II.2.Adir, yaylov va tog’larda tarqalgan lalmi maydonlar.
II.3.Lalami yerlardan qishloq xo’jaligida foydalanish.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
ILOVALAR
KIRISH. Lalmikor yerlar, bahorikor yerlar — adir zonasidagi sugʻorilmay dehqonchilik qilinadigan yerlar. Lalmi dehqonchilik oʻrtacha yillik yogʻingarchilik 200 mm dan yuqori boʻlgan hududlarda tarqalgan. Tuproqda tabiiy namlikni toʻplash va uni saqlash, oʻgʻitlash, begona oʻtlarga qarshi kurash, tuproq eroziyasi oldini olish kabi tadbirlar qoʻllaniladi. Lalmikor dehqonchilik sugʻorish uchun noqulay boʻlgan yerlardan foydalanish imkonini berganligi uchun ham katta iqtisodiy ahamiyatga ega. U, asosan, Afgʻoniston, Eron, Turkiya, Oʻrta Osiyo, Jan. Qozogʻiston va Zakavkazyening togʻ oldi va vohalari atroflarida tarqalgan. Sugʻorish imkonining yaratilishi bilan Lalmikor yerlar sugʻoriladigan dehqonchilik maydonlarini kengaytirishda katta rezerv hisoblanadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida suv chiqarilgach, Lalmikor yerlarning katta maydonlari sugʻorma dehqonchilik r-nlariga aylantirildi.
Oʻzbekistonda lalmi ekin maydoni 734 ming ga, shu jumladan, uning asosiy qismi (ming ga) Jizzax (220,9), Qashqadaryo (252,0), Samarqand (175,5) viloyatlarida joylashgan. Bu yerlarning 99,8 ming ga maydoni yogʻingarchilik bilan yetarli, 553,7 ming ga maydoni yarim va 89,5 ming ga maydoni kam taʼminlangan (2003). Sobirjon Azimboyev.