Didaktika-ta`lim nazariyasi sifatida



Yüklə 444,83 Kb.
səhifə3/15
tarix27.12.2023
ölçüsü444,83 Kb.
#199141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
didaktika ta\'lim nazariyasi sifatida. ta\'lim paradigmalari

Xususiy metodika alohida predmetlarni o’qitishda ta’limning turli shakl va vositalarini qo’llanishining o’ziga xosliklarini aniq hisobga olishda didaktikaga yordam beradi.


  1. Didaktikaning ob`ekti, predmeti va funksiyalari.


Tayanch iboralar: tajribani o`rgatish muammolari, didaktikaning tadqiqot predmeti, o`qitish” va “o`qish.

Didaktika ijtimoiy tajribani yoshlarga o`rgatish muammolarini tadqiq qiluvchi pedagogik fandir. Ijtimoiy tajriba mazmunan boy tajriba bo`lib, u tabiat, jamiyat va inson tafakkuri haqidagi bilimlarni ham, hozirgi zamon ishlab chiqarishining umumiy asoslari to`g`risidagi qarashlarni ham, moddiy va ma`naviy olamga oid tasavvurlarni ham o`ziga qamrab oladi. Uni yoshlarga o`rgatish avlodlar o`rtasidagi vorisiylikni ta`minlaydi.


Xo`p, Shunday ekan, didaktikaning tadqiqot predmeti - munozara bahsi nima?
Manbalarda didaktikaning munozara bahsi turlicha talqin qilinadi. Sh.I.Ganelin, B.P.Yesipov “ta`lim” va “ma`lumot” tushunchalari o`rtasidagi munosabatga asoslanib, didaktikaning tadqiqot predmetini bayon qilishgan: ularning fikricha, ta`limning ma`lumotga munosabati vositaning maqsadga munosabati shaklida amal qiladi: har qanday yaxlit didaktik nazariya ta`lim va ma`lumot nazariyasidir. “Didaktikaning tadqiqot predmeti - deb qayd etishgan edi bu olimlar, har doim yosh avlodning ma`lumoti mazmuni va shu mazmunni egallash jarayonini tashkil etishdir”.
Haqiqatdan ham, didaktika yoshlarni ma`lumotli fuqarolar qilib yetishtirish, ularning bilim va malakalarni egallash jarayonini tashkil etish masalalari bilan shug`ullanadi. Ammo, bu ma`lumot va uni

egallash jarayoni didaktikaning tadqiqot predmetidir, degan xulosaga olib kelmasligi kerak.
Yuqoridagi ta`rifda didaktikaning tadqiqot predmeti ikki narsa- ma`lumot mazmuni va ta`lim sifatida belgilanadi. Har qanday fan, jumladan, didaktika ham, yagona tadqiqot predmetiga ega. Keltirilgan ta`rifda didaktika o`rganadigan soha-tadqiqot obekti bilan didaktikaning munozara bahsi tadqiqot predmetini chegaralamaslik natijasida chalkashlikka yo`l qo`yilgan.
“Didaktika” termini ma`nosidan kelib chiqib, didaktikaning tadqiqot predmetini aniqlash moyilligi ham bor. T.A.Il’ina “Didaktika”-grekcha “didaktikos” so`zidan olingan bo`lib, “o`qitish” ma`nosini anglatadi degan fikrni keltiradi-da, “didaktikaning predmeti
- ta`lim jarayoni va uning qonuniyatlaridir”, -deb yozadi.
To`g`ri, qadimgi greklar o`qitish faoliyatiga nisbatan “didasko”, o`qituvchi o`rnida “didaskal”, o`quvchiga nisbatan “didaskales” atamalarini ishlatishgan. Ammo, “Didaktika” termini o`zining dastlabki ma`nosidan ancha uzoqlashgan. Hozirgi bu tushunchaning hajmi va mazmuni ancha boyigan va kengaygan bo`lib, u faqat o`qituvchining faoliyatigina emas, Shu bilan birga o`quvchining faoliyatini ham o`ziga qamrab oladi. Bu tushunchaning mazmun va hajm jihatidan boyiganligini hisobga oladigan bo`lsak, u paytda didaktikaning munozara bahsi noaniq qayd etilganini aytib o`tishga to`g`ri keladi.
Taniqli Polyak didakti Ch.Kupisevich “O`qitish” va “o`qish” atamalarining daxldorligiga asoslanib didaktikaning tadqiqot predmetini belgilaydi. Uning yozishicha, didaktikaning tadqiqot predmeti o`qitish va o`qish jarayonlari bilan birga ularni (o`qitish va o`qish jarayonlarini) yuzaga keltirish faktorlari shart-sharoitlari va bu jarayon olib keladigan natijalardir. Ch.Kupisevich didaktikaning tadqiqot predmetini juda keng tasvirlagan. Didaktikaning tadqiqot predmeti sifatida ajratilgan didaktik hodisa genetik jihatdan birlamchi, yagona universal va umumiy xarakterda bo`lishini ham unutmaslik kerak.
Ayrim mutaxassislar didaktikaning tadqiqot predmetini “ta`lim” tushunchasiga asoslanib aniqlashadi. V.V.Kraevskiy ta`limning ma`lumotga yo`nalgan faoliyat ekanligi, ilmiy asoslangan loyihaga (masalan, o`quv dasturi asosida) ko`ra amalga oshirilishi, o`ziga xos mazmun va jarayoniy xususiyatlarga egaligi, kollektiv sub`ektlar

tomonidan bajarilishi kabi qator har akterli alomatlariga asoslanib, “didaktikaning tadqiqot predmeti o`qitish va o`qishning birligi, ularning o`zaro ta`siridagi aloqadorlikdir”, - deb qayd etadi.
Fikrimizcha, didaktikaning tadqiqot predmetini aniqlashga V.V.Kraevskiy to`g`ri yondashgan. Lekin bu erda bir qator savollar tug`iladi: didaktikaning tadqiqot predmetini o`qitish va o`qishning birligimi? O`qitish va o`qishning o`zaro ta`sirdagi aloqadorligimi? bu savolarga e`tibor beradigan bo`lsak, V.V.Kraevskiy bergan didaktik aniqlikda qaytariq–tavtologiya borligini ta`kidlashga to`g`ri keladi.



  1. Yüklə 444,83 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin