“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-25, Issue-1, January - 2023 93 shakllanib boradi. Boshlang'ich ta'limda esa yetakchi o'quv-biluv faoliyatida
o'quvchining kasblar haqidagi tasavvuri yanada kengayib boradi.
2.
O'zini kasbiy bilish davri. Ko'plab kasblar haqidagi tasavvurlarni o'zlashtirib
olgach, o'quvchi ularni u yoki bu shaklda qo'llay olishi kerak. Kasblar haqida yetarli
bilim, ko'nikma va tayyorgarlikka ega bo'lmaganliklari sababli ba'zi o'quvchilar
o'zlarini biror kasbiy sohada namoyon eta olmaydilar.Biroq, ularda yangi yetakchi
faoliyat tengdoshlari bilan muloqot jarayonida o'zini bilishga bo'lgan ehtiyoj yanada
kuchli namoyon bo'ladi.
3.
O'zini kasbiy aniqlash davri. Ushbu bosqichda kasbiy o'zligini anglash
yakunlanadi. Bu davr maktabni tugatgandan keyin ham davom etishi mumkin.
O'quvchida kasbni o'rganishning aniq yo'nalishi, barqaror qiziqishlar, kasbning
talablariga mos bo'lgan shaxs xususiyatlarining shakllanishi kuzatiladi.
Yoshlar o'z kelajagini anglagandagina, qiziqish va manfaatlarini anglab
olgandagina, hayotidagi ehtiyojlarini tushungandagina kasb tanlashi oson
kechadi.Kasb insonni boquvchi asosiy omil va hayotini tashkil etuvchi asos
hisoblanadi. Bu asosni tanlashda beriladigan quyidagi tavsiyalar va bir qator jihatlar
foydadan holi bo'lmaydi.
O’quvchilar uchun tavsiyalar:
-o’zingizda qaysi kasbga moyillik va qiziqish yuqori ekanini psixologik testlar
orqali birlamchi bosqichda aniqlab oling (bunda maktab psixologi sizga yaqindan
yordam beradi);
-turli kasbiy yo’nalishlar istiqbolli soha va mutahassislik to’g’risida
bilimlaringizni mustahkamlab boring;
-9-sinfdan boshlab asta-sekin o’zingiz tanlagan yo’nalish bilan tanishish
maqsadida institut va universitetlarda o’tkaziladigan “ochiq eshiklar kuni”da ishtirok
eting;
-adabiyotlar,onlayn platformalardan yangi kasb sohalari haqida ko’proq
ma’lumot oling;
-istaklaringiz, qiziqish va qobiliyatlaringiz, salomatligingiz va maqsadlaringizni
muvofiqlashtiring;
-imkoniyat bo’lsa kasb tanlash bo’yicha malakali mutahassis bilan
maslahatlashing;
-tanlayotgan kasbingizdan sizga keladigan moddiy daromadni emas, balki undan
olishingiz kerak bo’lgan ma’naviy ozuqani ham hisobga oling.
Ota-onalar uchun tavsiyalar:
-qanday kasb tanlashni farzandingizni o’ziga qo’yib bering;
-siz tomoningizdan berilayotgan maslahatlar zarur va foydali, lekin ular yakuniy
qaror bo’lmasligi yordamchi ta’sir bo’lishiga e’tibor qarating;