Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanidan
6-10 mavzular yuzasidan 2- Mustaqil topshiriq
Atamalarni izohlang
№
Atamalar
Izohi
1
Tarbiya
Shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon.
2
Tamoyil
Bu xatti-harakat yoki baholash uchun qoʻllanma boʻlgan taklif yoki qiymat.
3
Gigiyena
Bolalarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.
4
Nazariy aqliy tarbiya
borliqdagi umumiy narsalarni idrok etishdir.
5
Amaliy aqliy tarbiya
buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko’rinadigan qobiliyatlardan.
6
Sensor tarbiya
Inson ko’rish, sezish va hakozolar yordamida tevarak – atrofdagi narsa va hodisalar to’g’risida bilimga ega bo’ladi, faqat shular asosidagina unda xotira, tafakkur, xayol jarayonlari hosil bo’ladi.
7
Axloq
kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga boʻlgan munosabatlarida namoyon boʻladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui.
8
Qo’l mehnati
Insonlarning o‘z-o‘zlaridan faxrlanishga arziydigan ijodiy ishlaridan namunalar
9
Estetik tarbiya
Jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.
10
Iqtisodiy tarbiya
Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob qilish qobiliyatini shakllantiradi.