Kasbiy psixologiyadan ma’ruzalar 1-mavzu.Kasb-hunar egallashning ijtimoiyva tarixiy muammolari. Kasb tanlash va kasbiy shakllanishning psixologik jihati.Shaxsning kasbiy etikasi va individual xususiyatlar. Kasbiy faoliyat samaradorligini oshirishda hissiy–irodaviyvashaxsiy fazilatlarning o’rni (2 soat) 1. Kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixi, predmeti va maqsadi. Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi, o‘quv fanlar tizimida kasb psixologiyasi. Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi: genetik metodlar, praksimetrik metodlar, psixosomatik metodlar. Eksperimental metodlar haqida tushincha.
2. Shaxsning biogenetik va sotsiogenetik nazariyalari. Shaxs faolligi. Saxsning kasbiy shakllanish determinatsiyasi. Shaxsning kasbiy rivojlanish bosqichlari. Shaxsning kasbiy shakllanishi.
3. Shaxsning kasbiy etikasi. Kasbiy etika vazifalari va turlari. Temperament va kasbni egallash masalasi. Xarakter va kasbiy sifatlar. Qobiliyatlar, ularning tabiiy asoslari.
4. Shaxsning hissiy-irodaviy sohasi va kasbga moslashish. Hissiy holatlarning ifodalanishi. Hissiyot turlari. Shaxsning irodaviy sifatlari va uni tarbiyalash. Xulq–atvorni irodaviy boshqarish. Shaxsni kasbga moslashish psixologiyasi.
Kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixi, predmeti vamaqsadi.
Psixologiyaning mustaqil sohasi sifatida kasb psixologiyasini shakllanishida bir qancha siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-tadqiqiy sabablarni o‘rni muhim hisoblanadi. Ular sirasiga quyidagi sabablarni keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
1.Totalitar jamiyat sharoitida kishilarning individual psixologik xususiyatlari inkor etilgan .Asosiy e’tibor ishlab chiqarish vazifalarini echish uchun zarur bo‘lgan ishchilarni tayyorlash bilan bog‘liq ijtimoiy buyurtmasini bajarish asosiy faoliyatlaridan hisoblangan .Siyosiy vaziyatning o‘zgarishi, mafkuraviy qarashlarning ommalashuvi natijasida mustaqil ishbilarmonlik faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatining paydo bo‘lishi-mehnatga nisbatan ongli munosabatlarni shakllanishiga olib keladi. Bu esa ishchilarning kasbini o‘zgartirishga majbur bo‘lganda yangi ish joyini qidirish o‘zining raqobatbardoshligini tasdiqlash uchun xulq-atvorining o‘zgarishiga olib keladi.
Mehnatga layoqatli aholi uchun dolzarb masalalardan bu kasbiy hayot ssenariysini tanlash, kasbiy rivojlanish, ishsizlik muammosi bo‘lib qoldi. Ammo bu muammolarni echimini topishning imkoniyati yo‘q edi. O‘z navbatida bu kishilarda bir-birini psixologik qo‘llab-quvvatlash va ko‘maklashish ehtiyojini yuzaga keltiradi. SHunisi ahamiyatliki psixologiyaning hech bir yo‘nalishi bu muammolar bilan shug‘ullanmay, bu esa o‘z navbatida mazkur muammolarni o‘rganish uchun yangi bir sohaga ya’ni kasb psixologiyasining shakllanishiga olib keladi .
2.Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va undagi o‘zgarishlar ya’ni dastlabki paytlarda iqtisodiy vaziyatlar bir maromda kechayotgan edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqori malakali kasbiy jihatidan etuk raqobatbardosh ishchilarga zaruriyat sezilmoqda. Bu esa kasb tanlash, kasbiy layoqatni aniqlash, kadrlar faoliyatini baholash va attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish yo‘llarini belgilash, ishchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga e’tiborni qaratish lozimligini anglatadi. SHuning natijasida korxona va tashkilotlarda ishchilar uchun
rivojlanish bo‘limlari paydo bo‘ladi.
SHunday qilib 1990-yillar boshida siyosiy iqtisodiy va ilmiy sabablari tufayli psixologiyaning yangi sohasi-kasblar psixologiyasi vujudga keldi.