16- mavzu: CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK
BO’YICHA O‘QITISHNING JORIY QILINGAN TEXNIK-
DIDAKTIKVOSITALARI
REJA:
1. O‘qitish vositalariga qo‘yiladigan texnik-texnologik va didaktik talablar.
2. CHQBT mashg‘ulotlar jarayonida o‘qitish vositalaridan samarali foydalanish
metodikasi.
3. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha o‘qitishning joriy
qilingan texnik-didaktik vositalari.
Tayanch tushunchalar: o‘quv –
didaktik materiallar, tarqatmalar, o‘quv
dasturlari, o‘quv maqsad nazorati varaqlari, texnologik xaritalar, tasvirli-vizual
vositalar.
O‘qitish vositalari moddiy va ideal obyektlarga bo‘linib, ular ta’lim
jarayonida axborotlarni beruvchi,
yetkazuvchi, uzatuvchi sifatida qo‘llaniladi va
o‘quvchi hamda o‘qituvchining (pedagogning) faoliyat quroli sifatida
foydalaniladi.
Ta’lim vositalari foydalanilishi jihatidan quyidagi qismlarga bo‘linadi:
Matnli vizual vositalarning asosiy vazifasi ma’lumotlarni olish va
ma’lumotlarni qayta ishlash hisoblanadi. Matnli vizual vosita turlariga quyidagilar
kiradi:
Maxsus adabiyotlar;
O‘quv – didaktik materiallar, tarqatmalar;
O‘quv dasturlari;
O‘quv maqsad nazorati varaqlari;
O‘quv reja;
Texnologik xaritalar va boshqalar.
Tasvirli-vizual vositalar o‘quvchilarda umumiy
tasavvurlarni vujudga
keltirish uchun xizmat qilishi birga, u quyidagilarga bo‘linadi:
Fotosuratlar va tasvirlar;
Eskiz, chizma va sxemalar;
Reja – jadvallar, simvollar;
Diagramma va grafiklar va boshqalar.
Nazariy darslarda ta’lim beruvchilar
asosan matnli va yordamchi
vositalardan, misol uchun darsliklar va tarqatma materiallardan va texnik
vositalardan foydalanadilar.
Amaliy mashg‘ulotlarda ular ko‘proq tasvirli va real vositalardan, ya’ni
eskiz, chizmalar, asbob-uskunalardan foydalanadilar.
Ovoz
va
tovushli
(audio),
shuningdek,
tasviriy
tasavvurlarni
shakllantiradigan audiovizual vositalar jarayonlar va vazifalar to‘g‘risidagi keng
qamrovli real tasavvurlarni vujudga keltiradi.
Yordamchi vositalar buning aksi o‘laroq tasvir va matnlarni yozib olish va
saqlash imkonini beradi.
Ular doska, flipchart, pinbord doskasi,
kodoskop,
videoproyektor kabilardir.
Ish sohasiga tegishli real narsalar, ya’ni mahsulotlar, asboblar va boshqalar
dars paytida didaktik funksiyaga ega bo‘lsa, o‘quv vositasi sifatida qo‘llanilishi
mumkin.
Ta’lim vositalaridan foydalanishda
ularni muayyan maqsad, mo‘ljallangan
guruh, maxsus soha va metodlarga mos holda tanlash muhim o‘rin tutadi. Bundan
tashqari ta’lim beruvchi o‘quv va ko‘rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan
maqsadga muvofiq va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Texnik
vositalardan foydalanayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni hal qila
oladigan bo‘lishi lozim.