik ishlab chiharishimiz hech qachon texnologik mantiq asosida qurilmagan, balki u axloqiy va'zxonlikka asoslangan. Aynan shuning uchun ham: texnologik jarayon, mehnat operatsiyalarini hisobga olish yordamchi uskunalar, me'yorlash, yaroqsiz mahsulotlar bo'limi kabi ishlab chiharishga xos bo'lgan muhim bo'ginlar unda o'zidan-o'zi ishtiroksiz qolmoqda». Hozirgi kunda jahon pedagogikasida «pedagogik texnologiya» tushunchasiga 12 xil tarif berilganligi ma'lum.
Masalan: «Ta'lim texnologiyasi - ilmiy va boshqa bilimlarni amaliy masalalarni hal etishda tizimli ravishda qollashidan iborat». (Golbrayt).
«Pedagogik texnologiya ta'limni tizimlashtirish yoki auditoriyada oqitishni tizimlashtirish goyalarini pedagogikaga tadbiq etishdan iborat». (T.Sakomoto).
«Pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan barcha shaxs, amaliy va uslubiy vositalarning tizimlashgan majmui va ularning faoliyat ko'rsatish tartibi». (Klarin M.V.).
Yuqoridagi ta'riflarda pedagogik texnologiyaning tub mohiyati oquv jarayoniga tizimiy yondashishdan iborat ekanligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Xalharo YUNESKO tashkiloti tomonidan pedagogik texnologiya tushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan:
«Pedagogik texnologiya-ta'lim shakllarini maqbullashtirish uchun inson va texnik resurslarni hamda ularning o'zaro ta'sirini e'tiborga olgan holga oqitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonini yaratish, qollashi va aniqlashning tizimiy uslubidir».
Pedagogik texnologiyani oquv jarayoniga olib kirishning zarurligini bunday mamlakatlar ichida birinchilar qatorida har tomonlama ilmiy asoslab bergan rossiyalik olim V.P. Bespalkoning fikricha, «Pedagogik texnologiya - bu oqituvchi mahoratiga bogliq bo'lmagan holga pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan talaba shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir».
Rossiyalik olimlaridan biri V.M. Monaxov «Pedagogik texnologiya - avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo'lgan tartibli amallar tizimidir», - degan qisqacha ta'rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e'tiborni haratadi. «Pedagogik texnologiya - o'quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turgunligini oshirib, bu jarayon ijrochisining sub'ektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi», -deydi u.
M.V. Klarin fikricha, “Pedagogik texnologiya-oquv jarayoniga texnologik yondashgan holga, oldindan belgilab olingan ko'rsatkichlardan maqsad kelib chiqib, oquv jarayonini loyihalashdir”.
V.P. Bespalkoning o'zbekistonlik shogirdlaridan N. Sayidahmedov va M. Ochilovlarning fikricha, “Pedagogik texnologiya - bu o'qituvchi(tarbiyachi)ning oqitish (tarbiya) vositalari yordamida talaba (talaba)larga muayyan sharoitda ta'sir ko'rsatishi va bu faoliyat maqsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir”.
I.Ya. Lernerning fikriga ko'ra, “Pedagogik texnologiya-talabalar harakatlarida aks etgan oqitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi”.
O'zbekistonlik metodist B.L. Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta'rif beradi: “Pedagogik texnologiya - ta'lim jarayoniga yangicha yondashuv bo'lib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ongi ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga soladigan, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bogliq ijtimoiy hodisadir .
Polyak olimi Dj. Bruner «Oqitish texnologiyasi - bu oqitishning maqbulligini ta'minlovchi ma'lum yo'l-yo'riqlar tizimi bilan bogliq bilimlar sohasi» ekanligini e'tirof etdi. Tizimli yondashish ta'siri ostida asta-sekinlik bilan pedagogik texnologiya mohiyatiga aniqlik kiritila borildi. Rus olimasi N.F. Talizina esa uning mohiyatini «belgilangan oquv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat», deb tushuntirdi.
Yuqorida keltirilgan ta'riflardan ko'rinib turibdiki, o'tgan yillarda PT-oquv jarayonini berilgan dastlabki ta'lim maqsadi va mazmunidan kelib chiqib loyihalashdir, deya ifodalandi. Bu bir jihatdan to'gri, lekin teranroq fikr yuritilsa, uning bir yoqlamaligi yaqqol ko'zga tashlanadi yoki bunday yondashishda talaba shaxsining inkor etilishi seziladi. Bu kamchilikni birinchi bo'lib akademik V. Bespalko payqadi va o'z asarida «Pedagogik texnologiya - bu oqituvchi mahoratiga bogliq bo'lmagan holga pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan talaba shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash - loyihalashdir»,-deb ta'rifladi.
Professor N.Sayidahmedovning fikricha, «Texnologiya — bu shaxsni oqitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o'zida jo qiladigan va yakuniy natijani ta'minlaydigan pedagogik faoliyatdir». Texnologiya tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta'sir etish kuchiga ega bo'lib, erkin ijod qilishga undaydi:
samarador oquv-bilish faoliyatining asoslarini topish;
uni ekstensiv (kuch, vaqt, resurs yo'qotishga olib keladigan samarasiz) asosdan ko'ra intensiv (jadal), mumkin qadar, ilmiy asosda qurish;
talab etilgan natijalarni kafolatlaydigan fan va tajriba yutuqlaridan foydalanish;
oqitish davomida tuzatishlar ehtimolini loyihalash metodiga tayangan holda yo'qotish;
ta'lim jarayonini yuqori darajada axborotlashtirish va zaruriy harakatlarni algoritmlash;
texnik vositalarni yaratish, ulardan foydalanish metodikasini o'zlashtirish va boshqalar.

Yüklə 159,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin