Bundan
tashqari malaka muayyan mehnat faoliyatini bajarish uchun lozim bo’lgan nazariy va amaliy umumta’lim va kasbiy bilim hamda ko’nikmalar majmuasining mavjudligi asosida ham shakllanadi.
Malaka-ongli hatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi hamdir. Malaka bir hatti-harakatning o’zini bir xil sharoitlarning o’zida ko’p marta takrorlash natijasida hosil qilinadi.
Malaka qanchalik puxta bo’lsa, odam ishni shunchalik tez va to’g’ri bajaradi. Ko’nikma va malakalarning umumiy hamda farq qiluvchi tomonlari bor. Umumiyligi shundaki, ko’nikma va malakalar ta’lim oluvchilarning olgan bilimlari asosida faoliyat usullarini tashkil etadi.
Farqi shundaki, ta’lim oluvchilarning faoliyati har xil xarakterda bo’ladi.
Kasbiy nuqtai nazardan malaka bu xodimning kasbiy tayyorgarligi darajasi, undagi ma’lum ishni bajarish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning mavjudligi. U xodimning malakasini belgilovchi ko’rsatkich bo’lib, kategoriya yoki diplomning mavjudligi bilan belgilanadi.
O’qitish - o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda ularning bilish
faoliyati natijasida bu bilim, ko’nikma va malakalarni egallab olishga doir maxsus tashkil etilgan va biror maqsadga qaratilgan faoliyatdir.
Dostları ilə paylaş: