Didaktikvositalari



Yüklə 394,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix26.10.2022
ölçüsü394,8 Kb.
#66434
  1   2   3   4   5   6   7
aSahWmRr8MH5LKJrqiWx6X1Hg5NfPYV61GAHvhHv



16- mavzu: CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK 
BO’YICHA O‘QITISHNING JORIY QILINGAN TEXNIK-
DIDAKTIKVOSITALARI 
 
REJA:
1. O‘qitish vositalariga qo‘yiladigan texnik-texnologik va didaktik talablar. 
2. CHQBT mashg‘ulotlar jarayonida o‘qitish vositalaridan samarali foydalanish 
metodikasi. 
3. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha o‘qitishning joriy 
qilingan texnik-didaktik vositalari.
 
Tayanch tushunchalar: o‘quv – didaktik materiallar, tarqatmalar, o‘quv 
dasturlari, o‘quv maqsad nazorati varaqlari, texnologik xaritalar, tasvirli-vizual 
vositalar. 
 
O‘qitish vositalari moddiy va ideal obyektlarga bo‘linib, ular ta’lim 
jarayonida axborotlarni beruvchi, yetkazuvchi, uzatuvchi sifatida qo‘llaniladi va 
o‘quvchi hamda o‘qituvchining (pedagogning) faoliyat quroli sifatida 
foydalaniladi. 
Ta’lim vositalari foydalanilishi jihatidan quyidagi qismlarga bo‘linadi: 


Ta’lim vositalari foydalanishi jihatidan uchta turga bo‘linsa, xususiyatlariga 
ko‘ra esa quyidagi bo‘linadi: 
Har bir ta’lim vositalariga qisqacha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, ta’lim 
vositalarining bosma turiga kiruvchi vositalar quyidagilarni tashkil etadi. Ular 
“Matnli vizual” hamda “Tasvirli vizual” vositalardir.


Matnli vizual vositalarning asosiy vazifasi ma’lumotlarni olish va 
ma’lumotlarni qayta ishlash hisoblanadi. Matnli vizual vosita turlariga quyidagilar 
kiradi: 
 
Maxsus adabiyotlar; 
 
O‘quv – didaktik materiallar, tarqatmalar; 
 
O‘quv dasturlari; 
 
O‘quv maqsad nazorati varaqlari; 
 
O‘quv reja; 
 
Texnologik xaritalar va boshqalar. 
Tasvirli-vizual vositalar o‘quvchilarda umumiy tasavvurlarni vujudga 
keltirish uchun xizmat qilishi birga, u quyidagilarga bo‘linadi: 

Fotosuratlar va tasvirlar; 

Eskiz, chizma va sxemalar; 

Reja – jadvallar, simvollar; 

Diagramma va grafiklar va boshqalar. 
Nazariy darslarda ta’lim beruvchilar asosan matnli va yordamchi 
vositalardan, misol uchun darsliklar va tarqatma materiallardan va texnik 
vositalardan foydalanadilar.
Amaliy mashg‘ulotlarda ular ko‘proq tasvirli va real vositalardan, ya’ni 
eskiz, chizmalar, asbob-uskunalardan foydalanadilar.
Ovoz 
va 
tovushli 
(audio), 
shuningdek, 
tasviriy 
tasavvurlarni 
shakllantiradigan audiovizual vositalar jarayonlar va vazifalar to‘g‘risidagi keng 
qamrovli real tasavvurlarni vujudga keltiradi.
Yordamchi vositalar buning aksi o‘laroq tasvir va matnlarni yozib olish va 
saqlash imkonini beradi. Ular doska, flipchart, pinbord doskasi, kodoskop
videoproyektor kabilardir.
Ish sohasiga tegishli real narsalar, ya’ni mahsulotlar, asboblar va boshqalar 
dars paytida didaktik funksiyaga ega bo‘lsa, o‘quv vositasi sifatida qo‘llanilishi 
mumkin. 


Ta’lim vositalaridan foydalanishda ularni muayyan maqsad, mo‘ljallangan 
guruh, maxsus soha va metodlarga mos holda tanlash muhim o‘rin tutadi. Bundan 
tashqari ta’lim beruvchi o‘quv va ko‘rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan 
maqsadga muvofiq va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Texnik 
vositalardan foydalanayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni hal qila 
oladigan bo‘lishi lozim. 

Yüklə 394,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin