C++ dasturlash tili. C++ tili tuzilishi



Yüklə 356,82 Kb.
səhifə1/5
tarix13.05.2023
ölçüsü356,82 Kb.
#113127
  1   2   3   4   5

C++ dasturlash tili. C++ tili tuzilishi

C++ tili alifbosi

C++ tili alifbosiga quyidagi simvollar kiradi.

  • Lotin Alifbosining katta va kichik harflari (A,B,..,Z,a,b,…,z)
  • Raqamlar: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9
  • Maxsus simvollar:
  • “ , { } | [ ] ( ) + - / % \ ; ‘ . : ? < = > _ ! & * # ~ ^

  • Ko’rinmaydigan simvollar
  • Leksemalarni uzaro ajratish uchun ishlatiladigan simvollar (misol uchun bo’shliq, tabulyatsiya, yangi qatorga o’tish belgilari).

    Izohlarda, satrlarda va simvolli konstantalarda boshqa belgilar, masalan rus xarflarini ishlatilishi mumkin

Identifikator.

Identifikatorlar lotin harflari, ostki chiziq belgisi va sonlar ketma ketligidan iborat bo’ladigan maxsus nom. Identifikatorlar foydalanuvchi tomonidan ixtiyoriy ishlatiladigan va standart, dasturlash tilining xizmatchi so’zlari bo’lishi mumkin.

Foydalanuvchi identifikator tanlanganda quyidagilarga ahamiyat berish kerak:

  • Identifikator lotin harflaridan yoki tag chiqdan boshlanishi shart;
  • Ikkinchi simvoldan boshlab raqamlardan foydalanish mumkin;
  • C++ da katta kichik harflar farq qiladi. Ya'ni quyidagilarning har biri alohida identifikator hisoblanadi: KATTA, katta, KaTTa, kAttA, Katta, KattA,...
  • Probel C++ da so'zlarni ajratish uchun ishlatiladi. Shuning uchun identifikatorda probeldan foydalanib bo'lmaydi;
  • Xizmatchi (int, float, for, while kabi) so'zlardan identifikator sifatida foydalanib bo'lmaydi;

Xizmatchi so’zlar

Xizmatchi so’zlar. Tilda ishlatiluvchi ya’ni dasturchi tomonidan o’zgaruvchilar nomlari sifatida ishlatish mumkin bo’lmagan identifikatorlar xizmatchi so’zlar deyiladi.

C ++ tilida quyidagi xizmachi so’zlar mavjud:


asm, auto, break, case, catch, char, class, const, continue, default, delete, do, double, else, enum, explicit, extern, float, for, friend, goto, if, inline, int, long, mutable, new, operator, private, protected, public, register, return, short, signed, sizeof, static, struct, swith, template, this, throw, try, typedef, typename, union, unsigned, virtual, void, volatile, while.

Yüklə 356,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin