Mavzu o’qitish vositalari va didaktik materiallarni tayyorlash. Tayanch so‘z va iboralar



Yüklə 66,91 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü66,91 Kb.
#168127
  1   2   3   4   5
9-ma\'ruza


MAVZU - 9. O’QITISH VOSITALARI VA DIDAKTIK MATERIALLARNI TAYYORLASH.
Tayanch so‘z va iboralar:
O’qitish vositalari, didaktik vositalar, audio-vizual vositalar, kompyuter, virtual stend, organayzer.
9.1.O’quv - didaktik materiallar. Didaktik materiallar turlari.Organayzerlar, ularning turlari, qo’llanilishi. O’qitish jarayonida didaktik vositalarning qo’llanilishi.
O’quv - didaktik materiallar (yoki o’quv vositalari) deganda, o’qitilishi va o’rganilishi lozim bo’lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot tashuvchilar tushuniladi. O’quv - didaktik materiallar sifatida nazariy darslarda matnli vizual vositalardan, misol uchun o’quv kitoblari va kartoteka va prospektlardan, amaliy mashg’ulotlarda kurs materiallari, uslubiy qo’llanmalar, jadvallar, jihoz yoki asbobni ishlatish bo’yicha ko’rsatmalar kabilardan foydalaniladi.
Bunday o’quv va didaktik materiallarga qo’shimcha tarzda tasviriy - vizual vositalar (fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, grafiklar...) ham kiradi. Ular umumiy va keng qamrovli tasavvurlarni vujudga keltirishni osonlashtiradi.
Ovoz va tovushli (audio), shuningdek, tasviriy tasavvurlarni shakllantiradigan audio-vizual vositalar, kompyuterlar, virtual stendlar, texnologik jarayonlar va funkstiyalar to’g’risidagi keng qamrovli real tasavvurlarni vujudga keltiradi.
Predmet vositalari bundan farqli o’laroq tasvir va matnlarni yozib olish va saqlash imkonini beradi. Ularga doska, flinchart, kodoskop (proektor) kamera va kompyuterlar kiradi.

Ish sohasiga tegishli asl narsalar, ya’ni mahsulotlar, jihozlar va asboblar dars yoki amaliy mashg’ulot paytida didaktik funkstiyaga ega bo’lsa, o’quv vositasi sifatida qo’llanilishi mumkin.


O’quv maqsadlari jihatidan vizuallashtirish vositalarining funkstiyasi va turlari:
Matnli - vizual vositalar:
• maxsus adabiyot,
• o’quv – didaktik materiallar,
• o’quv dasturlari,
• sinov va nazorat varaqlari.
Tasvirli - vizual vositalar:
fotosuratlar va tasvirlar,
• eskiz, chizma va sxemalar,
• ramziy tasvirlar, reja-jadvallar,
simvollar,
• diagramma va grafiklar
Audio - vizual vositalar:
Texnologik jarayonlar bajarilish yoki mashinalar ishlash tartibi to’g’risida

  • videofilmlar,

  • filmlar,

  • dia - tovushli mahsulotlar,

  • kompakt disklar (CD – Rom)

Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad, maxsus soha va usullarga mos holda tanlash muhim o’rin tutadi. Va nihoyat o’qituvchi o’quv va ko’rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga muvofiq va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanilayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni hal qila oladigan bo’lishi lozim. Masalan: jihozlar va qurilmalarni ishlatishdagi sodir bo’ladigan nuqsonlarni bartaraf eta olishi va ish holatiga keltira olish kerak, ya’ni o’z sohasining mohir ustasi bo’lishi kerak. Amaliyot o’qituvchisi o’z kasbiy sohasi uchun qanday materiallar, qanday yangiliklar borligiga, shuningdek, qaysi maxsus sohalarda uning o’zi yangiliklar qila olishi mumkinligi yuzasidan umumiy tushunchaga ega bo’lishi lozim. Ko’pincha o’qituvchilar doska tasvirlari, flipchart tasvirlari va proektor slaydlari kabi vizual vositalarni o’zlari ishlab chiqadilar.

Yüklə 66,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin