tasavvurni vujudga keltirishda muhim o‘rin tutadi. Ular sirasiga video filmlar,
filmlar, kompakt disklar va boshqalarni kiritish mumkin.
Texnik vositalardan foydalangan holda o‘qitishning samaradorligini oshirish
uchun eng avval o‘qituvchining o‘zi quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:
- umumta’lim fanlarini yaxshi bilishi;
- o‘qitishning shakl va metodlarini Davlat ta’lim
standartlari talablari
darajasida egallagan bo‘lishi;
- o‘quvchilarga
bilim
berishda
amalga
oshadigan
barcha
imkoniyatlardan ilmiy metodik jihatdan to‘liq foydalanish malakasiga ega
bo‘lishi;
- o‘quvchilarga dars berish jarayonini to‘g‘ri shakllantira olishi,
o‘quvchilarning fiziologik
va psixologik holati, bilim darajasini yaxshi
tasavvur qila olishi;
- o‘quvchilar bilan pedagogik va psixologik jihatdan to‘g‘ri
muomala
qilish, ularga bayon etilayotgan materialning mohiyatini to‘g‘ri tushuna
olishlariga erishish malakasiga ega bo‘lishi;
- o‘quvchilarning bilimlarini har tomonlama to‘g‘ri baholay bilish va
uyga beriladigan topshiriqlarni pedagogik va psixologik jihatdan to‘g‘ri tashkil
eta olish.
Yordamchi (jihozli) vositalar tasvir va matnni yozish
va saqlash vazifasini
bajarib, texnika qurilmalariga o‘qituvchi va o‘quvchi mehnatini yengillashtiruvchi
turli mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan klavishli hisoblash
mashinalari, doskalar (bo‘r, magnit, “pinbord”), videoproyektor,
videoproyektor
ekrani, kodoskop, kompyuter,
flipchart, audiomagnitafon, videomagnitafon,
televizor hamda xonani qorong‘ilashtirish tizimi, sinf xonalarini telefon vositasida
bog‘lovchi avtomat qurilmalar misol bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: