Didaktik o’yinl



Yüklə 92,49 Kb.
səhifə2/4
tarix09.04.2023
ölçüsü92,49 Kb.
#95295
1   2   3   4
didaktik-o-yinlarning-turlari-va-ularni-olib-borishga-doir-talablar

Ishchanlik o’yin darsi - dars mavzusi bo’yicha masalalarni hal etish jarayonida o’quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish mashqi.
Ro’lli o’yin darsi - dars mavzusi bo’yicha masalalarni o’rganishda o’quvchilarga oldindan ma’lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu ro’lni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarni mustaxkamlash darsi.

Teatrlashtirilgan dars - dars mavzusi bilan bog’liq sahna ko’rinishlari tashkil etish orqali dars mavzusi bo’yicha chuqur, aniq ma’lumotlar berish darsi.


Kompyuter darsi - tegishli o’quv fani bo’yicha dars mavzusiga doir kompyuter materiallari ( multimediya, virtual o’quv kursi va shu kabilar ) asosida o’tiladigan dars.
Kim oshdi savdosi darsi - o’quv fani ayrim bo’limi bo’yicha bilimlarni har bir o’quvchi qanchalik ko’p bilishini namoyish etish darsi.
Yamarka darsi - dars mavzusini bo’laklar bo’yicha oldindan o’zlashtirish o’quvchilarning o’zaro muloqat asosida sinfga qiziqarli tushuntirish orqali o’tiladigan dars.
Tayanch tushunchalar darsi - o’quvchilarning musiqa savodi faoliyatidan tayanch tushunchalarni puxta o’zlashtirishlari bo’yicha turli o’yinlar shaklidagi mashqlar o’tkazish darsi.
Oyin darsi - dars mavzusiga mos o’yin orqali o’quvchilarning o’zlashtirishlarini tashkil etish darsi.
Sud darsi - o’quvchilar bilan dars mavzusiga mos “sud” jarayonini tashkil etish orqali yangi mavzuni tashkillashtirish darsi.
Konsert darsi - dars mavzusini sahnalashtirgan holdagi konsert shaklida ifodalash mashqlari bo’lib, o’quvchilarni faollashtirish va bilimini mustahkamlash imkoniyatini beradi.
Tergovchi bilimdonlar olib boradigan darsi - dars mavzusini oldindan puxta o’rgangan o’quvchilar yordamida qiziqarli savol - javoblar, tahlillar asosida isbotlab, tushuntirish mashqlari bo’lib, bunda o’quvchilar dars mavzusini o’zlashtirib eslab qolishlari uchun qulaylik yaratadilar.
Integral (integratsiyalangan) dars - bir nechta(musiqa, tarix, adabiyot va h.q.) fanlarga doir integratsiyalash uchun qulay bo’lgan mavzular bo’yicha tashkil qilingan dars bo’lib, o’quvchilarning turli fanlarga qiziqishlarini orttirib musiqiy ta’lim jarayonidagi faolliklarini taminlaydi.
Bunday darslar o’quvchilarga fanlararo bog’liqlikni o’rgatish orqali ularda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish ijodiy tafakkurlarni rivojlantirishga hizmat qiladi.
Mo’jizalar maydoni darsi o’quvchilar bilan o’tkaziladigan qiziqarli o’yinlar bo’lib turli savollarga belgilangan vaqt davomida to’g’ri javoblar topish va g’oliblarni rag’batlantirish orqali o’quvchilarda fikrlash, topqirlik va ziyraklik, bilimlarni kengaytirib borish sifatlarini shakllantiradi. Didaktik o’yinli mashg’ulotlarni talabalarning bilim olish va o’yin faoliyatining uyg’unligiga qarab syujetli- rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmonlar o’yinli, konfrensiyalar o’yin mashqlariga ajratish mumkin. O’qituvchi - pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi) so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi, o’yin muvaffaqiyatli chiqandan so’ng esa ularni ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim.

Chunki talabalar didaktik o’yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko’nikma malakalarga ega bo’lishlari, bundan tashqari guruh jamoasi o’rtasida hamkorlik, o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.


O’qituvchi - pedagog didaktik o’yinli mashg’ulotlarni o’tkazishda qizg’in tayyorgarlik ko’rishi va uni o’tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi talab etiladi:
1. Didaktik o’yinli mashg’ulotlar dasturida qayd etilgan mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo’lishi;
2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag’ishlanib, ular o’yin davomida hal qilishi;
3. Barkamol shaxsni musiqiy tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-ahloq normalariga mos kelishi;
4. O’yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo’lishi;
5. Mashg’ulotlar davomida musiqiy didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflanishiga erishishi kerak.
Didaktik o’yinli mashg’ulotlar orasida konfrensiya mashg’ulotlari ham muhim o’rin tutadi. Konfrensiya mashg’ulotlari talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishda ilmiy dunyo qarashini kengaytirishda, qo’shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabob adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarni ortirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Konfrensiya mashg’ulotlarini talabalarning bilish faoliyatni faollashtirishda ilmiy dunyoqarashini mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarni ortirish kengaytirishda, ilmiy va ilmiy ommabop adabiyotlar bilan mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Konfrensiya mashg’ulotini o’tishdan oldin mashg’ulot mavzusini maqsad va vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo’shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ko’zdan kechiriladi. Mashg’ulotni o’tishdan bir hafta oldin mashg’ulot mavzusi elon qilinib unga tayyorgarlik ko’rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. Ushbu mashg’ulotda “Olimlar” ro’lini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, maruza tayyorlash talabaning ixtiyorida bo’ladi.
Ilmiy konfrensiya mashg’ulotini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi.
Didaktik o’yinlarni tanlashda o’quvchilarga bilim va tarbiya berishning quyidagi tartib qoidalariga rioya qilinadi:
1. Didaktik o’yinlar tanlash va ulardan foydalanishda o’quvchilarning yosh xususiyatlari pedagogik jihatdan tayyorgarligi va bilim saviyasi hisobga olinadi;
2. Tanlangan har bir o’yin o’quvchilarga sistemali bilim berish, malaka va ko’nikmalar hosil qilish bilan birga ularning barkamol bo’lib yetishishiga va ruhan tetik o’sishiga qaratilgan bo’ladi;
3. Didaktik o’yinlarni tanlashda musiqiy ta’limning aniq maqsad va vazifalari asos qilib olinadi.
Didaktik o’yinlar musiqiy ta’lim mazmunini aniqlashtirishning muhim vositalaridan biri. U o’quvchilarda o’qish motivini, istagini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yüklə 92,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin