Kasbiy psixologiyadan ma’ruzalar 1-mavzu



Yüklə 85,11 Kb.
səhifə14/22
tarix29.04.2023
ölçüsü85,11 Kb.
#104574
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
1 МАЪРУЗА СИРТКИ

Flegmatiksenzitivligi sust, hissiy qo‘zg‘aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini bo’zish qiyin. Ammo bir narsa yo’zasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko‘ngilsiz hodisa yo’z berganda ham osoyishtaligini bo’zmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. G‘ayrati ishchanligi bilan ajralib turadi. Yuksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. Chidamliligi, matonati, o‘zini tuta bilish bilan ajralib turadi. Harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to‘playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko‘chiradi. YAngi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. Yangi odamlarga qiyinchilik bilan qo‘shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi.
Melanxolik – yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko‘ra, ko‘zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O‘ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, qo‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urib qo‘ya qoladi. G‘ayratsiz, qat’iy emas. Diqqati tez chalg‘iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega.
Psixik faollikka ega bo‘lgan, atrofda bo‘layotgan hodisalarga tez munosabat bildiruvchi, taassurotlarini tez-tez o‘zgartirishga intiluvchi, ko‘ngilsizliklarni nisbatan engil o‘tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan bo‘lgan kishi sangvinik deyiladi.
Yuragi keng, barqaror intilish va kayfiyatga, doimiy va chuqur his-tuyg‘uga ega, harakatlari va nutqi bir maromida bo‘lgan, ruhiy holatini tashqi tomonda ifoda etadigan kishi flegmatik deb ataladi.
Juda g‘ayratli, ishga ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, tez, qizg‘in emotsional «portlash» va kayfiyatning keskin o‘zgarishlariga moyil, ildam harakatlar qiladigan kishi holerik deb ataladi.
Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko‘tara olmaydigan, atrofdagi voqealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o‘zini nazorat qila oladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar melanxoliklar deb ataladi.

Yüklə 85,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin