KIRISH
Mustaqil Respublikamizda uzluksiz ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar milliy ta`lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg’unlashtirilgan, jahon andozalari darajasiga mos “milliy model”ni hayotga tadbiq qilishga, ma`naviyatimizni yanada yuksaltirishga qaratilgan.
Bu esa o’z navbatida talabalarning umumpedagogik bilim darajasini kengaytirishni, ma`naviy va intellektual meroslarimizga to’g’ri munosabatda bo’lishni talab qiladi.
Ma`lumki, bugungi kunda pedagogikani insonparvar pedagogikaga aylantirish ta`lim sohasining muhim masalasiga aylanib qoldi. Shuning uchun ham ta`limni insonparvarlashtirish orqali yuzaga kelgan mavjud muammolarni oqilona hal etib borish yangicha ishlashni, yangi pedagogik tafakkurni shakllantirishni taqozo etadi.
O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta`lim tizimini isloh qilish kelajakda o’qituvchilik kasbini egallaydigan yangi avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish qobiliyatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan.
Mazkur vazifalarni bajarishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati o’ta salmoqlidir.
Ijtimoiy hayotdagi mafkuraviy jarayonlar pedagogik voqelikni aks ettiradigan ta`limiy faoliyat loyihalarini asoslaydigan fan sohasi, tasavvurlarini qamrab olmasdan iloji yo’q. «Yangi pedagogik bilimlar ko’lami Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida kengayib bormoqda, tadqiqot yo’nalishlari erkin shaxsni shakllantirish muammolariga qaratilyapti»1,- deb ta`kidlaydi professor Nurali Sayidahmedov.
Haqiqatan ham yangi pedagogik bilimlar ko’lami bugungi kunda ta`lim- tarbiya tizimida yangicha metodologik yondashuvlarni yuzaga keltirayotir.
1 Sаyidахmеdоv.N. Tехnоlоgik yondаshuv ustuvоrligi. //Ma`rifаt, 2003 y, 19 fеvrаl.
Dostları ilə paylaş: |