Maqsadga erishish belgilangan reja asosida olib boriladi va shu asosda maqsad sari harakatlar boshlanadi. Bundan harakat jarayoni monitoringimuhim rol o’ynaydi, chunki bu harakatning borishi muntazam nazorat ostida boradi hamda kerakli rostlash ishlari olib boriladi.
Maqsadga erishildideyiladi, agarda ta’lim oluvchining bilim darajasi o’qituvchining o’rganilayotgan fanga taalluqli Davlat ta’lim standartlari asosida ifodalangan talabi darajasiga etib borsa.
Mazmun(o’qitish, ta’lim) - o’quvchilar o’qitish jaarayonida egallashi lozim bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma, malakalar, faoliyat va fikrlash usullari tizimi. Mazmun-ilmiy bilimlar yig’indisi bo’lib, amalda qo’llash uchun beriladigan ko’nikma va malakalar jarayonida u ta’lim oluvchilarning fikrlash, o’ylash, mulohaza yuritishi orqali amalga oshiriladi.
Tashkil etish- qo’yilgan maqsadni yaxshi amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo’yicha tartiblangan didaktik jarayon.
Shakl - o’quv jarayonining mavjudlik usuli, uning ichki mohiyati, mantiqi, mazmuni uchun qobiq.
Metod- o’qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo’li.
Metod(yunoncha-aynan nimagadir yo’l) maqsadga erishish yo’lini bildiradi. Muayyan ma’noda tartibga solinadigan faoliyat.
Keng ma’noda qo’llaniladigan “metod” terminini kishilarning o’z oldiga
qo’ygan maqsadlariga erishish, ma’lum ob’ektni o’zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlari usullarini anglatadi.
Ta’lim jarayonidagi ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatning turlicha bo’lishi yangidan-yangi usullarni metodlarni keltirib chiqaradi.
Metod tanlashda albatta ayrim o’quv predmetlarini o’ziga xos xususiyatlariga amal qilinmog’i lozim. Shu bilan birga ta’lim jarayonida ko’pchilik o’quv predmetlarini o’qitishda qo’llanilishi mumkin bo’lgan umumiy o’qitish metodlari bilan birga ayrim o’quv predmetlarini o’qitishda qo’llanilgan o’ziga xos xususiy metodlar va metodik yondashuvlar ham bor. Ayrim predmetlarni o’qitishda qo’llaniladigan xususiy metodlar umumiy o’qitish metodlari bilan mustahkam bog’liqdir.