I asosiy qism



Yüklə 164,73 Kb.
səhifə9/10
tarix19.12.2023
ölçüsü164,73 Kb.
#185877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Otabek Xursanov9

Yaylov mintaqasi. Yaylov mintaqasi 2700-2800 m dan balandda joylashgan bo‘lib, iqlimi sovuq va nam. Bunday sharoitda och qo‘ng‘ir va o‘tloq tuproqlar hosil bo‘ladi.
Yaylov mintaqasi subalp va alp o‘tloqlaridan iborat. Ayrim, quyoshga teskari yonbag‘irlarda yil bo‘yi qor saqlanishi mumkin. Subalp o‘tloqlarda, asosan, baland bo‘yli o‘tlar, shuningdek, boshoqlilardan yovvoyi arpa, yovvoyi suli, betagalar o‘sadi.
Alp o‘tloqlarida to‘ng‘izsirt, qoqio‘t, tiрchoq, binafshalar o‘sadi. Yaylov mintaqasida yirik sutemizuvchilardan alqor, bug‘u (elik), qo‘ng‘ir ayiq, tog‘ takasi, muflon, qoplon, qor barsi, kiyiklar, kemiruvchilardan — sug‘ur yashaydi. Yaylovdagi oq tirnoqli ayiq «O‘zbekiston Qizil kitobi»ga kiritilgan.
O‘zbekistonning yuqorida qayd qilingan balandlik mintaqalaridagi suv havzalarida baliqlarning bir necha turlari yashaydi. Ularning eng muhimlari laqqabaliq, zog‘orabaliq, shohbaliq (oybaliq), marinka, cho‘rtanbaliq kabi baliqlardir. Amudaryo va Sirdaryoda yashovchi qilquyruq balig‘i noyob tur bo‘lib, «O‘zbekiston Qizil kitobi»ga kiritilgan.
Tog‘ mintaqasining 1400 m dan 2500 m gacha bo‘lgan balandliklarida archa, yong‘oq, Turkiston qayini, teraklardan tashkil topgan o‘rmonlar uchraydi.
O‘rmonlar suv oqimlarini tartibga soladi, sellarning oldini oladi, tuproqlarni yuvilib ketishdan saqlaydi, havo haroratini mo‘tadillashtiradi, havodagi zararli moddalarni yutib, kislorod chiqaradi.
Tog‘ mintaqasida hayvon turlari adirga nisbatan ko‘p. Lekin havoning salqinligi tufayli sudralib yuruvchilar kam bo‘lib, Oloy tog‘ iloni, Turkiston agamasi uchraydi.
Tog‘ mintaqasida o‘rmon sichqoni, oq sichqon, ko‘rshapalak, oq suvsar, qunduz, o‘rmon olmaxoni, qo‘ng‘ir ayiq, chiрor sirtlon, silovsin, bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, quyon, to‘ng‘iz yashaydi. Qushlardan burgut, tasqara, itolg‘a, kaklik, boltatumshuq, bulbul kabilar mavjud.


II.3.Lalami yerlardan qishloq xo’jaligida foydalanish.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kungacha lalmikor maydonlarda yog‘ingarchilik miqdori ko‘p yillik me’yordan ancha kam bo‘lib, 76 mm. ni, tuproqning namlanish chuqurligi esa g‘alladan bo‘shagan maydonlarda 25–30 sm, toza shudgorga qoldirilgan maydonlarda esa 40–45 sm. ni tashkil etmoqda. Bunday sharoitda lalmi yerlarda g‘alla va erta bahorda ekiladigan dukkakli yem-xashak va moyli ekinlar urug‘ini ekishni bemalol davom ettirish mumkin.
Lalmikor maydonlarda kuz va kech kuzda ekilgan g‘alla ekinlarining hozirgi holatini, 1 m2 dagi tup sonini, har xil zararli omillardan, ya’ni unib chiqish uchun tuproqda nam yetishmasligi oqibatida erta ekilgan dalalarda urug‘lar unuvchanligining pasayishi yoki unib chiqqandan keyin namlik yetishmasligi tufayli zararlanish darajasini o‘rganish va monitoring natijalariga qarab erta bahorda bajariladigan ishlarning kundalik muddatlarini belgilash zarur.
Lalmikor maydonlarda namgarchilik kam bo‘lgan yillarda g‘allaning 1 m2 dagi tup soni muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘p yillik tajriba natijalariga ko‘ra, o‘simlikning maqbul ko‘chat soni 1 m2 da tekislik maydonlarda 100–110 dona, qir-adirlik maydonlarda 120–130 dona, tog‘oldi maydonlarda 140–150 dona va tog‘li maydonlarda esa 160–180 donani tashkil etishi me’yoriy ko‘rsatkich hisoblanadi. Maysalar tup sonining bundan kam yoki ortiqcha bo‘lishi hosilning kamayishiga olib keladi. Lalmikor maydonlarning yog‘ingarchilik bilan ta’minlanmagan tekislik mintaqalarida maysalarning 1 m2 dagi soni 40–50 dona, yarim ta’minlangan qir-adirlik mintaqalarida 60–70 dona, tog‘oldi va tog‘li maydonlarda esa 80–90 dona bo‘lganda qo‘shimcha ekish talab etiladi. Bunda bahorgi bug‘doyning “Surxak–5688”, “Oq bug‘doy”, “Baxmal–97”, arpaning “Unumli arpa”, ”Nutans–799”, “Savruk” kabi navlarini 40–50 kg/ga hisobida asosiy ekish yo‘nalishiga ko‘ndalang qilib ekish tavsiya etiladi. Agar lalmikor maydonlarda o‘simlikning 1 m2 dagi tup soni tekislik mintaqalarda 30–40, qir-adirlik mintaqalarda 40–50, tog‘oldi va tog‘li mintaqalar esa 50–60 donani tashkil etsa, qaytadan ekish tavsiya etiladi.
Erta bahorda zudlik bilan bajarilishi lozim bo‘lgan muhim yumushlardan biri maysalarni oziqlantirish hisoblanadi. Bu yilgi ob-havo sharoitida tekislik maydonlarda kuzgi g‘allani oziqlantirish tavsiya etilmaydi. Faqat qir-adirlik mintaqalarda azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirishni ta’sir etuvchi modda hisobida 20–30, tog‘oldi va tog‘li mintaqalarda 30–45 kg/ga. ni tashkil etishi maqsadga muvofiqdir.
Joriy yilda begona o‘t, kasallik va zararkunandalarning keng tarqalishi ehtimoli mavjud. Shu sababli, begona o‘tlarga qarshi kurashishda, tuproqdagi namlikni saqlashda kuzgi g‘alla maysalarini boronalash yaxshi samara beradi. Bunda boronalar yordamida ko‘ndalangiga ishlov beriladi. Bu tadbirni oziqlantirish bilan birga ketma-ket o‘tkazish zarur. Boronalashni faqat o‘simlikning to‘liq tuplash davrida, tup soni me’yordan ortiq bo‘lgan maydonlardagina o‘tkazish mumkin.
Lalmikor maydonlarda bahorda ekilgan boshoqli don ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishning asosiy shartlaridan biri tuproqda namlikni ko‘proq to‘plash, saqlash va undan samarali foydalanishni ta’minlaydigan agrotexnologiyalarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega.
Lalmikor yerlarda bahorgi boshoqli don ekinlari ekiladigan maydonlar kuzda yoki qishning ochiq va iliq kunlarida tuproqqa 20–22 sm chuqurlikda ag‘darib haydaladi. Yog‘ingarchilik bilan ta’minlanmagan tekislik mintaqalarda boshoqli don ekinlari urug‘ini ekishning maqbul muddati fevralning oxiri-mart oyining dast­labki o‘n kunligi hisoblanadi. Bu mintaqada ekish oldidan shudgorni ikki yo‘nalishda tishli og‘ir boronalar bilan tuproq yuzasiga ishlov beriladi. Yog‘ingarchilik bilan kam ta’minlangan bu mintaqada boshoqli don ekinlari yetishtirishda organik va mineral o‘g‘itlarni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Tajriba va kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, tekislik mintaqalarida yog‘ingarchilik miqdori 280–300 mm. ni, tuproqning namlanish chuqurligi esa 1 m. ni tashkil etgan ba’zi yillarda bahorgi g‘alla ekinlarini 20–30­ kg/ga (sof ta’sir etuvchi modda hisobida) azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish mumkin. Bu mintaqada bahorgi bug‘doy va arpa urug‘ini ekish me’yori gektariga 2,5–3,0 mln donani yoki 100–110 kg/ga. ni tashkil etadi. Bu mintaqada bug‘doy va arpaning bahorgi yoki duvarak (ikki faslli) navlari ekilishi maqsadga muvofiqdir.
Yog‘ingarchilik bilan yarim ta’minlangan (340–360 mm) qir-adirlik mintaqalarida ham boshoqli don ekinlarini erta bahorda ekish uchun tekislik mintaqadagi kabi kuz va qishning ochiq kunlarida tuproq 20–22 sm chuqurlikda ag‘darib haydaladi. Ekish oldidan diskali yoki tishli og‘ir boronalar (LDG-10, BZTX-1,0) yordamida ishlov beriladi. Bu mintaqada sof holda 30–40 kg/ga hisobida fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni ekish oldidan yoki ekish bilan birga, shuncha miqdordagi azotli o‘g‘itlar bilan o‘simlikning tuplash bosqichida oziqlantirish hosildorlikni o‘rtacha 3–5 s/ga. ga oshishini ta’minlaydi.
Tog‘oldi va tog‘li lalmikor mintaqalarda barcha agrotexnika tadbirlari o‘z vaqtida sifatli qilib bajarilganda g‘alla ekinlaridan o‘rtacha 12–15 s/ga, seryog‘in kelgan yillarda esa 15–18 s/ga hosil yetishtirish imkoniyatini beradi.
Bu mintaqalarda bahorgi bug‘doyning “Baxmal–97”, “Grekum–40” nav­larini ekishning qulay muddati mart oyining 2–3-o‘n kunligi hisoblanadi. Bu muddatlarda ekishning maqbul me’yori gektariga 3–3,5 mln. dona (120–130 kg/ga) ni tashkil etadi. So‘nggi yillarda bahor oylarining seryog‘in kelishi, havo namligining yuqori bo‘lishi kuzda va bahorda ekilgan bug‘doyning zang va boshqa kasalliklar bilan kuchli darajada zararlanishi nafaqat sug‘oriladigan, balki lalmikor maydonlarda ham kuzatilmoqda. Shuning uchun lalmikor maydonlarda ham zang kasalliklariga chidamli navlarni ekish, zarur holatlarda zang kasalliklariga qarshi fungitsidlar bilan ishlov berish samarali natijani beradi. o‘alla ekinlarining qattiq va chang qorakuya kasalliklari bilan zararlanishining oldini olish uchun ekish oldidan urug‘larni tavsiya etilgan fungitsidlar bilan sifatli dorilash zarur.
XULOSA.
Xulosa qilib shini aytish kwrakki, lalmikor yerlar,— adir zonasidagi sugʻorilmay dehqonchilik qilinadigan yerlar. Lalmi dehqonchilik oʻrtacha yillik yogʻingarchilik 200 mm dan yuqori boʻlgan hududlarda tarqalgan. Tuproqda tabiiy namlikni toʻplash va uni saqlash, oʻgʻitlash, begona oʻtlarga qarshi kurash, tuproq eroziyasi oldini olish kabi tadbirlar qoʻllaniladi. Lalmikor dehqonchilik sugʻorish uchun noqulay boʻlgan yerlardan foydalanish imkonini berganligi uchun ham katta iqtisodiy ahamiyatga ega. U, asosan, Afgʻoniston, Eron, Turkiya, Oʻrta Osiyo, Jan. Qozogʻiston va Zakavkazyening togʻ oldi va vohalari atroflarida tarqalgan. Sugʻorish imkonining yaratilishi bilan Lalmikor yerlar sugʻoriladigan dehqonchilik maydonlarini kengaytirishda katta rezerv hisoblanadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida suv chiqarilgach, Lalmikor yerlarning katta maydonlari sugʻorma dehqonchilik r-nlariga aylantirildi.
Oʻzbekistonda lalmi ekin maydoni 734 ming ga, shu jumladan, uning asosiy qismi (ming ga) Jizzax (220,9), Qashqadaryo (252,0), Samarqand (175,5) viloyatlarida joylashgan. Bu yerlarning 99,8 ming ga maydoni yogʻingarchilik bilan yetarli, 553,7 ming ga maydoni yarim va 89,5 ming ga maydoni kam taʼminlangan (2003). Sobirjon Azimboyev.

Yüklə 164,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin