Didaktika ijtimoiy tajribani yoshlarga o`rgatish muammolarini tadqiq qiluvchi pedagogik fandir. Ijtimoiy tajriba mazmunan boy tajriba bo`lib, u tabiat, jamiyat va inson tafakkuri haqidagi bilimlarni ham, hozirgi zamon ishlab chiqarishining umumiy asoslari to`g`risidagi qarashlarni ham, moddiy va ma`naviy olamga oid tasavvurlarni ham o`ziga qamrab oladi. Uni yoshlarga o`rgatish avlodlar o`rtasidagi vorisiylikni ta`minlaydi.
egallash jarayoni didaktikaning tadqiqot predmetidir, degan xulosaga olib kelmasligi kerak.
Yuqoridagi ta`rifda didaktikaning tadqiqot predmeti ikki narsa- ma`lumot mazmuni va ta`lim sifatida belgilanadi.
Har qanday fan, jumladan, didaktika ham, yagona tadqiqot predmetiga ega. Keltirilgan ta`rifda didaktika o`rganadigan soha-tadqiqot obekti bilan didaktikaning munozara bahsi tadqiqot predmetini chegaralamaslik natijasida chalkashlikka yo`l qo`yilgan.
“Didaktika” termini ma`nosidan
kelib chiqib, didaktikaning tadqiqot predmetini aniqlash moyilligi ham bor. T.A.Il’ina “Didaktika”-grekcha “didaktikos” so`zidan olingan bo`lib, “o`qitish” ma`nosini anglatadi degan fikrni keltiradi-da, “didaktikaning predmeti
- ta`lim jarayoni va uning qonuniyatlaridir”, -deb yozadi.
To`g`ri, qadimgi greklar o`qitish faoliyatiga nisbatan “didasko”, o`qituvchi o`rnida “didaskal”, o`quvchiga nisbatan “didaskales” atamalarini ishlatishgan. Ammo, “Didaktika” termini o`zining dastlabki ma`nosidan ancha uzoqlashgan. Hozirgi bu tushunchaning hajmi va mazmuni ancha boyigan va kengaygan bo`lib, u faqat o`qituvchining
faoliyatigina emas, Shu bilan birga o`quvchining faoliyatini ham o`ziga qamrab oladi. Bu tushunchaning mazmun va hajm jihatidan boyiganligini hisobga oladigan bo`lsak, u paytda didaktikaning munozara bahsi noaniq qayd etilganini aytib o`tishga to`g`ri keladi.
Taniqli Polyak didakti Ch.Kupisevich “O`qitish” va “o`qish” atamalarining daxldorligiga asoslanib didaktikaning tadqiqot predmetini belgilaydi. Uning yozishicha, didaktikaning tadqiqot predmeti o`qitish va o`qish jarayonlari bilan birga ularni (o`qitish va o`qish jarayonlarini) yuzaga keltirish faktorlari shart-sharoitlari va bu jarayon olib keladigan natijalardir. Ch.Kupisevich didaktikaning tadqiqot predmetini juda keng tasvirlagan. Didaktikaning tadqiqot predmeti sifatida ajratilgan didaktik hodisa genetik jihatdan birlamchi, yagona universal va umumiy xarakterda bo`lishini ham unutmaslik kerak.
Ayrim mutaxassislar didaktikaning tadqiqot predmetini “ta`lim” tushunchasiga asoslanib aniqlashadi. V.V.Kraevskiy ta`limning ma`lumotga yo`nalgan
faoliyat ekanligi, ilmiy asoslangan loyihaga (masalan, o`quv dasturi asosida) ko`ra amalga oshirilishi, o`ziga xos mazmun va jarayoniy xususiyatlarga egaligi, kollektiv sub`ektlar
tomonidan bajarilishi kabi qator har
akterli alomatlariga asoslanib, “didaktikaning tadqiqot predmeti o`qitish va o`qishning birligi, ularning o`zaro ta`siridagi aloqadorlikdir”, - deb qayd etadi.
Fikrimizcha, didaktikaning tadqiqot predmetini aniqlashga V.V.Kraevskiy to`g`ri yondashgan. Lekin bu erda bir qator savollar tug`iladi: didaktikaning tadqiqot predmetini o`qitish va o`qishning birligimi? O`qitish va o`qishning o`zaro ta`sirdagi aloqadorligimi? bu savolarga e`tibor beradigan bo`lsak, V.V.Kraevskiy bergan didaktik aniqlikda qaytariq–tavtologiya borligini ta`kidlashga to`g`ri keladi.
Dostları ilə paylaş: