Oila kamolotga yetkazish poydevori



Yüklə 12,06 Kb.
tarix02.05.2023
ölçüsü12,06 Kb.
#105820
Taylakova Moxinur³


OILA - KAMOLOTGA YETKAZISH POYDEVORI
Annotatsiya:
Kalit so‘zlar:
Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini ta'minlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib, uni ma'naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan, jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir. Oila tabiatning eng go'zal mo'jizalaridan biri bo'lib, u insonlarga xos “tabiiy-biologik” (jinsiy munosabatlar, farzand ko'rish), iqtisodiy (mulkiy munosabatlar, uy-roʻzgʻorni boshqarish), huquqiy (nikohni davlat yo'li bilan qayd etish), ma'naviy (er-xotin, ota-ona va bolalar o'rtasidagi mehr-oqibat tuyg'usi va boshqalar) munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birlikdir. Shunday ekan, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy guruh bo'lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi.
Bu barcha millat oilalariga xos fazilatdir. Biroq oila mazmun va mohiyatiga ko'ra har bir xalq, har bir millat uchun o'ziga xos xarakterli xususiyatlarga ega. Oila qurish va uning mustahkamligini, farovonligi va barqarorligini ta'minlash insonning o'z millati, avlod-ajdodlari, jamiyati oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi. Ayniqsa, o'zbek xalqi uchun oila eng muqaddas dargohdir. Yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda, oilada o'zaro hurmat va qattiq tartib bo'lmasa, uning barcha a'zolari o'z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat koʻrsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oʻzbeklarning aksariyati o'zining shaxsiy farovonligi to'g'risida emas, balki oilasining, qarindosh-urugʻlari va yaqin odamlarining, qo'shnilarining omon-esonligi to'g'risida g'amxo'rlik qilishni birinchi o'ringa qo'yadi. Bu esa eng oliy darajada ma'naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir.[2.89]
Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoa. Shu sababli oilalar birlashib, jamiyatni tashkil etadi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o‘z ta’sirini o'tkazadi. Darhaqiqat oila, ayniqsa o‘zbek oilasi asrlar osha yosh avlodni tarbiyalashda, komil insonni voyaga yetkazishda muqaddas maskan bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Har bir insonda Vatan tushunchasi ilk bor tepapoya bo‘lib o‘sib kelayotgan yosh go‘dakning ongi, ruhi va qalbiga kirib boradi, butun umri, hayotiy faoliyati davomida yana ham sayqallanib, mazmunan mujassamlashadi. Bu jarayon oiladagi sog‘lom muhitda, otabobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri, aka-uka, opa-singillarning mehr-oqibati orqali amalga oshib boradi. Shaxs ma’naviyati, dunyoqarashi, tafakkuri, e’tiqodi, iymoni avvalo oilada shakllanadi. [1.319]
Oila - tarbiya o‘chog‘i. Oila - jamiyat negizi. Har bir insonda ilk yoshligidan boshalb ongida shakllanadigan barcha insoniy fazilatlar, ezgu niyat, maslaklar, qadriyatlar takomil topadigan, mafkuraviy va ma’naviy tarbiya amalga oshiriladigan muhitdir. O‘zbek oilasi o‘zida ko‘p asrlik mustahkam ma’naviy qadriyatlarimiz ravnaq topadigan shunday maskanki, uning barqarorligi va mustahkamligi jamiyatimiz rivojining muhim omillaridan biridir. Bu haqida Prezident I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida shunday yozadi: “Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonnig eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oilada shakllanadi”.
Agar oiladagi muhit sog’lom bo’lsa, unda kamol topayotgan yosh avlod qalbi va ruhiga ezgu xususiyatlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, milliy istiqlol g‘oyasini singdirish uchun qulay sharoit yaratilgan bo‘ladi.
1998-yilni «Oila yili» deb e’lon qilinishi va shu yilning o‘zida Oila kodeksining qabul qilinishi hamda mamlakatimiz tarixida ilk bor tashkil etilgan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining maqsadi ham davlatimizning oilani har tomonlama mustahkamlash, himoya etish borasidagi siyosatiga hamohang bo‘lib, oilaga taalluqli boy va sermazmun milliy an’analami avaylab-asrash, ulami umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish, oila va nikohning muqaddasligini yosh avlod ongiga chuqur singdirish yo'li bilan oilani mustahkamligi,barqarorligini ta’minlash, oila a’zolarining huquqiy savodxonligini oshirish muammolarini ilmiy o‘rganish, oilaviy hayotga bog’liq muammolami tadqiq etish va fuqarolarga bu masalalarda amaliy yordam berishdan iboratdir.
Markazning muhim maqsad va vazifalaridan biri oila kontseptsiyasini yaratish va uni hayotga tarbiya etishning uslub va vositalarini joriy etish orqali hukumatimizning ijtimoiy sohadagi insonparvarlik siyosatini amalda har bir fuqaro ongiga oila instituti orqali singdirishdan iboratdir.
Taqdim etilayotgan kontseptsiya oila institutini yurtimizda yanada mustahkamlash, u orqali milliy istiqlol g‘oyasini fuqarolar ongiga singdirish ishlari uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi.
Oila va jamiyat - mohiyatan bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo‘lib, oilada jamiyatning tub mohiyati va muammolari o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a’zosi oila bag‘rida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlami o'zlashtiradi va insoniy fazilatlami namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. Shu boisdan ham davlat oilani o‘z himoyasiga oladi.Oila qanday boisa, jamiyat ham shunday bo‘Iadi. Mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, oila qadriyatlarini eng ilg‘or an’analarini tiklashga qaratilgandir.Oilaviy tarbiya oilada ota-onalar, vasiylar yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash, yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy ta’sirchan kuch-oilaviy tartibdir. Oila va mahalla boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko‘rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko‘rsatadi. Oila va mahalla hamkorligidagi tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir ko‘rsatishning chuqur o'ziga xosligi bilan uyg‘unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur bo‘g‘iniga ham aylantiradi. Oila va mahallaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati bolalar va ota-onalarning o'ziga xos xususiyatlari:qon-qarindoshligi, qo‘ni-qo‘shniligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch xissi, obro‘ligi va hokazolar bilan ta’minlanadi. [3.396]
Xulosa tariqasida shuni aytish joizki , xilma-xil faoliyat sharoitida bolaning qobiliyatlari eng samarali rivojlanadi, uning ijodiy imkoniyatlari ochiladi, bolani oila va mahalladan boshqa qayerda ham faoliyatning xilma-xil turlariga jalb etish mumkin. Oila va mahalla hamkorligidagi tarbiyaning qimmatliligi va ahamiyati yana shundaki, kichik bolalik paytida oilada egallagan narsalar bir umr saqlanib qoladi. Xuddi shuning uchun ota-onalaming bolalarni har tomonlama tarbiyalash majburiyati qonuniy tarzda belgilab qo‘yilgan.
Oila va mahalla hamkorlikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar, eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma’lumotlarini e’tiborga olishlari ham muhimdir. Ularga muvofiq o‘sib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga oilani qo‘shadigan hissasi turli yosh bosqichlarda turlicha bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Umumiy pedagogika . - Т .: « F a n v a texnologiya», 2018.

  2. Isilovama Zuxra Karabayevna .Pedagogika.Toshkent- “Moliya”-2007.

  3. R.Mavlonova , O.To’rayeva, K.Xoliqberdiyev. Pedagogika. „O‘QITUVCHI“ NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI TOSHKENT — 2013

Yüklə 12,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin