I asosiy qism



Yüklə 164,73 Kb.
səhifə2/10
tarix19.12.2023
ölçüsü164,73 Kb.
#185877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Otabek Xursanov9

I.ASOSIY QISM.
I.1. O‘zbеkiston rеspublikasi tuproqlarining o‘rganilish tarixi.
Tuproqshunoslikka oid tadqiqotlarining birinchi davrida (1908­1910 y) tekislik va tog‘ qiyaliklariga ajratilgan (K.D. Glinka tasnifi). Tekislik tuproqlari qatoriga bo‘z tuproqlar, kashtan va qora tuproqlar, vertikal mintaqaga tog‘ tuproqlari kiritilgan. O‘rta Osiyoning janubiy mintaqalari tuproqlariga oid materiallar yig‘ilishi natijasida bo‘z tuproqlar zonal tuproq tipi degan g‘oya ilgari surilgan. Bu g‘oya K.D. Glinkadan tashqari N.A. Dimo, S.S. Neustrev, I.P. Gerasimovlarning tasnifida ham ko‘rsatib o‘tilgan.
N.A. Dimo o‘tgan asrning 20-30-yillarida tuproq tasnifiga oid tadqiqotlar natijasiga asoslanib cho‘l tuproqlarining paydo bo‘lishini quyidagi tiplarga ajratgan: a) soxta cho‘l bo‘z tuproqlari; b) cho‘l bo‘z tuproqlari; v) cho‘l gipslashgan bo‘z tuproqlar.
O‘zbekistonning barcha iqlim mintaqalari turli balandlikka va har xil namlanish tartibiga ega. Lekin umumiy bo‘lgan belgilar ham mavjud, bular Turon provinsiyasida yog‘ingarchiliklarning mavsu- miyligi (bu gidrotermik tartibning o‘zgaruvchan bo‘lishiga olib keladi), iliq va sernam bahor hamda issiq, quruq yozning mavjud- ligidir. Arid va gumid mintaqalarining iqlim tartibining umumiyligi tuproq paydo bo‘lish jarayonlarining bir xilligini belgilaydi. Subtropik hududlarda tuproq paydo bo‘lishi sharoitlari uchun alyumosilikatlar va ferrosilikatlarning parchalanishi xarakterlidir va tuproq profilining o‘rta qismida temirlanish jarayonlarining kechishi Turon provinsiyaning turli tuproq-iqlim sharoitlariga xos belgidir.
O‘rta Osiyo tuproqlari mineral qismining o‘zgarishi haqidagi ma'lumotlar N.A. Dimo (1915) tomonidan birinchi bo‘lib ko‘rsatib o‘tilgan. N.A. Dimo tuproq pastki qatlamining zichlashishida tuproq pastki qatlamlarining nurashiga katta e'tibor qaratish lozim deb hisoblaydi. Qizilqum plato qoldiqlari, Janubiy Ustyurt va Sundukli cho‘li uchun zich qo‘ng‘ir tuproqlarning paydo bo‘lishi xos belgi hisoblanadi. Keyinchalik bu fikr I.P. Gerasimov tomonidan tasdiqlangan: zichlangan qatlamlar kelib chiqishi Ustyurt va boshqa hududlarning tuproq mineral qismining parchalanishi bilan bog‘liq. Shuningdek N.A. Dimo (1925) birinchi bo‘lib O‘rta Osiyoda keng tarqalgan qumli cho‘l tuproqlarining yangi yaralmasiga e'tibor qaratdi va ularning kelib chiqishini kuchli ishqoriylik sharoitdan SiO2 ni harakatchan holatga o‘tishida deb hisoblagan.
Nurash va boshqa tuproq paydo bo‘lish jarayonida gidrotermik tartibining ikki xil bo‘lishi minerallarning migratsiyasi ro‘y beradi. Kuz, qish va bahorda namgarchiliklar oqibatida tuproqning ustki qatlamidan moddalar yuviladi. Bu davrda singdirish kompleksi va tuproq eritmalarida o‘zaro turli almashinish reaksiyalari kechadi.
Yozda yuqori haroratli va minimal namlik sharoitida, tuproq paydo bo‘lishi boshqacha kechadi. Mezotermik fazaning ksero- termik sharoit bilan almashinuvi natijasida ko‘tariluvchi harakat yuzaga keladi.
Karbonatli va karbonatsiz jinslarda nurash va tuproq paydo bo‘lish jarayonlari turlicha kechadi. Karbonatli tuproqlarda dastlabki bosqichda kimyoviy nurash va tuproq paydo bo‘lishi eng avvalo karbonatlarning yuvilishi va ishqorlarning kamayishi kuzatiladi, bunda temir va alyuminiy oksidlarining miqdori nisbatan ortadi.
Yuqorida keltirilgan gidrotermik tartib va tuproq paydo bo‘lish yo‘nalishlarining bir xil tamoyilda ekanligi O‘zbekistonning tog‘ mintaqasi avtomorf sharoiti uchun to‘rtta tuproq tipi ajratildi: bo‘z tuproqlar, jigarrang, tog‘ qo‘ng‘ir tusli tuproqlar, o‘rmon tog‘ sur tusli tuproq.
Yuqoridagi tadqiqotlar hozirgi O‘zbekiston tuproqlarining tasnifiga to‘liq mos tushmasa-da, lekin tuproqlarning tasnifidagi keyingi tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.
Tuproqlar tasnifi bo‘yicha materiallarning to‘planishi cho‘l zonasini tog‘ oldi va tog‘ tuproqlaridan ajratish imkoniyatini berdi (Pochvi Uzbekistana, I tom, 1949), bu esa nazariy va amaliy ahamiyatga ega
O‘zbekiston Respublikasi tuproqlarining o‘rganilish tarixi haqida so‘z borar ekan, hozirgi davrgacha olib borgan va olib borayotgan mahalliy olimlarning ishlari haqida fikr yuritilishi o‘rinli deb hisoblaymiz.
M. Bahodirov (1903-1977) o‘z izlanishlari va samarali meh- natlari bilan, o‘zbek tuproqshunosligi fanining paydo bo‘lishi va unga asos solinishiga salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘ olim hisoblanadi. Ustoz olimlardan birinchi bo‘lib tuproqshunoslik soha- sida o‘zbek tilida darslik yaratgan hamda 15 ga yaqin monografik asarlar muallifidir.Tuproqshunosligimiz otaxonining yaratgan o‘zbek tilida ilmiy va amaliy tuproqshunoslik, katta ahamiyatga ega bo‘lgan bir necha tuproqshunoslik lug‘atlari, asarlar va ilmiy izlanishlar samarasi hozirgi kunda ham bizga yordam bermoqda.
M.U. Umarovning (1914-1981) ilmiy faoliyati respublikada keng tarqalgan har xil madaniy holdagi (qo‘riq, bo‘z va sug‘ori- ladigan) asosiy tuproq tiplarining suv, fizik va fizik-mexanik xossalarini to‘liq o‘rganishga, ularni yaxshilash hamda unum- dorligini oshirish asoslarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. U 1955- yildan 1975-yilgacha Tuproqshunoslik va agrokimyo institutida direktorlik qilgan.
Olimning asarlarida respublikadagi asosiy sug‘oriladigan tuproq tiplari va mexanik tarkibiga ko‘ra har xil tuproqlarda haydalma qatlamning zichligi bo‘yicha g‘o‘za ekini uchun mo‘'tadil zichlik chegaralarini aniqlash, uni sug‘oriladigan sahro mintaqasi tuproqlari sharoitida tatbiq qilish, paxta hosildorligini oshirishning aniq ilmiy va amaliy asoslari bayon etilgan.
N.V.Kimberg tom ma'noda O‘zbekiston tuproqlari genezisi, evolutsiyasi, geografiyasi va kartografiyasi yo‘nalishi asoschisi hisoblanadi. U 1957-yilda Amudaryo quyi oqimi Xorazm vohasi tuproqlarini chuqur tahlil qilib, bu tuproqlarni hosil bo‘lishi haqida V.A.Kovda nazariyasiga qo‘shimcha qilib, sahro mintasida hosil bo‘lgan o‘tloqi allyuvial tuproqlar o‘zida mintaqaviy xususiyatlarni saqlab qolishini ko‘rsatdi.
M.A.Pankovning serqirrali ilmiy faoliyatida faqatgina tuproqlar geografiyasi, genezisi va kartografiyasi masalalari tahlil qilinmas- dan, balki tuproqlarning sho‘rlanishi, uning sabablari, genezisi, profilda tarqalish qonuniyatlari va nihoyat sho‘r tuproqlarni yuvish masalalari atroflicha o‘rganildi va tahlil qilindi. M.A.Pankov 1946- yildayoq oldin Mirzacho‘l dashti, keyinchalik Markaziy Farg‘ona va O‘rta Osiyoning boshqa hududlari misolida yosh tektonik siljish- larni tuproq profilida tuzli birikmalarni qayta taqsimlashdagi katta o‘rnini ko‘rsatib berdi.
A.Z.Genusov serqirrali tadqiqotchi hisoblanib, o‘zining ilmiy izlanishlarida tuproq unumdorligi monitoringini tashkil qilishda, tuproqlar bonitirovkasi masalalariga, sug‘orish va dehqonchilik ta'sirida tuproqlarda bo‘layotgan tub o‘zgarishlar, tuproqlar diagnostikasi va tasnifini takomillashtirishdek muammolarini yechi- mida o‘z hissasini qo‘shgan olim hisoblanadi.
N.N. Felitsiatning Amudaryo quyi oqimi tuproqlarining tadrijiy rivojlanishi, allyuvial o‘tloqi tuproqlar agrofizikasi, Buxoro va Navoiy vohalari tuproqlari tog‘risidagi ilmiy ishlari, Mirzacho‘l tuproqlarining meliorativ holatini aks ettiruvchi ilmiy asarlarni alohida ta'kidlash lozim.
Tuproqshunoslik fani sohasidagi birinchi o‘zbek millatiga mansub fan doktori, professor A.M. Rasulovdir. Uning ilmiy faoliyati Markaziy Farg‘ona va Qarshi cho‘li tuproqlarini batafsil o‘rganishga, shuningdek, O‘rta Osiyo, Janubiy Qozog‘iston va Ozarbayjon respublikalaridagi paxtachilik uchun mo‘ljallangan tuproqlarning unumdorligini oshirishga qaratilgan.
Olimning butun ilmiy asarlari tizimida-tuproqlarning shakl- lanishida, rivojlanishida shu joyning litologik-geomorfologik tuzilishi muhim rol o‘ynashini isbotlab berdi.
V.B. Gussakning paxtachilikni rivojlantirishda sug‘oriladigan tuproqlarning unumdorligini, eroziyaga chidamliligini oshirish, tuproq donadorligini yaxshilash maqsadida dunyo va mamlaka- timizda ishlab chiqarilgan bir qancha kimyoviy va gumin mod- dalaridan foydalanish sohasidagi juda katta ko‘lamdagi ilmiy tadqiqot ishlari O‘zbekiston tuproqshunoslik faniga qo‘shgan hissasidir.
L.T. Tursunov o‘z ilmiy asarlarida O‘zbekiston voha tuproq- larining asosiy fizikaviy, suv-fizikaviy, fizik-mexanikaviy xossalarini, bu xossalarning sho‘rlanish jarayoniga ta'siri, insonning dehqonchilik faoliyati natijasida tuproqlarning morfologik tuzilishi- ning o‘zgarishi, bu tuproqlarning granulometrik, mineralogik tarkiblarining o‘zgarishi, voha tuproqlarining hozirgi davrdagi chirindili, fizikaviy va meliorativ holatlari va ularni yaxshilash tadbirlari, dehqonchilik qilinadigan tuproqlarning shu kungi ekologik holati muammolari o‘z aksini topgan.
L. Tursunov respublikamiz tuproqlarining kelib chiqishi, tarqalishi, ularni muhofaza qilish, unumdorligini oshirish kabi masalalar ustida ishladi.
Professor H.M. Maxsudov suv eroziyasiga uchragan tuproqlar xossa va xususiyatlari o‘zgarish mexanizmini ishlab chiqdi. Bu jarayonning kechishi tabiiy va antropogen omillar bilan o‘zaro bog‘liqlik darajasini belgilab berdi. Qo‘riq, lalmi va sug‘oriladigan maydonlarda tuproq hosil bo‘lishining yangi nazariy asoslarini ishlab chiqdi.
Akademik M.V. Muhamadjonov sug‘oriladigan tuproqlar uchun xos haydalma osti zich qatlamning kelib chiqishi, uning fizik va suv fizik xossalarini o‘rganish, bu qatlamning g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlariga salbiy ta'siri, uni bartaraf qilish tadbirlari bilan shug‘ullangan.
L.A.G‘afurova birinchi navbatda unumdorlik - u yoki bu tuproqlar tuproqlar genezisi bilan, dastavval uni vujudga keltirgan ona jinsi bilan bog‘liqligini bashorat qila oldi. Jumladan, olima sug‘oriladigan yer maydonlarini kengaytirish uchun istiqbolda jalb qilinishi rejalashtirilgan uchlamchi qizg‘ish tusli yotqiziqlarda rivojlangan tuproqlar, ularni o‘zlashtirish jarayonida bir qancha muammolar keltirib chiqarishi mumkinligini e'tiborga olib, bu tuproqlar genezisi, evolutsiyasi, morfologiyasi va barcha xossalarini keng dastur asosida amalga oshirdi.
J.R. Ismatov O‘zbekiston hududidagi tuproqlarning mineralogik tarkibi va fizik-kimyoviy hamda kolloid xossalari bilan shug‘ul- langan birinchi mahalliy fan doktori va professoridir.
Professor O.K. Komilov tomonidan sho‘rlangan yerlarning mo‘tadil meliorativ tartiblarini yaxlit, bir butun konsepsiyasini ishlab chiqarish va uni tadqiqotlar uchun ilgari surilishi ham nazariy, ham amaliy tomondan ahamiyatga egadir.
R.Q. Qo‘ziev O‘zbekistonning turli mintaqalarida - Ustyurt, Markaziy Qizilqum, Amudaryo quyi oqimi, Zarafshon vodiysi, Mirzacho‘l, Jizzax, Qarshi, Sherobod cho‘llari, shuningdek Suriya Arab Respublikasida tuproq-tadqiqot ishlari olib bordi, tuproq- shunoslik fanining nazariy va amaliy muammolari yechimini yangi 46
ma'lumotlar bilan boyitdi. Jumladan, sahro mintaqasi tuproqlarini batafsil o‘rganib, ularning rivojlanishi va tarqalishi qonuniyatlarini ochib bergan. Shu mintaqa tuproqlarining diagnostik belgilarini o‘rganib, mavjud tuproqlar sisitematikasi va klassifikatsiyasiga o‘zgartirishlar kiritgan, Markaziy Qizilqum hududlaridagi qoldiq yassi tog‘larda vertikal zonallik mavjud bo‘lmasligi sabablarini ko‘rsatib bergan.
R.Qo‘ziev tadqiqotlari orasida markaziy o‘rinlardan biri bu tuproqlar geografiyasi va tuproq-geografik rayonlashtirishning, genetik tuproqshunoslik an'analariga mos ravishda, uslub va tamoyillarni rivojlantirish yo‘nalishidir. Ko‘p yillik dala-tuproq tadqiqotlari natijasida yig‘ilgan ma'lumotlar va tahlillar asosida turli regionlarning tuproq, tuproq baholash kartalari tuzildi.
I.Turopov O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib vertikal mintaqa tuproqlarining issiqlik balansi, issiqlik va suv rejimlarini o‘rgandi. Bu sohadagi ilmiy ishlar unga O‘zbekistonda agrofizika fanida yangi yo‘nalish - tuproq iqlimshunosligi va bu sohada maktab yaratish imkonini berdi.
O‘tgan davrlar ichida O‘zbekiston vertikal va cho‘l mintaqalari tuproqlarining issiqlik va suv rejimlari suv va fizik, issiqlik-fizik xossalari bo‘yicha olib borilgan izlanishlar nihoyasiga yetkazilib, nazariy va amaliy ahamiyatga moyil bo‘lgan ma'lumotlar to‘plandi. Olingan natijalar asosida vertikal mintaqa tuproqlar klassifikatsi- yasi, ularning issiqlik rejimni belgilaydigan miqdoriy parametrlar bilan to‘ldirildi va unga tegishli o‘zgartishlar kiritildi
H.H. Tursunovning ilmiy ishlari tuproqning umumiy fizikaviy xususiyatlari, shuning bilan birga mikromorfologiyasi va mineralogiyasi, soz jinslarning sug‘orish natijasida fizik-kimyoviy xossalarining o‘zgarishini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda tuproqshunoslikning turli
sohalarida ilmiy-tadqiot ishlari olib borilmoqda. Xususan, tuproq fizikasi yo‘nalishi bo‘yicha I.T. Turopov, R. Qurvontoyev, tuproq eroziyasi yo‘nalishida Q.M. Mirzajonov, A.A. Xonazarov, M.B. Hamroyev, N.Sh. Nurmatov, A.N. Nig‘matov, tuproq melio- ratsiyasi yo‘nalishi bo‘yicha S.A. Abdullayev, O. Ramozonov, S.O. Azimboyev, X.Q. Nomozov, tuproq geografiyasi va genezisi yo‘nalishi bo‘yicha R.Q. Qo‘ziyev, L.A. G‘ofurova, V.Ye. Sektimen- 47
ko tuproq unumdorligini baholash yo‘nalishi bo‘yicha V.N. Li,
U. O‘rozboyev, Sh.M. Turdimetov va boshqalar ilmiy ishlar olib bormoqdalar.
Respublikamizda tuproqshunoslar va agrokimyogarlar jamiyati tashkil etilgan. Ushbu jamiyatning qurultoyida O‘zbekistonda tuproqshunoslik fanining rivojlanishi, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan ma'ruzalar tinglanadi va muhokama qilinadi.

Yüklə 164,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin