səhifə 2/5 tarix 13.05.2023 ölçüsü 356,82 Kb. #113127
O’zgaruvchilar O’zgaruvchi - xotiraning nomlangan qismi bolib , o'zida ma'lum bir toifadagi qiymatlarni saqlaydi. O'zgaruvchining nomi va qiymati bo'ladi. O'zgaruvchining nomi orqali qiymat saqlanayotgan xotira qismiga murojaat qilinadi. Programma ishlashi jarayonida o'zgaruvchining qiymatini o'zgartirish mumkin. Har qanday o'zgaruvchini ishlatishdan oldin, uni e'lon qilish lozim. Quyida butun sonlardan foydalanish uchun b , haqiqiy sonlardan foydalanish uchun h o'zgaruvchisi e'lon qilingan: int b; float h; O’zgaruvchilarni dasturning ihtiyoriy qismida ta’riflash yoki qayta ta’riflash mumkin. O’zgaruvchilar ta’riflanganda ularning qiymatlari aniqlanmagan bo’ladi. O’zgaruvchilar ta’riflanganda ularning qiymatlari aniqlanmagan bo’ladi. Lekin o’zgaruvchilarni ta’riflashda initsializatsiya ya’ni boshlang’ich qiyjmatlarini ko’rsatish mumkin. Misol uchun: Int I=0; Char c=’k’; O’zgaruvchilar tiplari. Konstanta (O’zgarmaslar) Konstanta bu o’zgartirish mumkin bo’lmagan qiymatdir. Namuna: float const pi = 3.14; C++ tilida besh turdagi konstantalar ishlatilishi mumkin: butun sonlar, haqiqiy sonlar , simvollar, sanovchi konstantalar va nul ko’rsatkich. Berilganlarni qayta ishlash uchun C++ tilida amallarning juda keng majmuasi aniqlangan. Amal – bu qandaydir harakat bo’lib, u bitta (unar) yoki ikkita (binar) operatorlar ustida bajariladi, hisob natijasi uning qaytaruvchi qiymati hisoblanadi. Dostları ilə paylaş: