I asosiy qism


II.LALMI TUPROQLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR



Yüklə 164,73 Kb.
səhifə4/10
tarix19.12.2023
ölçüsü164,73 Kb.
#185877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Otabek Xursanov9

II.LALMI TUPROQLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR.
II.1.Lalmikor yerlarning iqlimi, relyefi va tarqalishi.
Tog‘li o‘lkalarda, shu jumladan mamlakatimizdagi tog‘ jigarrang tuproqlari tarqalgan hududlarda, iqlimning o‘zgarishi eng avvalo tog4 tizmalarining mutloq balandligi bilan bevosita 152
bog‘liqdir. Shu sababli tog‘li o‘lkalarda atmosferadan tushadigan yog‘in-sochinlarning-yillik miqdori 158 mm dan to 1200 mm gacha o‘zgarib turadi. Bu esa o‘z navbatida tog‘li hududlarning tuproq va o‘simliklaridan qishloq xo‘jaligining turli sohalarida foydalanish mumkinligini ko‘rsatadigan asosiy mezonlardan hisoblanadi. Ma'lumki, yer yuzasida yog‘in-sochinlar miqdori vodiylardan tog‘ tizmilarining cho‘qqilariga qadar ko‘payib borishi bilan bir qatorda, havo harorati pasayadi, radiatsiya rejimi ortadi va faol haroratlar miqdori kamayadi. Masalan, tog‘ oldi hududlarida-yillik o‘rtacha harorat 9-14, o‘rtacha balandlikdagi tog‘larda 8 -10 daraja iliq bo‘lsa, baland tog‘larda bu ko‘rsatkich -1,5 -7 daraja sovuqni tashkil qiladi.
Shu bilan bir qatorda, tog‘ yonbag‘irlarida 10°C dan yuqori faol haroratlarning yillik miqdori ham o‘zgarib boradi. Tog‘ oldi hududlarda bu ko‘rsatkich - 4500-5000°C ni, o‘rtacha baland tog‘li hududlarda 3500-4000°C ni va baland tog‘larda - 1500-3000°C ni tashkil etadi. Undan tashqari tog‘larda quyosh nurining miqdori ham pastdan yuqoriga qarab o‘zgarib boradi. Tog‘ oldi hududlarda bu ko‘rsatkich 2200, o‘rtacha balandlikdagi tog‘larda 2400 va baland tog‘larda 3000 daraja/soatga yetadi. Shunday qilib, tog‘ iqlimi-yil davomida haroratining pastligi, yog‘inlar miqdorining ko‘pligi, havo nisbiy namligi va quyosh radiatsiyasining yuqori bo‘lishi bilan boshqa hududlardan farq qiladi. Aniq ma'lumotlarga qaraganda, tog‘larda har 100 m balandlikka ko‘tarilganda, havoning o‘rtacha harorati 0,5 darajaga pasayadi. O‘rtacha-yillik yog‘in miqdori tog‘ yonbag‘irlarida 800-1200-1500 mm va undan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Demak, tog‘li hududlarning iqlimi tekisliklarga nisbatan kecha va kunduz hamda mavsumiy rejimda keskin o‘zgaruvchanligi bilan farqlanadi. Tog‘li mintaqalarning qishi uzoq bo‘lib, qor ko‘p yog‘adi yozi qisqa, issiq va namli keladi.

Yüklə 164,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin