Didaktikvositalari



Yüklə 394,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix26.10.2022
ölçüsü394,8 Kb.
#66434
1   2   3   4   5   6   7
aSahWmRr8MH5LKJrqiWx6X1Hg5NfPYV61GAHvhHv

Tarqatma materiallar – ta’lim oluvchilar uchun o‘rganilayotgan mavzuga 
oid asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo‘lmagan (1-2 
varaq) yozma o‘quv materiali hisoblanadi. Mazkur materiallar mashg‘ulotni 
qiziqarli qilish imkonini berib, ko‘p hollarda ta’lim oluvchilar uchun mustaqil 
ravishda o‘qib chiqib, muhokama qilish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Tarqatma 
materiallarni tayyorlash va qo‘llashda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim: 

ta’lim oluvchilarga haddan tashqari ko‘p tarqatma materiallar bermaslik 
kerak; 

sarlavhalarni bosh harflar bilan yozish, bir mashg‘ulot uchun ikkita 
tarqatmali material zarur bo‘lsa, ularga kod-nom berib ularni ajratishni 
osonlashtirish kerak; 

matn shrifti 12 dan kichik bo‘lmasligi kerak; 

bir betda 80 tadan ko‘p belgi (harf, qavs, undov belgisi va h.k.) 
ishlatmaslik kerak; 

matnlar tushunarli, qisqa va oddiy bo‘lishi kerak; 

varaq dizayni e’tiborni o‘ziga tortishi kerak.
Ishchi varaqalar – guruhlarda, juft bo‘lib va individual mashqlar bajarishda 
qo‘llaniladi. Ular turli jadvallar shaklida bo‘lib, ta’lim oluvchilar tomonidan 
to‘ldirish talab qilinadi. 
Nazorat varaqalari – mashg‘ulot yakunida ta’lim oluvchilarning 
o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirishda qo‘llanilib, ular test savollari, masalalar va 
shu kabi shakllarda bo‘lishi mumkin. 
Matnlar – mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishda, mashg‘ulot 
davomida shuningdek bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun ta’lim 
oluvchilarga taqdim etiladi. 


O‘quvchi uchun vosita darslik, o‘quv qo‘llanma yoki o‘qituvchining 
ma’ruza matnlari, jadvallar, yo‘l yo‘riq xaritalar, topshiriq kartochkalar va 
hokazolar. 
Dars o‘tkazish uchun plakatlar, diagrammalar, modellar, maketlar, etalonlar, 
namoyish qilish jihozlari, laboratoriya amaliy ishlarni o‘tkazish uchun jihozlar, 
audiovizual vositalar, diafilm, videoyozuvlar, diopozitivlar. 
Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini to‘ldirishi ya’ni 
uyg‘unlashuvi kerak. Yuqorida sanab o‘tilgan ta’lim vositalaridan samarali 
foydalanish uchun o‘qituvchi qaysi vositani qachon qo‘llashini mashg‘ulot 
maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda belgilab olishi muhimdir. 
O‘qitish vositalarini ta’limga joriy qilish didaktika va metodika masalalariga 
u yoki bu darajada daxldor bo‘lib, o‘qish va o‘qitish metodlariga faol ta’sir etadi. 
Shuning uchun ham ularni ta’limga joriy qilish o‘quv texnikalarining o‘zi va ularni 
qo‘llashning metodlari va shart sharoitlari oliy o‘quv yurtlari tomonidan ularga 
qo‘yiladigan ham didaktik, ham tashkiliy-metodik talablarni qondirgan 
taqdirdagina pedagogik jihatdan o‘zini oqlaydi. Bundan tashqari texnik qurilmalar 
va o‘qitishning texnik vositalari fan texnika taraqqiyotining ham bir qancha 
dolzarb texnik talablarini qondirishi zarur bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganada 
o‘qitish vositalariga talablar ma’lum tuzilma va iyerarxiyaga ega bo‘lgan tizimdan 
iborat bo‘lishi kerak. Uning tuzilmaviy elementlari sifatida o‘qitish vositalariga 
didaktik, texnik va texnologik talablarni tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Yüklə 394,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin