DIDAKTIK JARAYON -PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING ASOSIY OMILI
II. BOB 2.1. Pedagogik texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlari. Yuqorida ta'kidlangandek, pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati ta'limda talabalarni qiziqtirib oqitish va bilimlarni to'liq o'zlashtirishga erishishdir. Ta'limda berilayotgan bilimlarni talabalarning aksariyat ko'pchilik qismi puxta o'zlashtirishi pedagogik texnologiyani joriy etishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ilmiy adabiyotlarda pedagogik texnologiyaning uch aspekti togrisida fikr yuritiladi: ilmiy, tavsifiy, amaliy.
Ilmiy aspektda oqitishning maqsadi, mazmuni va metodlari ilmiy asoslanadi, pedagogik jarayon loyihalashtiriladi.
Tavsifiy aspektda rejalashtirilgan oqitish natijalariga erishishning maqsadi, mazmuni, metodlari va vositalarining ishtiroki asosida algoritm jarayoni ishlab chiqiladi.
Amaliy aspektda pedagogik texnologiya jarayoni amalga oshiriladi.
Ta'lim amaliyotiga nisbatan pedagogik texnologiyaning uch sathi belgilanadi: umumpedagogik, xususiy metodik, lokal (modul).
Umumpedagogik texnologiya yaxlit ta'lim jarayonni ifoda qiladi.
Xususiy metodik texnologiya bir fan doirasidagi oquv -tarbiya jarayonini amalga oshirish metodlari va vositalaridan iborat bo'ladi.
Lokal (modul) texnologiya oquv tarbiya jarayonining maxsus bo'limlariga texnologiyani tatbiq qilishni ifoda qiladi. Bu texnologiya xususiy didaktik va tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga qaratiladi..
Pedagogik texnologiyaning tuzilmasi. U kontseptual asos, ta'lim jarayoni mazmuni, texnologik jarayondan iborat bo'ladi.
Har bir pedagogik texnologiya muayyan ilmiy kontseptsiyaga asoslanadi.
Pedagogik texnologiyaning ilmiy kontseptsiyasi ta'lim maqsadlariga erishishning falsafiy, psixologik, ijtimoiy-pedagogik va didaktik asoslashlarni qamrab oladi.
Ta'lim jarayoni mazmuni ta'lim jarayonining umumiy va aniq maqsadlari, oquv materiali mazmunidan iborat bo'ladi.
Texnologik jarayon oquv jarayonini tashkil etish, oqituvchi faoliyati, talaba faoliyati, oquv jarayonini boshqarish usullari, oquv jarayoni diagnostikasini qamrab oladi.
Tadqiqotchilar har qanday pedagogik texnologiyalarni qanoatlantiradigan mezonlarni belgilaydilar.
Izchillik pedagogik texnologiyaning mezoni sifatida jarayonning mantiqiyligi, pedagogik texnologiyaning barcha qismlarining o'zaro boglikligi, yaxlitligani o'z ichiga oladi.
Pedagogik texnologiyaning mezonlaridan biri boshqaruvga asoslanganligidir. U oquv jarayoni diagnostikasi, uni rejalashtirish va amalga oshirishni loyihalash, undagi oqitish metodlari va vositalari bilan o'zgartirib turishdan iborat bo'ladi.
Pedagogik texnologiyaning samaradorlik mezoni ta'lim jarayonining konkret sharoitlarida olinadigan yuksak natijalarni ko'zda tutadi.
Qayta tiklash pedagogik texnologiyalar mezonlaridan biridir. Unda pedagogik texnologiyalarni boshqa oquv yurtlarida qollashi imkoniyati tushuniladi.
Texnologiya universal xususiyatga ega bo'lib, uni har bir mutaxassis tomonidan amalga oshirish, bir xil darajada bajarish va ko'zda tutilgan maqsadga erishish mumkin. Uning metodikadan asosiy farqi shundaki, metodika oqitish usullari va yo'llarining ma'lum shaxs uchun qulay bo'lgan majmuidan iborat. Metodika oqituvchining bilim, ko'nikmalari, mahorati, shaxsiy sifatlari, temperamentiga bogliq. Buni dasturlashtirilgan ta'lim texnologiyasi bilan turli xususiy fanlarni har xil didaktik vositalardan foydalangan holga jadal (intensiv) oqitish metodikalari orasidagi farqini solishtirishda ko'rish mumkin.
Shunday qilib, texnologiyalarning asosiy mezonlarini quyidagicha belgilash mumkin:
ma'lum ilmiy asosga, kontseptsiyaga tayanish;
tizimlilik, oquv-tarbiya jarayoni va uning tarkibiy qismlarining o'zaro mantiqiy bogliqligi;
samaradorligi, ta'lim standartlariga erishishni kafolatlashi, talab qilinadigan vaqt, kuch va vositalarning me'yor darajasida ekanligi;
boshqalar tomonidan qayta amalga oshirish mumkinligi.
Pedagogik texnologiya ta'lim oluvchilar va tarbiyalanuvchilarga pedagoglar tomonidan kasbiy-pedagogik maqsadlarni amalga oshiruvchi ta'sir ko'rsatilishini tashkil qilish tizimini belgilaydi.
Pedagogik texnologiya pedagogik faoliyatni aniq maqsadlar asosida tashkil qilish hamda uning texnologikligini nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Pedagogik texnologiya tizimi pedagogik maqsadlarning aniq amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Texnologik tizimning asosiy belgisi kutilgan natijaga erishishni kafolatlashdir. Buning uchun asosiy maqsadga erishishning har bir bosqichida bajarilishi lozim vazifalar, buning uchun talab qilinadigan vositalar hamda metodlarning aniq modullari yoki algoritmlari hosil qilinadi.