Kasblar psixologiyasini mustaqil fan sifatida shakllanishini 3-bosqichni ajratish mumkin.
XIX-asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkillashtirishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo‘nalishini paydo bo‘lishi, shuningdek, psixotexnika taraqqiyotining asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va shu usullarini ratsionalizatsiya qilish, avariya va shikastlanishni kamaytirish, ishlab chiqarish ta’limining shakllanishi masalalariga e’tiborning kuchayishdir.
XX-asr boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalallari, inson psixologiyasining mehnatda namoyon bo‘lishi va shakllanishi shuningdek, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi.
XX-asrning 70-yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarining hal qiluvchi mehnat psixologiyasi va industrial psixologiyadagi vazifalarning paydo bo‘lishi, mehnat psixologiyasining bu sohasi profpsixologiya yoki kasblar psixologiyasi deb nomlana boshladi. Kasb psixologiyasi doirasida kasbiy maslahat, kasb tanlash, va kasbshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil ilmiy fan sifatida kasb psixologiyasi yuzaga keldi va bu AQSHlik olimlar J. Kritets va D. Super ishlarida ko‘zga tashlangan.
Kasb psixologiyasi fanining maqsad va vazifalari.Kasb psixologiyasi-bu shaxsda kasbiy maqsadlarni tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarini, shuningdek shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o‘rganuvchi psixologiya fanining sohalaridan biridir.
Kasb psixologiyasining predmeti - shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmi, qonuniyatlari hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganadi.
Kasb psixologiyasining ob’ekti - shaxsning kasb bilan xamkorligi yoki o‘zaro bog‘liqligidan iborat.
2. Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi bo‘lib u o‘zining tadqiqot predmeti va ob’ektiga ega. SHu jihatdan aynan u mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining ob’ekti va predmetidan farqlanadi. Mazkur farqlar jadvalda qo‘yidagicha ifodalaniladi.
Psixologiya fanlarining tarmoqlari.
Tadqiqot predmeti.
Tadqiqot ob’ekti.
Mehnat psixologiyasi
Mehnat faoliyatining psixologik qonuniyatlari va xususiyatlari
Mehnat faoliyatining yangi va uning psi xologik, bajaruvchilik tavsiflari
Muhandislik psixologiyasi
Inson va texnikaviy tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning psixologik qonuniyatlari
Inson-mashina tizimi .
Pedagogik psixologiya
Ta’lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlari
Ta’lim oluvchi va tarbiyalanuvchi shaxs .
YOsh davrlar psixologiyasi
SHaxsning ontogenezda rivojlanishining psixologik qonuniyatlarini
SHaxsning ontogenezda psixik rivojlanishi
Kasb psixologiyasi
SHaxsni kasbiy shakllanishining psixologik qonuniyatlari