DILMUROD QURONOV A D A B IY O T S H U N O S L IK K A K IR ISH Oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan oliy о ‘quv yurtlari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan T O S H K E N T
ABDULLA Q OD IRIY N OM IDA GI XALQ MEROSI NASHRIYOTI
MUQADDIMA «Adabiyotshunoslikka kirish» kursining maqsad va vazifalari. «Adabiyotshunoslikka kirish» kursining tarkiblanishi, bo‘limlari. Kursning manbalari. Ma’lumki, umumta’lim maktablarining 5-sinfidan boshlab o‘quvchilarga adabiyotshunoslikka oid ilk ma’lumotlar berib boriladi. Maktabda adabiyot o‘qitish dasturlari o‘quvchilarga bosqichma-bosqich badiiy adabiyotning mohiyati, adabiy tur va janrlar, badiiy obraz va obrazlilik, she’r tizimlari, badiiy tasvir va ifoda vositalari kabi adabiy-nazariy tushunchalami o‘igatib borishni ko‘zda tutadi. Biroq umumta’lim maktablari filolog-adabiyotshunoslar tayyorlashni maqsad qilmagani uchun ham bu ma’lumotlar fragmentar tarzda — konkret badiiy asarlar tahlili jarayonida yoki biror bir adib ijodiy merosini o‘rganish barobarida berib borilgan. Siz, filologiya fakultetiga kiigan talabalar, filolog-mutaxassis bo‘lib