Differensial psixologiya o`rganadi



Yüklə 17,94 Kb.
tarix18.06.2022
ölçüsü17,94 Kb.
#61728
test sotsial psixologiya


1. Guruhlar va ularning psixologik xususiyatlari, shuningdek, guruhlardagi shaxslarning xulqi va faoliyati qonuniyatlarini…….

  1. Differensial psixologiya o`rganadi

  2. Umumiy psixologiya o`rganadi

  3. Maxsus psixologiya va psixofiziologiya fanlari o`rganadi

  4. Ijtimoiy psixologiya o`rganadi*

2. Yosh davrlar va pedagogik psixologiyaning asosiy muammosi – bu ...



  1. Bolaning psixik rivojlanishidir*

  2. Xulqning buzilishidir

  3. Perversiyalardir

  4. Bola shaxsining shakllanishidir

3. Psixologiyaning asosiy kategoriyalari to`g`ri berilgan qatorni ko`rsating



  1. Ong, shaxs, muomala, faoliyat, motivatsiya*

  2. Xotira, tafakkur, tasavvur, nutq, hayol, idrok, ong

  3. Temperament, xarakter, qobiliyat, nutq, ish uslubi, hayol

  4. Xarakter, qobiliyat, nutq, ish uslubi, hayol

4. Qobiliyat – bu ...



  1. Odamlarning faoliyati orqali orttirilgan individual psixologik xusuiyati*

  2. O`yin faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishdir va shakllantirishdir

  3. Ijtimoiy faollik manbaidir

  4. Ehtiyojlarni qondirib borish jarayonidir

5. O`quvchi intellekti – bu ...



  1. O`quvchining sezgirligidir

  2. O`quvchining ta`limdagi muvaffaqiyatidir

  3. O`quvchining aqliy salohiyatidir*

  4. O`quvchining xulqidir

6. Xalq ta`limi tizimida psixologik xizmat yo`nalishlari to`g`ri berilgan qatorni ko`rsating



  1. Psixodiagnostika, profilaktika, korreksiya, konsultatsiya, interpretatsiya

  2. Psixodiagnostika, profilaktika, korreksiya, konsultatsiya, xayol

  3. Psixodiagnostika, profilaktika, korreksiya, konsultatsiya, maorif va tashviqot*

  4. Kuzatish, suhbat, test, eksperiment, anketa, interpretatsiya;

7. Shaxslararo munosabatlar bu -



  1. Odamlar o’rtasida faoliyat va guruhlardagi muloqot jarayonida kelib chiqadigan munosabatlardir;*

  2. Rahbar va unga bo’ysunuvchilar o’rtasidagi munosabatdir;

  3. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’rtasidagi munosabatdir;

  4. Faoliyat jarayonida shaxslar o’rtasidagi dialog jarayonidir;

8. Psixodiagnostika nima?



  1. Shaxsning ma`naviy shakllanishini ta`minlovchi shart-sharoitlar yaratib berish.

  2. Shaxsni uning psixologik masalalari bo`yicha uning saviyasini oshirishga qaratilgan tadbirlar.

  3. Shaxs kamoloti va inellektual taraqqiyoti jarayonida vujudga kelishi mumkin bo`lgan psixologik burilish va nuqsonlarning oldini olish.

  4. Shaxsning psixologik xususiyatlari, nuqsonlari va nuqsonlarining sabablarini maxsus psixologik metodlar yordamida o`rganish va aniqlash.*

9. Shaxsing kuchli, shiddatli emotsiyasi tufayli o`zini ongli boshqara olmaslik holatini toping.



  1. Affekt;*

  2. Stress;

  3. Deprivaitsiya;

  4. Attraksiy-

10. Shaxs uchun taraqqiyotning har bir bosqichida shunday odamlar guruhi bo`ladiki, shaxs ularning xohish-istaklari, niyatlari, qiziqishlari, harakat normalari, fikrlariga ergashishga tayyor bo`ladi, xatti-harakatlaridan andoza oladi va ularga taqlid qiladi. Psixologiyada bunday guruh ...



  1. Olomon deb ataladi

  2. Oila deb ataladi

  3. Negativ guruh deb ataladi

  4. Referent guruh deb ataladi*

11. O`quvchining kommunikativ va intellektual taraqqiyoti bo`sag`asida vujudga kelishi mumkin bo`lgan buzilish va nuqsonlarni o`z vaqtida oldini olish chora-tadbirlari ...



  1. Psixodiagnostika deb ataladi

  2. Psixoprofilaktika deb ataladi*

  3. Psixologik konsultatsiya deb ataladi

  4. Psixokorreksiya deb ataladi

12. Pedagogik jamoada guruh a`zolarining fikrlari, hissiyotlari, dunyoqarashi, ustanovkalari va o`zaro munosabatlaridan iborat bo`lgan emotsional-intellektual holat – bu ...



  1. Ijtimoiy-psixologik muhit deb ataladi*

  2. Gruppaviy qarorlar qabul qilishda o`zaro ta`sir masalasi deb ataladi

  3. Jamoalarda psixologik o`zaro moslik deb ataladi

  4. Konformizm deb ataladi

13. Ma`lum ijtimoiy faoliyat maqsadlari asosida to`plangan, muloqot ehtiyojlari qondiriladigan insonlar uyushmasi ...



  1. Olomon deb ataladi

  2. Guruh deb ataladi*

  3. Oqim deb ataladi

  4. Millat deb ataladi

14. Pedagogik psixologiyaning murakkab va kam tadqiq etilgan bo`limi – bu ...



  1. Ta`lim psixologiyasi

  2. Pedagog shaxsi psixologiyasi*

  3. Xalq ta`limida psixologik xizmat

  4. Tarbiya psixologiyasi

15. Psixologiyada tug`malik alomatlariga ega bo`lgan individual sifatlar ...



  1. Iste`dod deb ataladi

  2. Iqtidor deb ataladi

  3. Layoqatlar deb ataladi*

  4. Daholik deb ataladi

16. Insonlar psixikasining etnik xususiyatlarini, milliy xarakterni, milliy o`zlikni anglashning shakllanishi qonuniyatlarini va funksiyalarini o`rganuvchi psixologiyaning tarmog`i to`g`ri ko`rsatilgan qatorni belgilang



  1. Etnotsentrizm

  2. Etnospetsefik sindrom psixologiyasi

  3. Etnopsixologiya*

  4. Mentalitet psixologiyasi

17. Odamlarni ma`lum belgilar asosida birlashtirish nima deyiladi?



  1. real gurux*

  2. shartli gurux

  3. refrent gurux

  4. qiyosiy gurux

18. Shaxs bu-



  1. barcha ijtimoiy munosabatlar majmuidir;

  2. ma`lum psixik rivojlanish darajasiga erishgan odamdir;

  3. shaxslararo va ijtimoiy munosabatlarning sub`ekti bulgan, ongli faoliyat ko’rsata oladigan betakror individdir;*

  4. jamiyatning qobiliyatli a`zosidir;

19. Hozirgi kunda ijtimoiy psixologiya fani hal etayotgan masalalar.



  1. rivojlanayotgan kishi shaxsining psixologik fazilatlarini.

  2. mexnatni ilmiy asosida tashkil etish.

  3. kadrlar tayyorlash va joy-joyiga qo’yish, nizo va oila muammolari, muomala va raxbar xodimlar o’rtasidagi munosabatlar.*

  4. psixik jarayon va xususiyatlar.

20. Ruhiy rivojlanish sustlashgan bolalar psixologiyasi bilan kaysi fan shugullanadi.



  1. psixodiagnostika

  2. psixofizionomiya

  3. maxsus psixologiya*

  4. psixoterapiya

Yüklə 17,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin