Didaktika ta’lim nazariyasi. Ta’lim tamoyillari va prinsiplari



Yüklə 7,84 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü7,84 Kb.
#205354
didaktika talim nazariyasi. talim ta

Didaktika ta’lim nazariyasi. Ta’lim tamoyillari va prinsiplari.

Didaktika pedagogikaning bir qismi bo’lib unda ta’lim nazariyasi bayon etiladi.

  • Didaktika grekcha so’z bo’lib “didayko” – o’qitish, “didaskol ” – o’rgatuvchi degan ma’noni anglatadi.
  • didaktikaning predmeti ta’lim – tarbiya muassasi sharoitida o’qituvchining rahbarligi ostida gi o’quv jarayondir.
  • Didaktikada ana shu jarayonning qonuniyatalri tadqiq etiladi, har xil tipdagi ta’lim tarbiya muassasalarida beriladigan ta’lim mazmunini turlari ishlab chiqiladi.

XX asrdan boshlab didaktika zamonaviy soha sifatida shakllana boshladi. Jumladan pedagogika – psixologiya sohasida yangi yo’nalishlar o’qitishning ilg’or pedagogik texnologiya asosida o’qitish usulari ko’lami rivojlandi.

  • XX asrdan boshlab didaktika zamonaviy soha sifatida shakllana boshladi. Jumladan pedagogika – psixologiya sohasida yangi yo’nalishlar o’qitishning ilg’or pedagogik texnologiya asosida o’qitish usulari ko’lami rivojlandi.
  • Yangi pedagogik texnalogiya asosida o’qituvchilar faoliyati shakllanmoqda, shuningdek masofaviy ta’lim, axbarot texnalogiyasi yordamida dars berish hozirgi zamonaviy o’qituvchining faoliyatida ko’rinmoqda.

BILISH JARAYONI.

  • Bilish jarayoni bu avvalo sezishdan , ya’ni hissiy sezishdan boshlanadi. Bilish jarayoni kabi ta’lim jarayonida ham o’quvchi bilmaslikdan bilishga, noaniq bilishdan aniqroq bilishgacha bolgan yo’lni bosib o’tadi.
  • Bilish ikki pallaga - nazariya va amaliyotga bo’linadi.

Amaliy bilish haqida tushuncha.

  • Bunda bilimlarning haqiqiyligini ko’rsatuvchi mezondir. Kuzatish , tajriba , o’zgartirish, yaratish - bular amaliyot shakllariga kiradi.
  • Amaliyot ijtimoiy hayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishda inson uchun asosiy qurol bo’lib xizmat qiladi.

Nazariy bilish haqida ma’lumot.

  • Nazariya yangi bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir.
  • Nazariya har xil shaklda ifodalanadi. Mana uning turlari - aksioma, teorema, qonun, formula, grafik, raqam va shu kabilardir.
  • Nazariyada g’oya shakllanadi va rivojlanadi.

O’qitish jarayoni.

  • Jarayon bu lotinchadan olingan so’z bo’lib, oldinga harakat qilish tushuniladi. Ta’lim jarayonida fanning eng zaruriy, eng muhimlari asosi o’rganiladi. O’qituvchining faoliyati o’quv materialini bayon qilishdan, o’quvchilarda fanga qiziqishni tarkib toptirishdan, o’quvchi – talabalarning mustaqil mashg’ulotlarga rahbarlik qilishdan, ularning bilim va ko’nikmalarini tekshirish, r ag’batlantirish va bilim darajalarini holis baholashdan iborat.

Maktabda ta’limni uchta funksiyasi mavjud.

Ta’lim + Tarbiya = Rivojlantirish.

  • Ta’lim va tarbiya jarayonlari inson shaxsini o’stiradi. Shunday ekan pedagogikada ta’limning o’sib borishi to’g’risida gapirmaslik mumkin emas. Hayot shu narsani isbot qilyaptiki, ta’lim jarayoning maxsus o’sib boruvchi yo’nalishi samarali bo’lgandagina o’quvchilar faoliyatining hissiy idrok, harakat, intelektual, irodaviy, emotsional motivlari sifatlarining rivojlanishi mumkin.
  • 1960 yilda maxsus ta’limning o’sib boruvchi funksiyasi degan termen paydo bo’ldi.

Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida.

  • Didaktika ikkiga bo’linadi.
  • 1. Umumiy didaktika
  • 2. Xususiy didaktika
  • Umumiy didaktika maktabalarda o’rganioladigan barcha predmetlarga xos bo’lgan o’quv jarayoning umumiy qonuniyatlari tekshiriladi va belgilanadi.
  • Xususiy didaktikada esa u yoki bu predmetni o’rgatishga xos bo’lgan didaktik qonuniyatlar tekshiriladi va belgilanadi.
  • Didaktika pedagogika fanlari sirasiga kirgani uchun ham ta’lim sohasini tadqiq etishda pedagogik ilmiy – tekshirish metodlaridan foydalaniladi.
  • 1. Kuzatish .
  • 2. Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish va umumlashtirish.
  • 3. Didaktik eksprement.
  • 4. Hujjat va arxiv materialllarini tekshirish.
  • 5. Suhbat va anketa.
  • Didaktika fani ta’lim va ma’lumotning muhim muammolarini o’rganish bilan birga “ kimni o’rgatish kerak”, “ qanday o’qitish kerak” kabi savollarga ham javob bo’ladi.
  • Didaktika sohasida birinchi asar yaratgan olim XVII asrning chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670). O’zining mashhur asari “ Buyuk didaktika” (1632 –yilda yozilgan va 1975 –yilda o’zbek tiliga tarjima qilingan.) sida o’qitish va tarbiya jarayonlari, yo’llari va didaktik printsiplar, maktabda ta’lim –tarbiya ishlarini tashkil qilish kabi masalalarini ishlab chiqdi.

Hozirgi kunda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “ Ta’lim to’g’risida” gi qonun talim oldiga qo’ygan muhim vazifalarini yechish hozirgi zamon didaktikasi zimmasiga tushadi.

O’qitish jarayonini ko’rgazmali tashkil etish zarur. Ham eshitish, ham ko’rish va ko’rsatish orqli o’quv materialini idrok qilish , ularni ongli va puxta o’zlashtirish, bilimlarni turmushdagi zaruriyatni anglab yetishlariga asos bo’ladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.


Yüklə 7,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin