“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-25, Issue-1, January - 2023
92
O’QUVCHILARNI KASB TANLASHLARIGA PSIXOLOGIK
KO'MAKLASHISH
Ravshanova Madina Davlatovna
Jondor pedagogika kolleji o`qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o'quvchilarning
kasb tanlash muammolari va
ularga psixologik yordam ko'rsatish haqida ma'lumot berilgan.
“O’zbekiston Respublikasi Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga
doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son
qaror bilan
respublikamizda uch bosqichli professional ta’lim joriy etilishi talablarida belgilangan
talablariga
kompleks
yondashish
kasb-hunarga
yo’naltirish
ishlarining
samaradorligini ta’minlaydi.
Shaxsning kasbiy shakllanishi va mutahassis sifatida kamolga yetishini uning
hayot yo'lidan ayri tasavvur qilib bo'lmaydi. Psixologik adabiyotlarda ta'kidlab
o'tilganidek, kishining kasbiy shakllanishi butun hayoti davomida kechadigan jarayon
bo'lib uning yoshiga hamda shaxsning taraqqiyotiga mos holda boradi.Kasbiy faoliyat
sohasidagi muvaffaqiyat va mutahasissining mahorat darajasiga erishish sur'ati uning
kasb tanlash motivlari bilan o'zaro aloqadordir. Kasb tanlash har bir inson hayotidagi
eng muhim tanlovlardan biri. Kasb nafaqat daromad manbayi, balki inson umrining
asosiy qismini sarflaydigan faoliyat hamdir. Kasb tanlayotgan
shaxs undan talab
qilinadigan bir qator jihatlarga ham alohida e'tibor qaratishi lozim:
-umumta'lim maktablarida beriladigan ta'lim darajalaridagi bilimga ega bo'lish;
-kasb tushunchasining ta'rifini,
tabiatini,
xususiyatlarini,
kasblar sonini va
turlarini bilishi;
-kasbni inson hayotida qanchalik muhim ekanini tushunishi, u haqda ma'lum bir
tasavvurlarga ega bo'lishi;
-kasb tanlashga kerak bo'lgan idrok va xohishning bo'lishi;
-o'z maqsadi va manfaatini to'g'ri anglab olishi;
-kelajagi haqida tasavvurga ega bo'lishi.
Umumiy o'rta ta'lim maktabi kasb-hunarga yo'naltirish yakuniy ideal natijasi- bu
har bir o'quvchida mustaqil va ongli ravishda kasbiy o'zlikni
anglashning
shakllanganligidir.Shaxsda kasbiy o'zligini anglash shakllanishini kasbiy mahoratning
vujudga kelishidagi asosiy me'zonlardan biri sifatida quyidagi bir nechta bosqichlarga
ajratish mumkin:
1.
Kasblar olami haqidagi aniq ko'rgazmali tasavvurlarning paydo bo'lish davri.
Bu Davr 2,5-3 yoshdan boshlanib 10-12 yoshgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi.
Taraqqiyot davomida bolaning ongida kasblar olami haqidagi turli-tuman tasavvurlar