Ta’lim monitoringi ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasini nazorat qilish uchun ma’lumotlar yig’ish texnologiyasi, ta’lim natijalari darajasini taqqoslash uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlar majmuasini tayyorlashdni amalga oshirishga imkon yaratadi.
Ta’lim monitoringi pedagogik tizim faoliyatidan olingan daliliy xulosaviy natijalarni uning maqsadiga nechog’lik mosligini ko’rsatuvchi, tezkor aloqani ta’minlovchi mustaqil boshqaruvchi vazifalarini amalga oshirishning didaktik asosi hamdir.
Ta’lim monitoringi tadqiqot natijalarini muntazam ilmiy asoslangan holda kuzatish (dinamik jarayonni kuzatish uchun) hamda ularni berilgan etolon bilan qiyoslash jarayonida muntazam ravishda rivojlanib boradi.
Ta’lim sifati-bu ta’lim jarayonining turli qatnashchilarini o’quv muassasasi tomonidan ko’rsatilgan ta’lim xizmatlaridan qoniqish darajasi, yoki ta’limda qo’yilgan maqsad va vazifalarga erishganlik darajasi.
Sifat kategoriyasi insonning ob’ektiv reallikni bilishdagi ma’lum bosqichini ifodalaydi. Bilish jarayonining dastlabki bosqichida ob’ekt sub’ekt oldida o’zining ayrim yoki bir necha xossasi bilan namoyon bo’ladi. Bevosita hissiy idrokda sifat ko’plab xossalarning majmui tarzida ko’rinish beradi.
Talab etilgan darajadagi ta’lim sifatiga ma’lum ijtimoiy-pedagogik tizim orqali erishish mumkin. Bu tizim quyidagi qism tizimlardan tashkil topadi: DTS; bo’lajak mutaxassislarning me’yoriy modeli; ta’lim sifatini baholash mezonlari va ko’rsatkichlari hamda monitoringi.
Dostları ilə paylaş: