Respublikamizda uzluksiz ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan


I-BOB. TARBIYA TEXNOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI



Yüklə 169,7 Kb.
səhifə4/25
tarix31.03.2022
ölçüsü169,7 Kb.
#54535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
KIRISH

I-BOB. TARBIYA TEXNOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI



1.1. TARBIYA – BARKAMOL AVLODNI SHAKLLANTIRISHNING BOSH OMILI

Tarbiya – har bir shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashini ta'minlash uchun zarur bo’lgan aqliy-jismoniy, badiiy-estetik va axloqiy-ma'naviy xususiyatlarni tarkib toptirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar majmuidir.

Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan azaliy va abadiy qadriyatdir. Alohida odam ham, butun insoniyat ham tarbiyasiz mavjud bo’lolmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar avloddan avlodga tarbiya tufayligina o’tadi.

Ilmiy adabiyotlarda «tarbiya» amatasi keng va tor ma'nolarda ishlatiladi. Keng ma'noda tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma'rifiy hayotida faol ishtirokini ta'minlashga qaratilgan barcha ta'sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni, balki butun ijtimoiy to’zum, uning yetakchi g’oyalari, adabiyot, san'at, kino, radio, televideniye va boshqa vositalar orqali singdiriladigan mafkurasini ham o’z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma'nodagi tarbiya tushunchasi ta'lim olish va ma'rifatlilikni ham qamrab oladi. Zero, tarbiya ta'limga nisbatan kengroq bo’lgan tushunchadir.

Tor ma'noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma'naviy- axloqiy qiyofasi, estetik didi o’stirilishiga yo’naltirilgan maxsus faoliyatni anglatadi. Bunda tarbiyaning oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi ko’zda tutiladi. Ta'lim olish va ma'rifatga erishish tor ma'nodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya ta'lim bilan chambarchas bogliq holda mavjud bo’lishi hisobga olirishi lozim. Chunki ta'lim olish va ma'rifatga erishish kechimida shaxsning bilimi ko’payishi

ko’pincha bu shaxsda ezgu axloqiy-ma'naviy sifatlar qaror topishini ham tezlashtiradi.




Yüklə 169,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin