guruh – Gimnastikaning sog‘lomlashtiruvchi turlari. Bu guruh gigienik va atletik gimnastikani o‘z ichiga oladi. Gimnastikaning bu turlari shug‘ullanuvchilarni har tomonlama garmonik jismoniy kamolotga yetkazish, salomatligini mustahkamlash va harakat funktsiyalarini takomillashtirish maqsadida qo‘llaniladi.
Sport turlari.
guruh – Gimnastikaning splrt turlari. Bu guruhga sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va akrobatika kiradi. Bu turlar sport yo‘nalishiga ega bo‘lib, sport turlari sifatida targ‘ib etiladi. Bulardan maqsad, mashqlarni ijro etish texnikasida yuksak kamolotga erishish, yuksak sport mahoratini ko‘rsatish, hamda har yoqlama yuksak jismoniy tayyorgarlik asosida gimnastika ko‘p kurashining murakkab mashqlarini bajara bilishga erishishdan iborat.
Amaliy turlari.
guruh – Gimnastikaning amaliy turlari. Bunga quyidagilar : ish kuni tartibiga kiritiladigan mehnatkashlarning sog‘loilashtirishga, ish qobiliyatini o‘stirish va shu asosida mehnat unumdorligini oshirishga yordamlashadi. Korxona gimnastikasi asosan mehnatda mudofaa va sport faoliyatida eng yaxshi natijalarga erishishni ta’minlaydi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘llaniladigan kasbiy, amaliy, harbiy amaliy va sport amaliy gimnastikasi kiradi. Davolash jismoniy tarbiyasining asosiy qismi bo‘lgan turli xastalik va jarohatlarni davolash
uchun qo‘llaniladigan ish qobiliyati va salomatlikni tiklashga yordam beradigan davolash gimnastikasidan iborat.1