Ko’nikmalar muntazam mashq qilish (takrorlash) orqali zarur darajada saqlanadi. Ana shu sababli uning ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati beqiyos. Ma’lum vaqt takrorlanmaslik ko’nikma darajasining pasayishiga olib keladi. U katta hajmdagi mashqlar bajarish va malaka oshirish orqali tiklanadi.
Ko’nikma-insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat, yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati.
Ko’nikma-bu Shunday aqliy va jismoniy harakatlar, usullar va yo’l-yo’riqlardan iborat bo’lib, ular yordamida rejalashtirilgan maqsadga erisxiladi, yoki muayyan bir faoliyat amalga oshiriladi.
Ba’zan ko’nikmalar shaxsga malaka hosil qiladi va uning malakali ishlashiga yordam beradi, ba’zilari, aksincha, shaxsdagi malakalik sifatiga salbiy ta’sir etadi va uni o’zgartiradi. Bunday hol malaka va ko’nikmalarning o’zaro ta’siri deb yuritiladi.
Har qanday malaka ko’nikma bo’la oladi, lekin har qanday ko’nikma malaka bo’la olmaydi. Ko’nikmalar avtomatlashgan mohiyat kasb etsagina, malaka bo’ladi. Masalan, tinglovchining turli harakatlarini shakllarni yozish jarayoni avtomatlashgan bo’lgani uchun ko’nikilgan harakat bo’lib qolgan. Shuning uchun tinglovchi harflarni chiroyli va soz yoza oladi. Bu harakat tinglovchining
malakalashgan ko’nikmalaridir. Juda ko’p marta takrorlash tufayli tinglovchilarning harflar shakllarini yozishlar bilan bog’liq harakatlari avtomatlashadi.
Dostları ilə paylaş: