INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE
“DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL
IMPLEMENTATION IN THE INDUSTRY”
APRIL 27-28, 2023
66
BUYUMLAR INTERNETI VA UNDA XAVFSIZLIK CHORALARINI ISHLAB
CHIQISH
Iskandar Olimov
1
, Abduqodir Karimov
2
, Yusuf Bo’riyev
3
, Ibrohimov Xasanboy
4
1 ,2,3,4
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
E-mail: iskandar.olimov@mail.ru, karimovabduqodir041@gmail.com, soccersppt@gmail.com,
hasanboyibrohimov078@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.7853516
Annotatsiya. Ushbu maqolada buyumlar Interneti (Internet of things)ni sathlari,
qo’llanilish sohasi xususan buyumlar Interneti sathlari bo’yicha himoyalanish usullari keltirilgan.
Kalit so’zlar: RFID, WNS, Bluetooth, DoS.
Buyumlar Interneti bugungi kunda Inson taraqqiyoti va kelajakdagi ijtimoiy rivojlanishiga,
ishlab chiqarishiga ulkan o'zgarishga sabab bo’layotgan texnologiya sifatida rivojlanib bormoqda.
Buyumlar Interneti inson va foydalanuvchilarning ko‘p maqsadlarini amalga oshiruvchi, hamda
apparat, yoki qurilmalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlovchi rivojlanayotgan
texnologiyalar
jamlanmasi hisoblanadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, buyumlar Internetiga ko‘plab
simsiz sensor
va datchik tarmoq (Wireless Sensor and Actuator Network, WSAN), radio chastotasini aniqlash
(Radio
Frequency Identification, RFID) tarmoqlari tarkibiy elementlari
sifatida rivojlanayotgan
texnologiyalar jamlanmasi sifatida qarash mumkin [1,2].
Buyumlar Internetining asosiy maqsadi obyektlar o‘rtasida avtomatik tarzda aloqani ta’minlash
(ma’lumotni uzatish, qabul qilish, qayta ishlash) kabi jarayonlarni Internet orqali amalga oshirish
hisoblanadi va lokal tarmoqdagi obyektlarni global tarmoqqa standart protokollardan foydalangan
holda ulanish nazarda tutiladi.
1-rasm
. Buyumlar Interneti (Internet of Things, IoT)
Buyumlar Interneti ko‘plab Radio chastotasini aniqlash (Radio Frequency Identification,
RFID), Simsiz sensor tarmoq (Wireless sensor network, WSN), Bluetooth
va boshqa turli tarmoq
texnologiyalari jamlanmasidan iborat. Ular o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlashda 3G, 4G, LTE
internet texnologiyalaridan foydalaniladi [1, 3]. Bu orqali buyumlar
Intyerneti istalgan vaqtda,