yo’sinda tashkil etiladigan ta’limning samaradorligini belgilaydi. Shuning uchun ta’lim tamoyillari ta’lim berishning ma’lum ob’ektiv qonuniyatlarini o’zida aks ettiradi.
Didaktik tamoyillar- bu ta’lim
jarayoni qonuniyatlari, mazmuni va metodlarini belgilab beruvchi o’qitish tamoyillaridir. Shuning uchun ham o’qituvchining pedagogik mahorati va ta’lim oluvchining o’rganuvchanlik faoliyatini bir qolipga solib, belgilangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan qoidalar majmuasi ta’lim jarayonida qo’llaniladigan didaktik tamoyillar mohiyatini tashkil etadi.
Didaktik tamoyillar nazariy va amaliy ta’limida maqsad, mazmun,
metodlar, tashkil etish shakllari, o’qitish
vositalari va usullari; mehnat va tarbiyaviy faoliyat; ta’limning turli bosqichlari hamda pedagogik
va mehnat jarayonlari; ta’lim oluvchilarning jamoaviy rivojlanishi va har birining alohida rivojlanishi o’rtasidagi aloqadorliklarni aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: